Imkoniyati cheklangan kishilar hayot darajasini yanada yaxshilash yo‘lida

Sat Dec 03 00:00:00 EST 2016

BMT Bosh Assambleyasining 1992 yil 14 oktyabrdagi 47/3 raqamli rezolyusiyasiga binoan har yili 3 dekabrda butun jahonda Xalqaro Nogironlar kuni nishonlanadi. Joriy yilda BMTning eng ko‘p ratifikasiya etiladigan xalqaro kelishuvlardan biri – Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya qabul qilinganiga 10 yil bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 milliarddan oshiq odamlar, ya‘ni dunyo aholisining taxminan 15 foizi nogironlikning qaysidir turiga duchor bo‘lgan.

Ijtimoiy siyosatni mukammallashtirish, imkoniyati cheklangan kishilar hayot darajasini yanada yaxshilash va ularning jamiyatdagi integrasiyasini ta’minlash O‘bekistondagi BMT Taraqqiyot dasturining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

O’zbekistondagi ijtimoiy siyosatini amalga oshirish va nogironlarni reabilitatsiya qilishning muhim elementlaridan biri bu ularni tayyorlash va individual reabilitatsiya dasturlarini amalga oshirish (IRD). Shuni ta’kidlash joizki, IRD o’z ichiga nafqat tibbiy chora-tadbirlar majmuini, balki, ijtimoiy va professional reabilitatsiyani ham oladi.

Shu bilan birga, joriy amaliyot tahlili shuni ko’rsatdiki, IRD tayyorlash jarayonida, TMEK shifokorlari va mutaxasislari asosan, uning tibbiy birligiga e’tibor qaratishmoqda va ijtimoiy va kasbiy reabilitatsiya bo’yicha tavsiyalar tayyorlashda qiyinchiliklarga duch kelishmoqda.  IRD mavjud salohiyati to’liq amalga oshirilmagan va uning to’liq amalga oshirilishi nogironlarga, umuman olganda, aholini sog’lomlashtirishga ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi va BMTTD qo‘shma loyihasi doirasida amalga oshirilgan tadqiqot natijasida Imkoniyati cheklangan kishilar uchun individual reabilitatsiya dasturlarini tuzish va bajarish bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi.

Bugungi kunda individual reabilitatsiya dasturlarining ijtimoiy reabilitatsiya yo‘nalishiga asosan milliy reabilitatsiya markazi va uning 10 ta hududiy bo‘limlari ma’sul bo‘lib qolmoqda. O‘rtacha yiliga 5 mingga yaqin nogiron kishilar milliy reabilitatsiya markazida reabilitatsiyadan o‘tishadi. Hududiy bo‘linmalarni hisobga olsak, bu ko‘rsatkich 17 mingga yetadi.

Individual reabilitatsiya dasturlarini tuzish va bajarish bo‘yicha yangi uslubiy qo‘llanma taqdimoti 2016 yil 4 noyabrda Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Toshkent shahar boshqarmasi majlislar zalida respublika o‘quv-uslubiy seminari doirasida bo‘lib o‘tdi. Uslubiy qo‘llanma, avvalo, TMEK shifokorlari, sog‘liqni saqlash tizimi mutaxassislari, poliklinikalar davolovchi shifokorlari, reabilitatsiya markazlari ishchilari, tibbiy oliygohlar o‘qituvchilari va Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyasi kafedrasi kursantlariga mo‘ljallangan.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasining respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi tomonidan BMTTD ko‘magida tashkil etildi.

Seminar ishida mamlakatimizning barcha mintaqalaridan tashrif buyurgan tibbiy-mehnat ekspertizasi xizmatining 70 dan ortiq mutaxassisi, shuningdek, mehnat, ichki ishlar va sog‘liqni saqlash vazirliklari, Nogironlar reabilitatsiyasi va protezlash milliy markazi, Toshkent shifikorlar malakasini oshirish instituti, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi hamda O‘zbekiston nogironlar jamiyati vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida loyiha ishchi guruhi ishtirokchilari hamda reabilitatsiya markazlari va hududiy tibbiy-mehnat ekspertizasi komissiyalari mutaxassislarining chiqishlari tinglandi.

Shu bilan birga tadbir qatnashchilari Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan mutaxassislar va keng jamoatchilikni salomatlik ko‘rsatkichlari unifikatsiyasi bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan hayot faoliyati va sog‘liq cheklovlari, HFT http://who-fic.ru/icf/bilan tanishish imkonyatiga ega bo‘lishdi.

Ta’kidlash joizki, HFT “sogliq” va “nogironlik” tushunchalariga yangicha qarashni taklif etadi. HFT nogironlikga tibbiy tomondan qarashlardan tashqari boshqa ijtimoiy taraflarni ham inobatga oladi va inson hayotiga atrof muhit ta’sirini o‘rganish imkonini beradi.

Tadbirda ta‘kidlanganidek, hozirgi kunda mavjud individual reabilitatsiya dasturlari salohiyatidan yetarli darajada foydalanilmayapti, ularning to‘laqonli bajarilishi esa aholi sog‘lig‘ining mustahkamlanishiga jiddiy ijobiy ta’sir ko‘rsatishi tabiiy holdir.

Seminar ishtirokchilari ko‘tarilgan masalalar, shuningdek, ularni hal etish bo‘yicha taklif etilgan yechimlar muhokamasida faol ishtirok etishti. Tadbir yakunlariga ko‘ra individual reabilitatsiya dasturini takomillashtirish hamda uni joriy etish sifatini oshirish bo‘yicha asosiy tavsiyalar ishlab chiqildi.