BMTTD O’zbekistonda Buyuk Britaniyaning davlat xizmatlarini takomillashtirish borasidagi ilg’or tajribasini o’rganishga ko’maklashmoqda

Thu Mar 16 00:00:00 EDT 2017

“Poytaxt” biznes-markazida davlat xizmatlarini Buyuk Britaniya tajribasi misolida takomillashtirish boʻyicha trening boʻlib oʻtmoqda, unda 30 dan ortiq ishtirokchi, jumladan,  vazirlik va idoralarning, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish Markazi, Savdo-sanoat palatasi, Oʻzbekistondagi BMT taraqqiyot Dasturi, Buyuk Britaniya elchixonasi va Osiyo taraqqiyoti banki vakillari ishtirok etmoqdalar. 

Trening “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” Oʻzbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi va BMTTD o’rtasidagi qo’shma loyihasi, hamda Oʻzbekistondagi Buyuk Britaniya elchixonasi ko’magi orqali a tashkil etildi.

Trening davomida ishtirokchilar davlat xizmatlarini muvofiqlashtirishning, elektron hukumatni rivojlantirish, Britaniya tajribasi asosidagi, zamonaviy usullari hamda davlat xizmatlari bilan ishlashda «agile» usulidan foydalanish koʻnikmalari bilan tanishtirilmoqdalar. «Agile» metodikasi xavfni kamaytirish uchun mo'ljalllangan bo'lib, ishlab chiqishni bir necha takrorlanma ko'rib chiqishlar va tahlillar orqali amalga oshiriladi. 2016-yilda Buyuk Britaniya e-hukumat xizmatlarini joriy etish yetakchi bo'lib, BMTning e-hukumat reytingi bo'yicha mamlakatlar o'rtasida birinchi o'rinni egalladi.

Taklif etilganlar – Buyuk Britaniya raqamli taraqqiyotning Davlat xizmati ekspertlari – Daniel Lou va Aleks Torens (Government Digital Service, GDS) Buyuk Britaniya e-xizmat boʻyicha yetakchi oʻrinlarga koʻtarilishiga sabab boʻlgan raqamli oʻzgartirish (transformatsiya) Dasturi haqida ma’lumot bermoqdalar.

Buyuk Britaniya raqamli taraqqiyotning Davlat xizmati (GDS), samarali elektron xizmatlarni joriy etish maqsadida, Buyuk Britaniya Vazirlar Mahkamasi qoshida tashkil etilgan. Shu tariqa, 2013-yildan buyon raqamli oʻzgartirish Dasturi doirasida asosiy xizmatlardan 25tasi oʻzgartirilib, 400 kun ichida elektron shakl koʻrinishiga keltirildi, bunda ulardan foydalanish soddaroq, oydinroq va tezroq boʻlib qoldi. Shuningdek, sifatli elektron xizmatlarni tahskil etish uchun Buyuk Britaniya hukumati tomonidan “Onlayn-xizmatlar standartlari” ishlab chiqilib, qabul qilindi.

Buyuk Britaniyaning  ilg’or  tajribasi O'zbekiston uchun quyidagilarda  a  foydali bo’lishi mumkun:

  • IT loyihalarini moslashuvchan usulini amalga oshirishda
  • foydalanuvchilarning ehtiyojlarini hisobga olib xizmatlarni elektron shaklga tarjima qilishda;
  • IT loyihalarini moliyalashtirish uchun belgilangan talablarni inobtaga  olishda
  • e-hukumat arxitekturasini qurilishi uchun platformali yondashuvni yaratishda.

17-mart kuni, trening yakunida, “Elektron xizmatlarni (transformatsiya) oʻzgartirish boʻyicha Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtadi. Unda trening natijalari xulosalanib, Oʻzbekistonda britaniya tajribasini joriy etish yoʻllari hamda istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.