“Yosh qutqaruvchilar” – doimo tayyor!

Fri Jul 01 00:00:00 EDT 2016

Buxoro shahrida mamlakatning turli hududlaridan kelgan 112 nafar yigit va qizlar aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo'yicha o'z bilimlarini, shifokor kelguncha birinchi yordam ko'rsatish ko'nikmalarini, turli uskuna-anjomlardan foydalanish va qisqa muddatda to'g'ri qaror qabul qila olish mahoratini namoyish qildilar.

Qurbonay Jienbaeva, Qoraqalpog'iston vakili:

- Joriy yildagi musobaqalarda qatnashish juda ham soz bo'ldi, ayniqsa estafeta topshrig'ida. Har bir tanlovda oldimizda odamlarga yordam ko'rsatish, ularga g'amho'rlik ko'rsatish kabi vazifalar turardi. Albatta, biz bir-birimizga raqiblar edik, lekin muhit juda ham do'stona bo'ldi va hammamiz bir-birimizni qo'llab-quvvatlab turishga intildik.

Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi va mamlakatimizning barcha viloyatlaridan kelgan 14 jamoa musobaqalarning beshta bosqichidan o'tishi lozim edi. Buxoro viloyatining “Shijoat” jamoasi eng yaxshi jamoa etib e'lon qilindi. Ikkinchi o'rin Toshkent viloyatining “Kimyogar” jamoasiga nasib qoldi, uchinchi o'rinni esa Toshkent shahrining “Fidokor” jamoasi egalladi.

Akmal Tursunov, g'olib jamoa sardori:

- Men mazkur musobaqalarda ikkinchi marotaba qatnashishim va bundan juda ham xursandman, chunki bu yerda insoniylik, e'tibor, atrofdagilarga mehr-oqibatli bo'lish kabi sifatlar yanada yorqinroq namoyon bo'ldi. Boz ustiga, biz Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarga xos bo'lgan ko'nikmalarga ega bo'lamiz. Biz musobaqalarga olti oy tayyorgarlik ko'rdik, tuman va viloyat bosqichlarida g'olib bo'ldik, bugun esa jonajon shahrimiz final bosqichida g'alaba qozonishimizga yordam berdi. O'zimni kelajagimni aynan mana shu mutaxassislikda ko'rish niyatim bor.

Musobaqalarda his-tuyg'ular va g'alaba bo'lgan intilish judayam yuqori darajada edi: bolalar qoqildilar, yiqildilar, lekin hech narsaga e'tibor bermasdan, qaddilarini rostlab, keyingi topshiriqlarni bajarish uchun oldinga harakat qildilar. Qo'llab-quvvatlovchi guruhlarning olqishlari va do'stona xitoblari har bir yangi ball bilan kuchayib bordi, tomoshabinlar tanlovning barcha uch kuni mobaynida qatnashchilarga faollik bilan dalda berib turishdi. Shuni alohida qayd etish joizki, qatnashchilarning xavfsizligini Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari nazorat qilib turdilar.

Irina Yeliseeva, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bo'limining etakchi mutaxassisi:

- “Yosh qutqaruvchilar” tanlovi – bu bizning fahrimiz. Unda, odatga ko'ra, jismonan va ma'nan iqtidorli bolalar ishtirok etadi. Bunday tadbirlarda psixologning asosiy vazifasi – o'g'il va qizlar nafaqat g'alabaga, balki mag'lubiyatni ham munosib ravishda qarshi olishga tayyor bo'lishlarida ularga ruhiy yordam ko'rsatishdan iborat. Axir, eng muhimi- bu birdamlik ruhi, jamoaviy birlik, do'stning ishonchli madadini his qilish. Gohida o'zlarining his-tuyg'alariga haddan ziyod berilib ketgan muxlislar- qatnashchilarning yaqinlari va qarindoshlari bilan muloqot qilishga ham to'g'ri keldi. Biz har bir odamga yordam ko'rsatishga va ular bilan birgalikda bolalarni qo'llashga harakat qildik.

Musobaqalar Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etildi. O'zbekistondagi BMTning Taraqqiyot Dasturi va Fuqarolik muhofazasi va Gumanitar yordam bo'yicha Yevropa amaliyotlari direktoratining falokatlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha DIPECHO IX dasturi tomonidan moliyaviy ko'mak ko'rsatildi.

Muxammadjon Komiljonov, “Kamolot” YOIHning Buxoro viloyat kengashi faoli:

- Mazkur musobaqani o'tkazishdan ko'zlangan maqsad - yoshlarimizda sog'lom turmush tarzini shakllantirish, fuqarolik muhofazasida ishtirok etishga jalb etish, favqulodda vaziyatlarda o'zini to'g'ri tuta bilish ko'nikmalariga o'rgatishdir. Eng kuchlilarni tanlab olish anchagina murakkab bo'ldi, chunki barcha bolalar final bosqichiga chiqish uchun katta mas'uliyat bilan tayyorgarlik ko'rishgan va hech kim g'oliblikni qo'ldan bergisi kelmasdi. Tanlov musobaqalaridan tashqari yigit va qizlar Buxoro tarixi bilan tanishish, qadimiy shahrimizning arxitektura yodgorliklarini o'z ko'zlari bilan tomosha qilish kabi ajoyib imkoniyatga ham ega bo'ldilar.

*O'zbekistondagi BMTTD, O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Fuqarolik muhofazasi va Gumanitar yordam bo'yicha Yevropa amaliyotlari direktoratining falokatlarga tayyorgarlik ko'rish bo'yicha DIPECHO IX dasturiining “O'zbekiston Respublikasining tabiiy ofatlar xatarini boshqarish bo'yicha salohiyatini mustahkamlash” loyihasi materiallari asosida.