O‘zbekistonda Butunjahon suv kuni nishonlandi

Thu Mar 23 00:00:00 EDT 2017

BMT Taraqqiyot dasturi tomonidan amalga oshirilayotgan Yevropa Ittifoqining «O‘zbekistonning qishloq hududlarida suv resurslarini barqaror boshqarish» dasturi doirasidagi «Texnik salohiyatni mustahkamlash» loyihasi tomonidan 2017 yilning 16-22 martiga qadar Butunjahon suv kunigan bag‘ishlangan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

Butunjahon suv kuni dunyo bo‘ylab keng miqyosda nishonlanadi. Ushbu kunni nishonlashdan asosiy maqsad suv ta’minoti masalalariga, shu bilan birga, atrof-muhitni muhofaza qilish, ichimlik suvlari va umuman suv resurslarini asrab avaylashga aholining e’tiborini oshirishdir. 1992 yilda Rio De Janeyroda o‘kazilgan BMTning «Atrof muhit va rivojlanish» konferensiyasida butun jahonda suv resurslari kunini nishonlash taklifi bildirilgan edi. BMT Bosh assambleyasi 1993 yili 22 fevralida 47/193 sonli rezolyutsiyani imzoladi va 22 mart kunini Butun jahon suv resurslari kuni deb e’lon qildi.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati suv resurslarini samarali boshqarish masalasiga alohida e’tibor berib kelmoqda. Butun jahon suv resurslari kuni har yili mamlakat miqyosida parlament, vazirliklar, tegishli tashkilotlar, o‘quv muassasalari va suv ho‘jaligi sohasida ish yuritayotgan xalqaro tashkilotlar ishtirokida keng nishonlanadi.

O‘tkazilgan tadbirlar natijasida mavjud suv resurslaridan samarali foydalanish masalalari borasida, shuningdek tanqis bo’lgan suvga mutassaddi tashkilotlar va aholining tejamkorlik munosabatlarini shakllantirib, tegishli idoralar, vazirliklar, agentliklar, aholi va boshqa tashkilotlarning bilim va tushunchalarini oshirildi. Shu bilan birga, ushbu tadbirlarda suv ho‘jaligi sohasidagi oliy o‘quv yurtlari talabalari, yosh mutaxassislar va boshqa tashkilotlar o‘rtasida ma’lumot almashinuviga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbirlarning biri Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti (TIMI) qoshidagi Yunusobod akademik litsey o‘quvchilari bilan mutaxassislar uchrashuvi tashkil qilindi. Uchrashuvda yuzga yaqin litsey o‘quvchilari suvni inson turmush faoliyati, davlat rivoji uchun muhimligi haqida o‘z bilmlarini oshirdilar.

Suv ho‘jaligi yo‘nalishidagi talabalarni suvni oqilona boshqarish masalalariga jalb qilish maqsadida TIMI va O‘zDMU talabalari orasida baxs-munozara, davra suhbati tashkil etildi. Ularning munozaralari Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi va tegishli tashkilot vakillari tomonidan baholanib, eng mazmunli taqdimot qilgan guruxlar 22 mart kuni sertifikatlar bilan taqdirlanadilar.

Suv xo‘jaligi sohasidagi natijalar TIMI bilan hamkorlikda tashkil etilgan ko‘rgazmada namoyon etildi. Ko‘rgazmada suv xo‘jaligi sohasidagi mavjud tomchilab sug’orish texnologiyalari, suv xajmi va tezligini o’lchash asboblari  namoyish qilindi. Tadbirda mahalliy va xalqaro tashkilotlar suv ho’jaligi sohasiga oid turli nashrlar va plakatlar bilan qatnashdilar.

Yakuniy tantanali marosimda tadbirlar doirasida o‘tkazilgan eng yaxshi ilmiy maqola, eng yaxshi video rolik,eng yaxshi banner va hamda tomoshabinlar ovozi tanlovlar g‘oliblari sertifikatlar bilan taqdirlandilar. Shuningdek, eng yaxshi rasm tanlovi va studentlar orasida o‘tkazilgan bahs munozara qatnashchilari xam sertifikatdar bilan takdirlandilar.

Tadbirlar Qishloq va suv ho‘jaligi vazirligi vakillari, Oliy Majlisning agrar va suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi deputatlari, Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi vakolatxonasi, TIMI, va boshqa suv xo‘jaligi tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazildi.