Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish bo'yicha muzokaralarda qatnashish uchun taklif qilamiz

Thu Jun 01 00:00:00 EDT 2017

2017-yilning 14-iyun kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda “Mahalliy boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish: xalqaro tajriba va O'zbekistondagi islohotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya o'tkazishni rejalashtirmoqda.

Ushbu konferentsiyaning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat – mahalliy boshqaruv tizimi qonuniy-huquqiy negizlari sohalarida islohotlarni muhokama qilish, hududlarni kompleks rivojlantirishni va mahalliy boshqaruv organlarining ma'suliyati va ochiqligini amalga oshirish, joylarda ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish.

Konferentsiya yalpi majlis va 3ta bo'limdan iborat majlis ko'rinishida tashkil etiladi.

Yalpi majlisda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik vakolatxonalar rahbarlari, mahalliy (davlat) boshqaruvi sohasidagi nufuzli xorijiy olimlar va mutaxassislarning chiqishi ko’zda tutilmoqda.

Bo'lim majlislari davomida qonunchilik asoslarini takomillashtirish va mahalliy davlat boshqaruvi organlarida ma'muriy islohotlar, hududlarni keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari ko’rib chuqiladi. Shuningdek kun tartibiga mahalliy  boshqaruvi organlari faoliyatining oshkoraligini va viloyatlardagi Prezident Xalq qabulxonalaridagi davlat xizmatlaridan foydalanishni oshirish, "Yagon darcha" markazlarida aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatish, joylarda "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish masalalari qo’yilgan.

Konferentsiya yakunlariga ko'ra, 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi va “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturining bandlari bo'yicha takliflar tayyorlash ko'zda tutilmoqda.

Konferentsiyada ishtirok etish uchun davlat va jamoat tashkilotlari, universtitet va ilmiy-tadqiqot markazlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar elchixonalari vakillari taklif etiladi. Buning uchun nematov@dba.uz, shirin5005@gmail.com electron manzillariga to'liq ismi sharifingiz, tashkilot, lavozim va ishtirok etish maqsadini ko'rsatgan holda arizani yuborishingiz kerak bo’ladi. Ariza berish oxirgi muddati 5-iyun 2017-yil.

Konferentsiya haqidagi batafsil ma'lumotni Akademiyaning saytidan http://www.dba.uz/ru/content/informacionnoe-soobshchenie-0 olishingiz mumkin.