Oʻzbekistonda tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish boʻyicha tadbirlar oʻtkazildi

Mon Oct 31 00:00:00 EDT 2016

Shu kunlarda butun dunyoda Xalqaro tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish kuniga bagʻishlab aksiyalar oʻtkazildi. Har yili, 13-oktabr kuni global tashabbus Respublikamizda oʻtkazilayotgan ofatlar xatarini pasaytirish uchun zarur choralar haqida xabardorlikni oshirishga qaratilgan tadbirlarda oʻz aksini topmoqda. Bu yilgi anjumanlarning asosiy ishtirokchilari orasida xavfsizlikni taʻminlash, tabiiy hodisalar va ularning oqibatlarini oʻrganish sohasi mutaxassislari, vazirlik va idoralar vakillari, hamda barcha meʼyor va qoidalarni bilishlari turli jarohatlar va yaqinlariyu qarindoshlari orasida yoʻqotishlar holatini oldini olishga yordam beradigan mahalliy aholi vakillari ham bor edi.

Shunday qilib, 18-dan to 20-oktabrga qadar uch kun mobaynida Oʻzbekiston Qizil yarim oy jamiyati Oʻzbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda va Gumanitar Yordam boʻyicha Yevropa amaliyotlari direktorati DIPECHO IXning falokatlarga tayyorgarlik boʻyicha dasturining moliyaviy koʻmagida Toshkent shahrining toʻrtta namunali maktabida oʻqituvchilar uchun trening oʻtkazdi. Mashgʻulotlar vaqtida qatnashchilarga ilmiy-hujjatli film namoyish etildi, qator taqdimotlar oʻtkazildi, ularda zilzilaning tabiati, sel toshqinlari va koʻchkilarning oqibatlari, favqulodda vaziyatlargacha, ular sodir boʻlgan vaqtda va ulardan soʻng odamlar oʻzlarini tutish qoidalari haqida soʻzlab berildi. Oʻqituvchilarga jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish koʻnikmalariga ega boʻlish zarurligini, hayot tarzi xavfsizligi asoslari haqidagi darslar vaqtida bolalarga nostandart vaziyatlardagi harakatlar boʻyicha bilimlarni berish zarurati, oʻquv muassasalarida zilzilaga bardosh berish muhitini yaratish uchun zarur boʻlgan chora-tadbirlarni va koʻplab boshqa ma’lumotlarni yodga solishdi.

Shuningdek, shu kunlarda, BMTTD va Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamkorligidagi “O‘zbеkiston Rеspublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish bo‘yicha salohiyatini mustahkamlash” qo‘shma loyihasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqarolar muhofazasi instituti qoshidagi zilzilalarni simulyatsiya qilish Markaziga Toshkent viloyati Ohangaron shahri va poytaxtning Yunusobod tumanidagi umumta’lim maktablarining 7-9-sinf o‘quvchilari, hamda Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek nomli transport kasb-hunar kollejining uchinchi bosqich talabalari uchun maxsus ekskursiya tashkil etildi. Bolalarga 1966-yildagi Toshkent zilzilasi haqida so‘zlab berishdi, o‘sha vaqtda olingan fotosuratlar orqali yaratilgan vayronaga aylangan uylarning maketidan iborat ekspozitsiyani taqdim etishdi, ushbu tabiiy hodisani o‘rganish tarixi bilan tanishtirdilar.

- Biz korganlarimizdan juda ham qattiq ta’sirlandik. Bizlarga zilzila vaqtida qanday choralar korish kerakligini, unga qanday tayyorgarlik korish lozimligi haqida sozlab berishdi va namoyish qilishdi. Albatta, bularni kopini maktabda bizga orgatishgandi, lekin bu yerda asosiy qoidalarga rioya qilishning muhimligini tushunishimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan ekan. Shuningdek, biz zilzilaga bardosh beruvchi uylar qanday materiallardan qurilishini bilib oldik, - Jamshid Mutaliyev, Ohangaron tumanidagi №52-umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchisi

Dastlabki yer osti silkinishlari vaqtida qanday harakat qilish kerakligini mehmonlar o‘zlarida simulyator ishga tushirilgan vaqtda bilib olishdi. Har kim ham dastur operatori tomonidan harakatga keltirilgan turli kuchlardagi zilzila vaqtida tashkillashtirilgan mehmonxonaga kirishga jur’at qila olmadi, ammo o‘zlariga xulosalar chiqarib olishdi.

Xalqaro tabiiy ofatlar xatarini kamaytirish kuni munosabati bilan otkazilgan yana bir aksiya favqulodda vaziyatlarda aholining ozni tutish umumiy qoidalari haqidagi bilimlari darajasini aniqlab olishga yordam berdi. 2016-yilning 13-20-oktabr kunlari, barcha xohlovchilarga Favqulodda vaziyatlar vazirligining saytida test sinovlaridan o‘tish taklif etildi. Barcha savollarga togri javob berganlar orasidan qur’a tashlash yoli bilan 15 nafar finalchi tanlab olindi, ular zilzila simulyatsiyasi Markaziga tashrif buyurdilar va bosh mukofot - planshet oldilar.

- Favqulodda vaziyatlar vazirligi saytidagi tanlov haqida do‘stlarimdan eshitdim. Taklif etilgan savollarga javob berib, bu yerga, ajoyib majmuaga kelish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Men turli xil tashkilotlarda ishlaganman va favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha treninglarda qatnashdim. Ular, asosan, ma’ruzalardan iborat bo‘ldi, bugun esa men juda ham katta taassurot oldim, chunki bu narsani o‘zimda his qildim. Bunday o‘quv mashg‘ulotlari har bir inson uchun hayotiy zaruratdir, - deydi Timur Usmanov, tanlov g‘olibi, Toshkent.

Ta’lim berish jihatlari aholi bilan ishlashning muhim yo‘nalishi hisoblanadi, ayniqsa, tabiiy ofatlar xatari katta bo‘lgan hududlarda istiqomat qilayotganlar uchun. Bayram sanasi munosabati bilan o‘tkazilayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga mamlakatimizda tabiiy ofatlardan xavfsiz va barqaror jamiyatni yaratishda ko‘mak berishdan iboratdir.

*Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oʻzbekistondagi BMT TD va Gumanitar Yordam boʻyicha Yevropa amaliyotlari direktorati DIPECHO IXning falokatlarga tayyorgarlik boʻyicha dasturining ”Oʻzbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xavfini boshqarish boʻyicha salohiyatini mustahkamlash” loyihasi materiallari asosida.