BMTTD va milliy hamkorlar O'zbekistonda mahalliy hukumat tizimini modernizatsiya qilish chora-tadbirlarini muhokama qildilar

Wed Jun 14 00:00:00 EDT 2017

Mahalliy boshqaruv tizimining huquqiy asoslari, hudularni kompleks rivojlantirishni amalga oshirish, mahalliy boshqaruv organlarining javobgarligi va oshkoraligini oshirish va davlat xizmatlarini sifatini yaxshilash masalalari 14 iyun kuni bo’lib o’tgan "Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish:  xorijiy tajriba va O’zbekistondagi islohotlar" O’zbekiston Republikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (DBA) tomonidan BMT Taraqqiyot dasturi bilan birgalikda hamda Buyuk Britaniyaning O’zbekistondagi elchixonasi moliyaviy ko’magida tashkillashtirilgan ilmiy-amaliy anjumanida muhokama qilindi.

Mahalliy boshqaruv organlarining faoliyati samaradorligi mamlakat va xalq farovonligi barqaror o'sishini ta’minlash, fuqarolar iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa huquqlarini amalga oshirish uchun zarur shartdir. 2017-2021 yillarga mo’ljallangan Harakatlar strategiyasi maqsadlari bajarilishi doirasida kelajakda mamlakat oldida turmush darajasini oshirish, ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash, xalqaro maydonda davlat rolini mustahkamlash kabi vazifalar turibti.

Jamiyat, iqtisodiyot va davlat muassasalari tez o'zgarib ketayotganligini inobatga olgan holda yangi vazifalar bajarilishi mahalliy davlat boshqaruvi tizimi tegishli modernizatsiyasini talab etadi.

Ushbu xalqaro anjuman ilg’or xorij tajriba va milliy tajriba asosida mamlakat rivojlanishi yangi bosqichida mahalliy boshqaruv tizimi va mintaqaviy rivojlanishni takomillashtirish g’oya va yo’nalishlarini aniqlashni o’z oldiga maqsad qilib olgan.

Yalpi majlisda tarmoqli yondashuvga bog’liq bir qator dolzarb chiqishlar tinglandi. Jumladan, mintaqaviy iqtisodiy rivojlanish balansini va atrof-muhitni muhofaza qilishni ta’minlash, davlat boshqaruvi ilg'or usullari va hududlarda xizmat ko’rsatishni takomillashtirish, shuningdek, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish masalalariga alohida to'xtaldi. Taklif etilgan xalqaro ekspertlar, innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish orqali mahalliy boshqaruvi modernizatsiyasi ahamiyati, shu jumladan, Chexiya Respublikasi misolida hudularni rivojlantirishda  davlat xodimlari roli haqida taqdimotlar qildilar.

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, vazirlik va idoralari, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent, Jizzax va Namangan viloyatlari hokimiyatlari xodimlari, diplomatik vakolatxonalar vakillari, milliy va xorijiy ekspertlar, oliy o'quv yurtlari o’qituvchilari 3 bo'limdan iborat majlislar davomida qonunchilik bazasini va mahalliy boshqaruv organlari sohasida ma'muriy islohotlarni takomillashtirish, hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahalliy boshqaruv organlari faoliyati ochiqligini oshirish va davlat xizmatlari ochiqligi masalalarini muhokama qildilar.

Konferensiya davomida 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga alohida e'tibor qaratildi. Xususan, tadbir qatnashchilari ishlab chiqilayotgan ma'muriy islohotlar Konsepsiyasi, yangi tahrirdagi "Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" va "Davlat xizmati to'g'risidagi Qonunlari loyihalarini muhokama qildilar va bu haqida fikr almashdilar.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar tomonidan O’zbekiston Respublikasi mahalliy boshqaruv tizimini takomillashtirish masalalari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.