BMT Taraqqiyot Dasturi Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy byurosi rahbari o`rinbosari O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga tashrif buyurdi

Sun May 01 00:00:00 EDT 2016

O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan qo`shma loyihasining amalga oshirilishini muhokama qilish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Oliy sudiga BMTTD Evropa va MDH mamlakatlari bo`yicha mintaqaviy idorasi rahbarining o`rinbosari janob Olivier Adam hamda BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiya tashrif buyurdi. Mehmonlarni Oliy sud sudyasi, Fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov ha`yati raisi Holmumin Yodgorov qabul qildi.

“O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” Loyihasi O`zbekiston odil sudlov tizimiga jamoatchilik ishonchini oshirish va sudlarga murojaat qilish imkoniyatini kengaytirishga qaratilgan. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun Loyiha sudlar faoliyati to`g`risida umumiy aholi habardorligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, sudyalar va sud hodimlarining bilim darajasi va texnik mahoratini oshirish, hamda axborot texnologiyalarini joriy etish orqali sudlar faoliyatining samaradorligini oshirish kabi tashabbuslar orqali Oliy sudga ko`maklashadi.

Loyiha faoliyati 2010 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy konsepsiyasiga asoslanadi. Bundan tashqari, mazkur loyiha BMTTDning 1991 yildan boshlab fuqarolik sudlov sohasidagi ilk loyihasi bo`lib, BMTning O'zbekiston Respublikasiga 2016-2020 yillarda ko'maklashish bo'yicha Doiraviy hujjatida belgilangan bo`lib, yani “sud-huquq islohotlari fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini eng ishonchli himoyasini ta'minlaydi”  8 raqamli natijani amalga oshirishga komaklashadi.

Uchrashuv davomida Oliy sudi va BMT Taraqqiyot dasturi vakillari loyihaning turli yo'nalishlardagi natijalarini ta'kidlab o`tdilar. Janob Olivier Adam, BMT Taraqqiyot dasturi nomidan, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) bilan samarali hamkorlik asosida, sud-huquq tizimining oshkoraligi va qonun ustuvorligini ta`minlash, hamda odil sudlovni kuchaytirish borasida O`zbekiston Respublikasi Hukumatiga ko`mak berish imkoniyatidan benihoyat mamnun ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.    

Loyihaning amalga oshirilishida, sudlar faoliyati to`grisida aholi habardorligini hamda ma`lumotlarning ochiqligini ta`minlashga alohida e`tibor qaratilgan. Shu jumladan, loyiha ko`magida fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar faoliyatiga bag`ishlangan bir qator ommaviy tadbirlar va press-turlar uyushtirildi. Shu bilan birga, 2015 yilda fuqarolarning sudlar faoliyati to`grisida ma`lumotlar olish imkoniyatini kengaytirish maqsadida loyiha ishtirokida Oliy sudning yangi rasmiy vebsayti ishlab chiqilib, ishga tushurildi. Yangi vebsayt aholiga bir qator axborot va interfaol xizmatlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, loyiha, oshkoralik hamda fuqarolarning odil sudlov tizimi haqida fikrini o`rganish vositasi sifatida, fuqarolik ishlari bo`yicha bitta tumanlararo sud asosida sud faoliyatidan qoniqish darajasini o`rganishga qaratilgan sud jarayoni ishtirokchilari orasida so`rov o`tqazilishi rejalashtirilgan. 

Sudyalarning mustaqilligini hamda ularga nisbatan fuqarolar ishonchini kuchaytirish maqsadida, loyiha doirasida, sudyalar uzluksiz ta`lim va malaka oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, sudlov amaliyotini umumiylashtirish maqsadida bir qator amaliy qo`llanmalar ishlab chiqilib, nashr etildi.   

Bundan tashqari, uchrashuv ishtirokchilari loyihaning O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi bilan samarali hamkorligiga ham to`xtalib o`tishdi. 2015 yilda, xo`jalik protsessual qonunchiligini muvofiqlashtirilishidan tashqari, loyiha tomonidan uchta xo`jalik sudida sud majlisini qayd etish tizimi o`rnatildi. Mazkur tizim asosida 20ta sud majlisi qayd etildi. Kelgusi yilda, mazkur hamkorlik asosida esa, loyiha ko`magida sud hujjatlarning Oliy xo`jalik sudi rasmiy vebsaytida nashr etilishi va ishlarning sudyalar o`rtasida avtomatik tarzda taqsimlanish tizimi ishlab chiqilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida, loyihaning sudlar faoliyatining samaradorligini oshirish maqsadida AKTlar joriy etish, jumladan, E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini kengaytirish bo`rasidagi faoliyat natijalariga alohida to`xtalib o`tildi. Loyiha milliy koordinatori, Holmumin Yodgorov, jumladan, E-SUD tizimi fuqarolarga Internet orqali istalgan paytida va istalgan joyidan fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga arizalarni topshirish, ish bo`yicha barcha sud hujjatlarini olish imkoniyatini berib, ishlarning tezkor ravishda hal etilishiga komaklashishini alohida ta`kidlab otdi. Bugungi kunda, E-SUD tizimi Toshkent shahar va Toshkent viloyat fuqarolik ishlari bo`yicha sakkizta sudlarga kengaytirilmoqda. Hozirgi kunda, mazkur tizim orqali 76 ming arizalar fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga kelib tushdi. Mazkur tizimning barqaror ishlashini ta`minlash maqsadida, loyiha tomonidan protsessual qonunchilikni takomillashtirish maqsadida bir qator takliflar ishlab chiqildi.

Uchrashuv yakunida, ishtirokchilar, mazkur loyihaning yangi axborot texnologiyalarni joriy etishdagi muhim o`rnini ta`kidlab o`tishdi. Loyiha, AKTlarni dastlab test sinovidan o`tkazib, keyinchalik fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar faoliyatiga kiritishni tadbiq etadi. Janob Stefan Priesner, mazkur loyiha amalda benihoyat muvaffaqiyatli va BMTTD va O'zbekiston Respublikasi Hukumati o'rtasidagi samarali hamkorlikning yorqin namunasi ekanligini ta`kidladi. “Ma`lumki, BMTTD E-SUD elektron sudlov tizimini ishlab chiqilishini qo`llab-quvvatladi, va hozirda ushbu milliy tizimning Oliy sud rahbarligida qo`shimcha sudlarga  kengaytirilishidan benihoyat mamnunmiz”.