Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudida E-SUD elektron sudlov tizimi kengaytirilishi muhokama qilindi

Tue May 17 00:00:00 EDT 2016

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudiga AQSh Davlat departamentining Evropa va Evroaziya mintaqasiga tashqi ko`magi bo`yicha bo`limining katta maslahatchisi janob Richard Stoddard, Byudjet va rejalashtirish bo`yicha direktori Djon Uilkoks hamda BMT TDning O'zbekistondagi doimiy vakili o`rinbosari janob Farid Karahanov tarkibidagi rasmiy delegatsiyasi tashrif buyurdi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov ha`yati raisi Holmumin Yodgorov qabul qildi.

2016 yil aprel oyidan bo`shlab E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudiga sud buyruqlarini olish maqsadida onlayn tarzda 2,300dan ziyod ariza kelib tushgan. Natijada, tizim orqali, 1,700 ziyod sud buyruqlari chiqarilib, fuqarolar ushbu hujjatlarni sud binosiga bormasdan, o`zlarining E-SUD tizimidagi shaxsiy kabinetlari orqali olish imkoniga ega bo`ldilar.

E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi birinchi navbatda fuqarolik sudlov jarayonini samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish, hamda fuqarolarga sudlar faoliyati to`g`risida ma`lumotlarni  etkazib berishga yo`naltirilgan. Mazkur tizim fuqarolarga fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga istalgan vaqtda va joyidan Internet tarmog`i orqali ariza va murojaatlar topshirish, fuqarolik ishi bo`yicha sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar bilan tanishish va saqlab olish, ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlari kabi hujjatlarni o`z vaqtida olish uchun sharoit yaratib beradi. Natijada, mazkur tizim, fuqarolarning sudlarga murojaat qilish jarayonini tezlatib, samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo-Ulugbek tumanlararo sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan qo`shma loyihasi ko`magida E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini sud buy`rug`ini chiqarish modulini ishga tushurgan Toshkent shahrining beshta fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudlaridan biridir.

Mazkur sudni E-SUD tizimini joriy etishga tayyorlash maqsadida, qo`shma loyiha tomonidan sud binosida local hisoblash tarmog`I yaratildi, sudyalar va sud hodimlari zamonaviy kompyuter texnikasi va ofis vositalari bilan ta’minlandi, hamda fuqarolar qabulxonasida maxsus axborot terminali o`rnatildi. Sudyalar va sud devonxonasi hodimlarini tizimdan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida, bevosita ularning ish joylarida o`quv mashg`ulotlari o`tqazildi. Ushbu o`quv mashg`ulotlari qo`shma loyiha tomonidan ishlab chiqilgan hamda E-SUD tizimi veb-portalida joylashtirilgan E-SUD tizimi foydalanuvchilari uchun amaliy qo`llanma asosida olib bo`rildi. 2016 yildan bo`shlab esa, mazkur tizim tashqi foydalanuvchilari, ya`ni Mirzo-Ulugbek va Yunus-Obod tumanlari kommunal xizmatlari va soliq inspektsiyasi hodimlari uchun ham kerakli o`quv mashg`ulotlar o`tkazildi.

Tashrif chog`ida mehmonlar sud devonhonasi, sud majlislar zallari, sudyalar va sud raisi kabineti orqali E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimining ishlash jarayoni, ya`ni arizalarni qabul qilish va ro`yxatdan o`tqazish, sud raisi tomonidan ko`rib chiqilib ma`sul sudyani tayinlash, hamda sud buyrug`ini chiqarish kabi bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi. Tashrif davomida, sudyalar, mazkur tizimining asosiy foydalanuvchilaridan biri sifatida, sud buyruqlari va qarorlarini chiqarishga ketadigan vaqtni hamda ortiqcha qog`ozbozlikni kamaytirish kabi E-SUD tizimining afzalliklarini alohida ta`kidlab o`tdilar.

* E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, BMT Taraqqiyot Dasturi ko`magida, 2013 yilda ishlab chiqilgan. 2015 yildan bo`shlab, mazkur tizim “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” loyihasi tominidan kengaytirilmoqda. Jumladan, fuqarolik ishlarini da`vo tartibida ko`rib chiqish dasturiy ta`minotini ishlab chiqib, appelyatsiya, kassatsiya va nazorat instantsiyasi sudlari uchun qo’shimcha dasturiy ta’minot ishlab chiqish yuzasidan ish olib bormoqdalar. Bundan tashqari, davlat idoralarining o`zaro axborot almashinuvi samaradorligini ta`minlash maqsadida, loyiha tomonidan E-SUD tizimining boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan o`zarobog`lanish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.