BMTTD va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi O‘zbekistonning baland tog‘ ekotizimlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan yangi loyihasini ishga tushiradi

Thu Sep 21 00:00:00 EDT 2017

Butun dunyoda Markaziy Osiyo tog‘larining ramzi sifatida tan olingan qor qoploni O‘zbekistonning baland tog‘ cho‘qqilarida yashaydi. Uning tabiiy yashash joylari – G‘arbiy Tyan Shan va Pamir-Oloy tog‘lari – butun dunyo bioxilmaxilligi hamda jamiyat taraqqiyoti uchun nihoyatda muhim bo‘lib hisoblanadi, biroq bu joylar bir qator jiddiy xavflarga yuz tutgan. Mazkur xavflar, avvalan, tabiiy resurslardan oqilona foydalanmaslik oqibatida yaylov va o‘rmonlarning tanazzulga uchrayotganligi sababli yuzaga kelgan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining yangi loyihasi doirasida mazkur xavflarning bartaraf etilishi, kamaytirilishi ko‘zda tutilgan.

2017 yil 21 sentabr kuni O‘zbekistonning boy biologic xilmaxillikka ega bo‘lgan baland tog‘ ekotizimlarida tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona va barqaror ravishda foydalanishga yordam berishni maqsad qilib belgilagan loyiha rasman ishga tushirildi. Mazkur loyiha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Global ekologiya jamg‘armasi (GEJ) taqdim etgan grant mablag‘lari evaziga hamda boshqa rivojlanish sohasidagi hamkor tashkilotlar, xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish NNTlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

Loyiha doirasidagi chora-tadbirlar G‘arbiy Tyan Shan va Pamir-Oloyning baland tog‘ hududlarida Toshkent, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ma’muriy chegaralari ichida amalga oshiriladi. Baland tog‘ ekotizimlarining asosiy vakili qor qoploni.

Loyiha 2017-2022 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning umumiy byudjeti GEJ va BMTTD tomonidan ajratilgan 6,5 AQSh millionini tashkil etadi.

O‘zbekiston BMTning Biologik xilmaxillik to‘g‘risidagi konvensiyasiga 1995 yilda qo‘shilib, bioxilmaxillikni muhofaza qilish, uning ajralmas qismlaridan oqilona foydalanish, genetic resurslaridan foydalanishda odillik, hamkorlik va teng huquqlilik tamoiliga rioya etish bo‘yicha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oldi.

O‘zbekiston Respublikasining Bioxilmaxillik to‘g‘risidagi konvensiyasiga Beshinchi milliy hisobotiga (2015) ko‘ra oxirgi 15 yil davomida O‘zbekistonning tog‘li landshaftlari hanuz tugamayotgan yaylov, o‘rmon va tog‘li hududlardagi tanazzullardan zarar ko‘rib kelmoqda.

2017 yilning oxirigacha O‘zbekistonda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha harakatlar dasturi amalga oshirilib kelmoqda. Ushbu dasturda atrof-muhitni muhofaza qilish, qayta tiklash va sifatini oshirish, tabiiy resurslardan barqaror ravishda foydalanish hamda mazkur vazifalarni mamlakat iqtisodiyotining barcha jabhalariga kiritish borasidagi ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.

Tog‘li hududlardagi tabiiy resurslarni asrash, ulardan oqilona foydalanish borasidagi zamonaviy yondashuvlarni amalga tadbiq qilish orqali butun dunyo uchun katta ahamiyatga ega bo‘lgan bioxilmaxillikni muhofaza qilish, baland tog‘ hududlaridagi tabiiy resurslardan, xususan, yaylov va o‘rmonlardan oqilona foydalanish, qor qoploni yashovchi joylar va uning ekotizimlarini barqaror ravishda himoyalash, ga oid maqsadlarga erishishda yana bir katta qadam qo‘yilib, ushbu sohadagi hamkorlikni mustahkamlash evaziga O‘zbekiston miqyosi va xalqaro miqyosdagi qor qoploni ekotizimlarini saqlab qolishga o‘z hissamizni qo‘shamiz.