Yer resurslaridan samarali foydalanish aholining ishtirokini talab qiladi

Fri Apr 21 00:00:00 EDT 2017

Iqlim o‘zgarishi sharoitida yer resurslarini barqaror boshqarish masalalariga bag‘ishlangan Respublika ilmiy-amaliy seminarida bu haqida gapirildi. Ushbu tadbir jahon hamjamiyati tomonidan har yili 22 aprelda nishonlanadigan Umumjahon Yer kuni bayramiga bag‘ishlandi.

Osiyoning ikkita buyuk daryolari oralig‘ida joylashgan O‘zbekiston, haqiqatdan ham boy tabiiy landshaftlarga, yer osti boyliklari va resurslariga ega. Raqamlar ham shundan dalolat beradi. O‘zbekiston yer fondining umumiy maydoni 44,9 mln. gektarga teng. Hozirgi paytda O‘zbekiston yer fondining 9,7 % (4315,7 ming gektar) sug‘oriladigan dehqonchilik bilan band, 2 % ga yaqini (756,3 ming gektar) tog‘ oldi lalmikor yerlari, 47 % (21128 ming gektar) dasht va yarim dasht yaylovlari, 8 % ga yaqini (3434 ming gektar) o‘rmonzorlar. O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi faoliyatining jiddiy intensifikatsiyasi bilan birga tabiiy resurslarni saqlash va ulardan oqilona foydalanishda muammolar yuzaga keladi.

Ushbu masalalarning muhokamasi va hal qilinishi o‘tkazilgan seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi. BMT Rivojlanish dasturi, Global Ekologik Fond va O‘zbekiston Respublikasining Davlat yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri qo‘mitasi (Davergeodezkadastr qo‘mitasining) «O‘zbekistonning tog‘li, yarim dasht va dasht landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlardan raqobatlashuv tarzida foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanishga bosimni kamaytirish» qo‘shma loyihasining mutaxassislari va milliy sheriklari yer resurslarini oqilona boshqarish va muhofaza qilishning huquqiy, iqtisodiy va ekologik jihatlariga taalluqli bo‘lgan masalalarni ko‘rib chiqishdi.

Ma’ruzachilarning taqdimotlarida quyidagi dolzarb mavzular tilga olindi: O‘zbekistondagi qurg‘oqchil yerlarni boshqarishni takomillashtirish yo‘llarini aniqlash; yaylov va lalmi yerlarning unumdorligini yaxshilash bo‘yicha ishlarning samaradorligini oshirish usullari; yer resurslari sohasida mutaxassislarni tayyorlash masalalari; yer resurslaridan barqaror foydalanish va toza q/x (organik) mahsulotlarini olishning asoslari.

Uchrashuv doirasida so‘zga chiquvchilar O‘zbekistonda yerlarning hisobini yuritish va inventarizatsiyasi bo‘yicha zamonaviy usullarni ishlab chiqish va joriy etish masalalari, jumladan tuproq yuzasini o‘rganishda raqamli tuproq xaritashunosligi, tuproq-geografik ma’lumotlar bazasi, geografik axborot tizimlari (GAT texnologiyalari) va yerlarni masofali zondlash (YeMZ) texnologiyalari mavzularini yoritishdi.

Ushbu majlis zamonaviy yerdan foydalanish, tabiiy resurslardan foydalanish, ekotizimlar va agroekolandshaftlar xizmatlariga oid dolzarb muammolarni va ularning kesimida kelib chiqadigan muammolar va tahdidlarni muhokama qilish imkoniyatini yaratdi.

Seminar ishtirokchilari shuni qayd qilishdiki, tabiiy resurslarni, xususan qishloq xo‘jaligi maqsadlariga mo‘ljallangan yerlarni boshqarishni takomillashtirish uchun davlat tomonidan yordami bilan birga mahalliy aholining faol ishtiroki zarur. Shuningdek, barqaror, ekologik maqbul qishloq xo‘jaligi tamoyillariga asoslangan yerdan foydalanish tamoyillarini kelgusida ko‘rib chiqish, to‘plangan mahalliy va xalqaro tajribadan foydalanish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Ekologik Harakati va «UZGIPROZEM» GNIIP bilan hamkorlikda tashkil qilindi.

***

«O‘zbekistonning tog‘li, yarim dasht va dasht landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlardan raqobatlashuv tarzida foydalanish natijasida tabiiy resurslardan foydalanishga bosimni kamaytirish» qo‘shma loyihasi haydaladigan lalmi yerlar, yaylovlar va o‘rmonlarni kompleks va barqaror boshqarishni amalga oshirish uchun strategiya, qonunchilik va institutsiyaviy bazani ishlab chiqilishi va takomillashtirishga qaratilgan.