Ochiqlik boʻyicha milliy reyting Oʻzbekistondagi eng samarali davlat organlarini aniqladi

Wed Apr 19 00:00:00 EDT 2017

Oʻzbekistonda 47 nafar davlat idoralarining ochiqlik boʻyicha reytingi e’lon qilindi. Unda davlat hokimiyati va boshqaruvining organlari faoliyati fuqarolik jamiyati nuqtai nazaridan qanchalik ochiq va shaffofligi baholandi. Ochiqlik indeksini hisoblash metodikasi va davlat organlari ochiqligini ta’minlash reglamenti BMTTD hamda O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligining elektron hukumatni rivoshlantirish boʻyicha qoʻshma loyihasi koʻmagidagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Jamoatchilik kengashi tomonidan ishlab chiqilgan.

Ochiqlik reytingida Davlat soliq qoʻmitasi birinchi o’rinni egalladi. Undan keyingi oʻrinlarni Toshkent shahar hokimiyati, Markaziy bank, Adliya vazirligi hamda raqobatni rivojlantirish Davlat qoʻmitasi egalladilar. BMTTD sinov hududlari sanalgan, Namangan va Jizzah viloyat hokimliklari, poytaxt hokimligidan keyingi 2-3-oʻrinlarni egalladilar.

Milliy ochiqlik indeks – qonunchilikning davlat organlari ochiqligi va shaffofligiga talablarini amalga oshirish darajasini baholashga oid jamlovchi koʻrsatkich hisoblanadi. Jumladan indeks, ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy choralarni (davlat organlari rahbarlari va axborot xizmatlari oʻrni), muayyan kanallarning foydaliligini (vebsaytlar, axborot peshtaxtalari, axborotni olish uchun soʻrovlar va b.), shuningdek, foydalanuvchilarning qanoatlanganligini (soʻrovlar yordamida) inobatga oladi.  

Ochiqlik reytingi bir yilda ikki marotaba yangilanib, e’lon qilinadi. Hozirgi vaqtda ochiqlikni baholash faqat davlat organlari va viloyat hokimliklari boʻyicha amalga oshirilmoqda. Keyinchalik reytingga ularning hududiy boshqarmalari ham kiritiladi.

Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish boʻyicha Jamoatchilik kengashi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 06.11.2015-yildagi 320-sonli qaroriga muvofiq, Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda hukumat ochiqligi monitoringini olib borish va baholash tizimini joriy etish maqsadida tashkil etilgan.

Ochiqlik reytingi va uni tuzish metodologiyasi bilan www.ochiqlik.uz saytida toʻliq tanishib chiqishingiz mumkin.