O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan sud-huquq tizimiga AKT larning joriy etilishi mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya uyushtirildi

Fri Jun 10 00:00:00 EDT 2016

 

Milliy matbuot markazida “Sud-huquq tizimiga axborot kommunkatsiya texnologiyalarning joriy etilishi – ishlarni ko`rishning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuiga bag`ishlangan press-konferentsiya bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir O`zbekiston respublikasi Oliy sudi tomonidan, Oliy sud, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi ishtirokida uyushtirildi. Tadbirda jurnalistlar va bosma, tele- va radio OAV vakillari ihstirok etishdi. Jurnalislar savollariga Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov kollegiyasi raisi Holmumin Yodgorov javob berdi.

            Fuqarolarning huquqiy ongi va sudga ishonchi ortganligi inikosi sifatida sudlarga bo`lgan murojaatlar hazhmi yil sayin ortib borayotganligi sudyalar bandligining yanada oshishiga olib kelmoqda, bu esa o`z navbatida, ishni ko`rib chiqish uchun ketadigan vaqtning qisqarishiga va oqibatda ishlarni ko`rib chiqish sifatiga ta`sir ko`rsatadi. Shu nuqtai nazardan, sudlov tizimiga yangi usul va uslubiyotlarni joriy etish, jumladan zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etish hozirgi kunda dolzarb masala hisoblanadi.

O`zbekiston Respublikasi fuqarolik protsessual kodeksiga kiritilgan o`zgarishlar natijasida, fuqarolarga murojaatlarni sudlarga elektron shaklda yuborish imkoniyatini beruvchi qonuniy asos yaratildi. Fuqarolik ishlari bo`yichasudlar faoliyatiga zamonaviy AKTlarni joriy etish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan E-SUD (www.esud.uz) milliy elektron sudlov axborot tizimi ishlab chiqilmoqda.

E-SUD axborot tizimi sud buyrug`I va da`vo talabi bo`yicha fuqarolik ishlarni ko`rish, fuqarolarning sudlarga murojaat qilish jarayonini tezlatib elektron ravishda amalga oshirishga imkoniyat tug`diradi.  E-SUD foydalanuvchilarining ro`yhatdan o`tishi, sudlarga elektron tarzda murojaat etish, ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlari kabi hujjatlarni o`z vaqtda olishni ta`minlashga qaratilgan. Bundan tashqari, mazkur tizim murojaatlarni tez ko`rib chiqish va hujjatlar namunalari orqali sudyalarga ham o`z samaradorligini oshirishga ko`maklashadi.

Hozirgi vaqtda ushbu tizimni fuqarolik sudlariga keng joriy etish maqsadida fuqarolik ishlari bo`yicha Toshkent shahri va viloyatida sakkizta tumanlararo sudlarida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, mazkur sudlar binolarida lokal hisoblash tarmoqlari yaratildi, sud'yalar va sud hodimlari zamonaviy  komp'yuter texnikasi va ofis vositalari bilan ta`minlandi,  sud'yalar va sud hodimlari  tizimda ishlash bo`yicha  maxsus o`quv dastur asosida o`z mahoratlarini oshirdilar. Bundan tashqari, tizim bilan ishlashga tashqi foydalanuvchilar, yani tuman kommunal hizmatlar va soliq inspektsiyasi hodimlari uchun ham kerakli o`quv mashg`ulotlari otkazildi va ayni paytda mazkur sudlarda E-SUD milliy axborot tizimining sud buyrug`i chiqarish qismi samarali qo`llanilmoqda. Bundan tashqari, tizimning birinchi instanstiya sudlari uchun moduli ishlab chiqilmoqda, ya`ni yaqin orada fuqarolar tizim orqali da`vo arizalarini ham topshira oladilar. Ushbu tadbirlar, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot Dasturining “Ozbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” qo`shma loyihasi ko`magida amalga oshirilyapti.

Budnan tashqari, oldi sudlov tizimiga boshqa yangi texnolgiyalar ham kiritilmoqda. 2015 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy sudining yangi rasmiy vebsayti ishlab chiqilib, yo`lga qo`yildi. Mazkur vebsayt (www.oliysud.uz), fuqarolarga E-SUD tizimi orqali fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga murojaat etish bilan birga, bir qator axborot va interfaol hizmatlarni taqdim etadi. 

Hozirda, Oliy sud rahbarligida, Oliy sudning viloyat umumiy yurisdiktsiya sudlari bilan aloqasini ta`minlovchi videokonferentsaloqa tizimini joriy etish mexanizmi ishlab chiqilmoqda. Sud majlislarini, Plenum majlislarini hamda o`quv tadbrilarni videokonferentsaloqa orqali amalga oshirish nafaqat tomonlar, balki sudyalarning ham mablajlarini tejashga imkoniyat beradi.

Press-konferentsiya davomida, yuqorida qayd etilgan ma`lumotlardan tashqari, jurnalistlar savollariga batafsil javoblar berilib, yangi nashrlar ham taqdim etildi.