BMT Qoraqalpogʻistonda xotin-qizlar tadbirkorligi rivojiga koʻmak bermoqda

Tue Mar 07 00:00:00 EST 2017

Qoraqalpogʻistoning uchta tumanida yashovchi 150 nafardan ortiq ayollari xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish boʻyicha seminar-treninglarda ishtirok  etadilar.

BMTning ma’lumotlariga koʻra, agar erkaklar kabi ayollar ham mehnat bozorida ishtirok etadigan boʻlsa, xotin-qizlarning global yalpi ichki mahsulotga qʻshadigan ulushi 28 trillion dollarni tashkil etadi. Bu koʻrsatkich ayollar uchun ish oʻrinlarini  yaratish va ularni xalqlarning iqtisodiy farovonligini oshirish uchun tadbirkorlikka jalb qilish muhimligidan dalolat beradi. Ammo yetarli darajada xabardor boʻlmaslik, tegishli bilimlar, moliyaviy va texnik vositalar, hamda ayollarda, jumladan, uzoq hududlarda istiqomat qiluvchilarda, kasbiy koʻnikmalarni mavjud emasligi ishga joylashish va oʻz imkoniyatlarini namoyon etishga toʻsiqlik qiluvchi asosiy omil boʻlib qolmoqda.

Mazkur omillarni inobatga olgan holda, BMTning Qoʻshma “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha kʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” dasturi oʻzida belgilangan uchta: Taxtakoʻpir, Moʻynoq va Shumanay namunaviy tumanlarida ayollar uchun seminarlarni tashkil qilmoqda. Seminarlarga faqat uy xoʻjaligi bilan mashgʻul boʻlib qolgan va oʻz biznesini ochish niyatida boʻlgan, hamda ixtisosligini oʻzgartirmoqchi boʻlgan mahalliy xotin-qizlar taklif etiladi.

Tahsil beruvchi seminarlar interfaol taqdimotlar shaklida oʻtkaziladi. Oʻzbekiston tadbirkor ayollar uyushmasi “Tadbirkor ayol”ning Qoraqalpogʻiston boʻlimi maslahatchilari tadbirkorlikning imkoniyatlari va istiqbollari, mijozlar bilan ishlashning oʻziga xos xususiyatlari, malakani oshirish boʻyicha mavjud kurslar va yangi hunarmandchilik koʻnikmalariga  ega boʻlish haqida oʻz tajribalarini soʻzlab beradilar.

Trening ishtirokchilarini biznesni olib borish, qanday qilib tadbirkorlikni boshlash, xatarliklar va afzalliklarni tahlil qilish (SWOT-tahlil), dastlabki sarmoyani shakllantirish asoslari bilan tanishtiradilar. Bundan tashqari, tadbirkorlik faoliyatining tashkiliy-huquqiy shakllari masalalari, oilaviy biznesni yaritish fazilatlari, imtiyozlik kreditlarni olish imkoniyatlari, hisobotlarni topshirish, soliqlarga tortilish va biznes rejani tuzish masalalari kʻrib chiqiladi.

Seminarlar 9-10, hamda 14-15 va 23-24-mart kunlari boʻlib oʻtadi. Unda ishtirokchilarning biznesni tashkil qilish uchun zarur boʻlgan axborotni oladilar, shaxsiy oʻsish va turmush darajasini oshirish uchun oila farovonligiga hissa qoʻshish imkoniyatlari bilan tanishishlari kutilmoqda.

Ushbu seminarlarda ishtirok etilishi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish ushun BMT Qo‘shma Dasturining ayollar huquqi va imkoniyatlarini kengaytirish boyicha mutaxassisi - Nabira Djiemuratovaga murojaat qiling Tel.: (+998 61) 224-13-81.

*BMTTD, UNESCO, UNFPA va BMTKD amalga oshirayotgan va BMTIXMF tomonidan moliyalashtirilayotgan “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol dengizi fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoitini yaxshilash va mustahkamlash” Qoʻshma Dastur materiallari asosida.