BMTning Qoʻshma Dasturi – Orolboʻyi rivojiglanishiga koʻmak berishda koʻp tomonlama hamkorlik platformasi

Fri Feb 10 00:00:00 EST 2017

2017-yilning 10-fevral kuni Toshkentda “Orolboʻyi mintaqasi uchun inson xavfsizligi boʻyicha koʻpsheriklik fondini tashkil qilish orqali Orol fojeasidan zarar koʻrgan aholining turmush sharoiti salohiyatini mustahkamlash” yangi qoʻshma dasturini ishga tushirishga bagʻishlangan rasmiy tadbir boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda ishtirok etish va milliy hamkorlar bilan uchrashish uchun Inson xavfsizligi boʻyicha boʻlim rahbari Mehrnaz Mustavafi xonim va Inson xavfsizligi bo'yicha BMTning maqsadli fondi (BMTIXMF) vakili janob Marteyn Dalxaiyjendan iborat Birlashgan Millatlar Tashkilotining maxsus hay’ati Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

Tadbir davomida Orol inqirozining asoratlari, ularni yechimini topishda O’zbekistion  hukumati va BMTning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan chora-tadbirlar haqida taqdimotlar va ma'ruzalar orqali xabar berildi. Undan tashqari, qatnashchilar 2012-2016-yillarda BMTIXMF mablagʻlari hisobiga Qoraqalpogʻistonda amalga oshirilgan birinchi Qoʻshma Dastur natijalari, Barqaror rivojlanishning yaxlit Maqsadlari yoʻlidagi harakatlar rejasini kengaytirish imkonini bergan muvaffaqiyatlar va umumiy natijalar bilan tanishtirildi.  

BMTning Oʻzbekistondagi agentliklari boʻlmish BMTTD, UNESCO, UNFPA, BMTKD tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Yangi Dastur, BMTIXMFning moliyaviy koʻmagi, hamda uni amalga oshirilishida ishtirok etayotgan agentliklarning ichki resurslari hisobiga moliyalashtiriladi. Mazkur Dasturda inson xavfsizligini ta’minlashga, aynan Orol inqirozi asoratlarining salbiy ta’siri holatlariga duchor boʻlgan hududlar aholisiga alohida e’tibor berilgan. Dasturning eng ahamiyatli vazifalari orasida - turmush tarzi sifatini yaxshilash va aholi, umuman jamiyat uchun daromadlarni olish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Shuni alohida qayd etish joizki, BMT dasturida,  2017-yil “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” hukumat dasturidagi asosiy ustuvor yonalishlar, hamda Orolboʻyi mintaqasini 2017-2021-yillarda rivojlantirish boʻyicha Davlat Dasturida keltirilgan vazifalar oʻz aksini topgan.

Yangi Dasturning muhim maqsadlaridan biri - Orolboʻyi mintaqasida inson xavfsizligini ta’minlash boʻyicha xalqaro koʻpsheriklik fondini tuzish hisoblanadi, bu esa Qоrаqаlpоg`istоn hududini  rivojlantirishga yoʻnaltirilgan mamlakatning sa’y-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi. Tuzilayotgan fondning faoliyati, birinchi navbatda, mazkur yoʻnalishdagi tashabbuslarni, hamda Hudud rivojining yaxlit Dasturi formatida xalqaro hamjamiyat tomonidan sarmoyalashtirilayotgan moliyaviy mablagʻlarni muvofiqlashtirish uchun samarali mexanizmni ishlab chiqishga yoʻnaltiriladi.

Taklif etilayotgan Dastur muloqotni sifat jihatidan yangi darajaga olib chiqish imkonini berishi kutilmoqda, chunki, uchrashuvda qayd etilganidek, Orol inqirozi asoratlarini yengillashtirish va ekologik muvozanatni tiklash, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojini ta’minlash uchun nafaqat mahalliy, balki global darajada kuchlarni birlashtirish zarurdir. Boz ustiga, ilgʻor usullar va vositalarni joriy qilish, sheriklarning texnik va moliyaviy koʻmagi resurslarini safarbar qilish istiqbollari ham muhim rol oʻynaydi, bu Dastur taklif etayotgan maqsad va vazifalari majmuasida ham nazarda tutilgan.

Hamkorlikning kelgusi rivojining yoʻnalish kesimi joylardagi uchrashuvlarni oʻtkazishni rejalashtirishga yordam beradi. Xususan, Oʻzbekistonga kelgan BMT hay’ati Qoraqalpogʻiston Respublikasiga tashrif buyurish, taqdimotlar oʻtkazish, Qoʻshma Dasturda nazarda tutilgan muhim tadbirlar oʻtkaziladigan maqsadli tumanlar bilan tanishishni rejalashtirmoqda. Inson xavfsizligi Konsepsiyasining mazmuni haqidagi batafsil axborotni mutaxassilar 16-fevral kuni mahalliy idoralar, vazirliklar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirokida poytaxtda oʻtadigan seminar chogʻida taqdim etishadi.   

BMTning Qoʻshma Dasturi ishini boshlanishiga bagʻishlangan tadbir yakunida yangi tashabbus doirasida suvga oid loyihani amalga oshirish borasida Oʻzbekistondagi BMTTD va Shveytsariyaning rivojlanish va hamkorlik agentligi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik haqidagi Shartnoma imzolandi.