Ozon va iqlim: jahon hamjihatligida tiklanadi

Fri Sep 16 00:00:00 EDT 2016

16 sentabr – jahon hamjamiyatini barchasi Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni nishonlaydigan sana. 1994 yilda imzolangan BMT Rezolyutsiyasi ozon qatlamini siyraklashishining salbiy asoratlarini oldini olish masalalaridagi eng samarali vosita bo'lmish Monreal bayonnomasi qabul qilinganligining yodnomasi sifatida shakllangan an'ana zamiridan o'rin oldi.

“Biz oxirgi marotaba Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kunini nishonlaganimizdan keyin olam o'zgardi. Endilikda bizda adolatli inklyuziv o'sish va odamlar hamda sayyoramiz farovonligini yaxshilashga ko'mak beruvchi 2030 yilgacha bo'lgan davr uchun barqaror rivojlanish sohasidagi Kun tartibimiz bor”, - deyiladi BMT Bosh kotibining bayram sanasi munosabati bilan yo'llagan maktubida.

Xalqaro ko'lamdagi da'vat mahalliy darajadagi harakatlarni nazarda tutadi, ularning maqsad va vazifalari 2016 yildagi tadbirlar: “Monreal bayonnomasi doirasida global isishni keltirib chiqaruvchi GFU chiqindilari miqdorini kamaytirish’ shiorida aks etgan. O'zbekistonning markaziy va mahalliy OAV vakillari 13-14 sentabr kunlari Ozon qatlamini tiklash yo'nalishlari bo'ylab safarda bo'lishdi va Farg'ona vodiysining qator korxonalari misolida bayon qilingan tashabbuslarni amalda bajarilishini o'rgandilar.

- Bizning korxona sovutish uskunalari va havoni mo'tadillashtirish tizimlarini ta'mirlash bo'yicha xizmatlar ko'rsatadi. Biz, shuningdek, sovutgichlarni ishlab chiqaramiz. O'zbekistondagi BMTTDning moliyaviy madadi tufayli shu kunlarda biz ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi, ishimizda, ya'ni, sovutgichlar va konditsionerlarni ta'mirlashda foydalanadigan sovutish agentlarini chiqarishga mo'ljallangan zamonaviy uskunani oldik. Bu ozonni yemiruvchi freonlarni atmosferaga nazoratsiz chiqarilishiga yo'l qo'ymaslik, vaqt va mablag'ni tejash imkoni berdi, - Alisher Yodgorov, “Albatros Servis” oilaviy korxona direktori.  

Mutaxassislarni sa'y-harakati tufayli O'zbekistonda ozonni yemiruvchi moddalardan foydalanishni kamaytirish bo'yicha jiddiy natijalarga erishildi. Hozirgi vaqtda ozonni yemiruvchi moddalarning umumiy iste'moli 1967,2 tonnadan 9,86 tonnagacha (ozonni yemirish xususiyatlari inobatga olingan holda) pasaytirildi yoki GXFU uchun asosiy yil bo'lgan 1989 yilga nisbatan 99,5 foizga.

- Bugungi kunda Farg'ona viloyatining 13ta davlat va xususiy korxonalari iqlim uskunalarini o'rnatish, ta'mirlash va ularga xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus uskunalarning to'liq majmuasini oldi. Bu, shuningdek, ozonni yemiruvchi moddalarni qo'llash ko'lamini sezilarli darajada kamaytirish, ozon qatlamiga zarar yetkazuvchi gazlarni ozon uchun xavfsizlariga almashtirish jarayonini yengillashtirish imkonini berishi kutilmoqda. Anketalashtirish va ma'lumotlarni o'rganish natijalariga ko'ra, butun respublikadagi havoni mo'tadillashtirish va tozalash, sovutish tizimlariga xizmat ko'rsatadigan 100ta korxona tanlab olindi. Ularning har biri kerakli uskuna bilan ta'minlanadi. Boz ustiga, BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasining qo'shma faoliyati doirasida sovutish agentlarini retsirkulyatsiya va qayta ishlatish bo'yicha beshta Markaz tashkil etilgan, ularning ikkitasi Andijon va Farg'ona shaharlarida joylashgan, - deya qayd etdi Farg'ona viloyati tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi mutaxassisi Bahodir Jo'rayev.

Erishilgan natijalarga qaramasdan, ish davom etmoqda. Amalga oshirilayotgan loyiha doirasida sovutish uskunalari va havoni tozalash tizimlariga texnik xizmat ko'rsatish amaliyotlari takomillashtirilmoqda. Mamlakat ichida zarur ko'nikmalarga ega bo'lgan malakali, sertifikat olgan mutaxassislarni tayyorlash uchun baza yaratilmoqda.

- O'tgan yili men va respublikamizning yana to'rt nafar boshqa vakillari Italiyaning Kastello Monferatto shahridagi Galileo xalqaro markazida tahsil oldik, u yerda sovutish va iqlim texnikasiga xizmat ko'rsatish huquqini beruvchi “A”kategoriyasidagi Yevropa sertifikatlarini oldik. Uyga qaytgach, biz Sirdaryoda sovutgichlar bilan ishlovchilar uchun qator mashg'ulotlarni o'tkazdik. Shuningdek, biz yangi iqlim uskunalarini tanlash, o'rnatish va ishlatish bo'yicha Andijondagi qator korxonalar uchun konsultatsiyalar berib turibmiz, - dedi jurnalistlar bilan suhbatda Anvar Ashurov, XK “Xladomontaj” direktori.

O'zbekistondagi BMTTD va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo'mitasining Yerning ozon qatlamini yaxlitligini saqlash masalasidagi birgalikdagi faoliyati 15 sentabr kuni vazirliklar, idoralar, hamda mahalliy OAV vakillari ishtirokida o'tkazilgan matbuot anjumanida mutaxassislarning taqdimotlari tarzida namoyish etildi.

Ozon qatlamini muhofaza qilish Xalqaro kuni bayrami munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlarning piravordida “Mehribonlik” uylari tarbiyalanuvchilari uchun shodu-hurramlik dasturi taqdim etildi. 16 sentabr kuni “Tashkent-Land” bog'ida bolalarga o'yinlar shaklida Quyoshning ultrabinafsha nurlarini zarari, ozon qatlamining himoya vazifalari, hamda har birimiz global ahamiyatga ega bo'lgan ishga o'zimizning kichkinagina hissamizni qo'shishimiz mumkinligi haqida so'zlab berildi. Tanlovlar, kvestlar va topishmoqlar olingan bilimlarni mustahamlashga yordam berdi. Shu kunlarda o'tkazilgan tadbirlar majmuasi davlat organlari, xo'jalik yurituvchi sub'yektlar, tadbirkorlar va jamoatchilikni ozon qatlamining ahamiyati, uni atrof-muhit va aholi salomatligi uchun saqlash, ozon qatlamiga aniq tahdid soluvchi va iqlimni o'zgarishiga olib keluvchi faoliyatni oldini olish sohasida global va milliy darajada erishilgan natijalar haqida xabardorligini oshirish tomon qo'yilgan yana bir qadam bo'ldi.