BMT Taraqqiyot Dasturi ICTWEEK Uzbekistan 2016 hamkori

Fri Sep 16 00:00:00 EDT 2016

19-23-sentabr kunlari O’zbekistonda ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikatsion texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtadi. AKT haftaligini har yili oʻtkazishdan maqsad – AKT rivojnalishida erishilgan yutuqlarni muhokama etish, AKTni turmushning turli jabhalarida joriy etilishi natijalari afzalliklarining aniq namunalarini namoyish etish, hamda axborot-kommunikatsion sohasini rivojlantirish mayllarini, shuningdek, Oʻzbekistonda AKT rivojlanishini ragʻbatlantirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish yoʻllarini belgilab olishdir.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 haftaligi O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkaziladi. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari korxonalari va tashkilotlari Uyushmasi hamda ICTNEWS Conferences haftalik tashkilotchilaridir.

AKT haftaligining asosiy hamkorlaridan biri BMTTDning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi boʻlib, ular har yili AKT haftaligini tashkil etish va oʻtkazishga, xalqaro ekspertlarni taklif eitishga, haftalikning konsepsiyasini shakllantirishga, ICTWEEKning barcha munozaralarida faol ishtirok etib, barcha tadbirlarini yoritishga ko’maklashib kelmoqda.

Jumladan, BMTTDning “Elektron hukumatni rivojlantirish orqali davlat xizmatlari sifatini oshirish” loyihasi haftalik tadbirlaridan biri hisoblangan – AKT 2016 Forumi – 2016-yil 21-sentabr kuni boʻlib oʻtadigan “E-Government Uzbekistan” seksiyasining hamtashkilotchisi hisoblanadi. Seksiya ishtirokchilari xalqaro tajriba asosida davlat xizmatlari institutini takomillashtirishda elektron hukumatining vazifasini tahlil etadilar. Forumga taklif etilgan mahalliy va xalqaro ekspertlar “Yagona darcha” markazlarining faoliyati va ularning xizmatlarini soddalashtirishni oshirishdagi oʻrinlariga oid prezentatsiyani taqdim etadilar. Davlatga oid ma’lumotlar ochiqligining mamlakat iqtisodiy oʻsishini mustahkamlash va undagi elektron ishtirokni oshirishdagi roli, shuningdek, davlat xizmatlarini amalga oshirish salohiyatini yuksaltirishda elektron identifikatsiya (muvofiqlik) va axborot tizimlarining oʻrni haqida ma’ruzalar taqdim etiladi.

AKT Forumi jarayonida aloqa va axborot texnologiyalari sohasidagi davlat organlari, korxona va tashkilotlar, xalqaro ekspert va tahlilchilar hamda xalqaro AT-kompaniyalarining vakillari ishtirok etadilar.

Avval xabar berilganidek, 2016-yilda Oʻzbekiston BMTning elektron hukumat va elektron ishtirok boʻyicha reyting koʻrsatkichlarida oʻsishga muvaffaq boʻldi. Forum doirasida, uning ishtirokchilaridan: Oʻzbekistonda elektron hukumati va elektron ishtiroki sohasi boʻyicha yanada yuqori koʻrsatkichlarga erishish uchun zarur boʻlgan keyingi qadamlar belgilab olinishi kutilmoqda.

2016-yil 19-sentabrda Xalqaro biznes-markazida ICTWEEK Uzbekistan 2016 AKT Haftaligining ochilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtadi.

ICTWEEK Uzbekistan 2016 axborot-kommunikatsion texnologiyalari Haftaligi tadbirlarida ishtirok etish uchun www.ictweek.uz rasmiy saytida roʻyxatdan oʻtishingiz lozim. Haftalik davomida boʻlib oʻtadigan barcha tadbirlar haqida batafsil ma’lumot olish uchun ham shu saytga murojaat etishingiz mumkin.