Markaziy Osiyoda qurutilgan meva va yong‘oqlarni sifatini yaxshilash va yetishtirishni barqarorligini ta’minlash yo‘lida

Wed Jul 13 00:00:00 EDT 2016

11-13 iyul kunlari Toshkentda o‘z yo‘nalishida ilk bor halqaro mutaxassislar, BMT Yevropa Iqtisodiy Komissiyasi, BMTTD, GIZ vakillari hamda hududiy jamoatchilik va hususiy sektor vakillari ishtirokida “Qurutilgan meva va yong‘oqlarni halqaro agrooziq-ovqat savdo tizimini takomillashtitish” mavzusida uch kunlik seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbir ishtirokchilari iste’moldagi oziq-ovqatlarning sifatini oshirish va ularning xafsizligi, Markaziy Osiyoda agro oziq-ovqatlarning savdosining barqarorligi yuzasidan fikr-mulohazalari bilan almashishdi.

Tadbirda AQSh, Turkiya, Fransiya, Italiya va Xitoydan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etishdi va o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi. Muhokamalar BMT YeIKning bozor standartlarini qo‘llash, tekshiruv tizimiming sifati va boshqaruv tizimidagi amaliy dastrularda axborot texnologiyalarini qo‘llash masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, seminar ishtirokchilari agro oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish yo‘llarini yanada yaxshilashda qo‘llaniladigan biznes jarayonlarining tahlili (BJT) olib borish amaliyoti bilan tanishishdi. Biznes jarayonlarining tahlil qilish uslubi Tojikistonda quritilgan o‘rik va O‘zbekistonda qurutilgan uzum misolida ko‘rsatib berildi.

Seminar ishtirokchilari Toshkent shahrida tashkillashtirilgan 1- Halqaro meva-sabzavot ko‘rgazmasida O‘zbekistonning qishloq xo‘jaligidagi o‘lkan salohiyatini ko‘rishga muvaffaq bo‘lishdi.

Seminar BMT YeIK hamda BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi, GIZning “Markaziy Osiyoda mintaqaviy savdoga ko’maklashish” dasturi va O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiya va savdo Vazirligi hamkorligida tashkil etildi.

“Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi xaqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, iltimos loyihaning Feysbukdagi yoki BMTTDning veb-saytidagi sahifalariga kiring.