Voyaga yetmagan bolalarning moddiy ta’minot olish huquqi bo’yicha jamoatchilikning huquqiy bilimini oshirish – bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishning muhim omili

Thu Nov 10 00:00:00 EST 2016

Mamlakatimizda oila, onalik va bolalikni muhofaza qilish davlat va jamiyat hayotining muhim masalalaridan biridir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63, 63-moddalariga ko’ra, “oila jamiyatning asosiy bo’g’inidir, hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo’lish huquqiga ega. Ota-onalar o’z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar”.

Voyaga yetmagan bolalarning ota-onadan moddiy ta’minot olishga bo’lgan huquqi borasidagi ma’lumotni keng jamoatchilikka tarqatish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tashabbusi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda Birlashgan millatlar taraqqiyot dasturining (BMTTD) “O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo’lida hamkorlik” qo’shma loyihasi ko’magida “Voyaga yetmagan bolalarning ta’minot olish huquqi” risolasi rus va o’zbek tillarida chop etildi. Risolani nashrga tayyorlashda Oliy sud sud’yalari va loyiha mutaxassislari ishtirok etdi.

Mazkur nashrda sudga murojaat etib aliment undirish tartibi, voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun aliment to’lovi miqdorini aniqlash, sud buyrug’ini chiqarish to’g’risidagi ariza bilan sudga qanday murojaat qilish, da’vo tartibi, aliment qanday daromadlardan ushlab qolinishi, hamda aliment to’lashdan bosh tortayotgan shaxsga nisbatan qanday choralar ko’rilishi haqida muhim ma’lumot o’quvchi uchun sodda tilda va muayyan misollar bilan keltirilgan.

Risola matni bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.   

"Bola huquqlari to'g'risida" xalqaro Konvensiya meyyorlari doirasida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga asosan mamlakatimizda aliment undirish va ota-onani farzand ta’minoti bo’yicha baravar javobgarligini tartibga soluvchi bir qator meyyoriy - huquqiy hujjatlar amal qilib kelmoqda. Aliment undirishga doir murojaatlarni to’g’ri va o’z vaqtida ko’rib chiqish nafaqat bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni, balki shu bilan birga ota-ona mas'uliyatini oshirishga hissa qo'shadi. Shu bois mazkur mavzudagi masalalar O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi tomonidan qanday tartibga solinishini bilish muhim ahamiyatga ega.

Bo’lg’usi huquqshunoslarni mazkur masala bo’yicha xabardorligini oshirish, ularning aliment undirish va unga doir murojaatlarni ko’rib chiqish borasidagi huquqiy savodxonligini mustakhkamlash maqsadida risolalaning taqdimoti Toshkent davlat yuridik universitetida o’tkazildi. Taqdimot chog’ida Universitet Rektori Yesemurat Kan’yazov bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilish sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash muhimligini ta'kidlab o’tdi. Xozirgi kunda O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi va O'zbekiston Xalq ta'limi vazirligi bilan hamkorlikda risola keng jamoatchilik orasida keng targ’ib qilinmoqda.