Qonun ijrosining samaradorligini oshirish sohasida milliy va xorijiy tajriba

Fri Apr 15 00:00:00 EDT 2016

Toshkentdagi Xalqaro biznes-markazda “Qonun ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish mexanizmlari: milliy va xorijiy tajriba” mavzuida xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari, BMTning rivojlanish Dasturi, K. Adenauer va F. Ebert (Germaniya) nomidagi jamg‘arma, va OBSE O‘zbekistondagi loyihalari Muvofiqlashtiruvchisi tomonidan tashkil qilindi. Anjumanda Parlamentning quyi va yuqori palatadan deputat hamda senatorlar, vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro va jamoat tashkilotlaridan mutaxassislar, Yevroparlament deputatlari, Germaniya, Italiya, Belgiya, Latviya va Sloveniyadan ekspertlar ishtirok etishdi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Spikerining o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Stefan Prisner va F. Ebert nomidagi Jamg‘armaning hududiy vakili Naylya Rezyapova anjuman ishtirokchilariga o‘z tabrik so‘zlarini o‘qib eshittirdilar.

Janob Prisner jumladan, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga hissa qo‘shadigan parlament nazoratini yaxshilash to‘g‘risidagi yangi qonun kuni kecha Oliy Majlis Senatida muhokama qilinganligi bilan hukumatni tabriklab, shu nuqtai nazardan ushbu anjuman o‘z vaqtida bo‘lib o‘tayotganligini ta’kidladi.

Parlament nazorati shaffoflikni va ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining ochiqligini ta’minlashga yordam berishini qayd etib o‘tdi. Parlament tomonidan ijro etuvchi hokimiyat faoliyatining sifatli monitoring qilinishi samarali boshqaruvdan dalolat. Mana shu funksiya sabab parlament o‘z kuchini muvozanatga keltirishi va fuqarolar haq-huquqlari va qarashlarining himoyachisi sifatidagi o‘rnini mustahkamlashi mumkin.

Ayni paytda parlament nazorati, milliy qonunlarning so‘zsiz va o‘rnatilgan tartibda joriy qilinishini ta’minlovchi va qonunlarning fuqarolar hayoti va tadbirkorlik muhitiga istalgan darajadagi ta’sirini kafolatlovchi yagona vosita emasligini eng yaxshi xorijiy tajriba ham ko‘rsatib turibti.

Shunday ekan, bu masalada qonunlarning sifat darajasi eng muhim sanaladi. Iqtisodiy va ijtimoiy modernizatsiyalashuv maqsadida O‘zbekistonda olib borilayotgan muvofiqlashtiruvchi islohotlarning yanada samaradorligini ta’minlash uchun faktga asoslangan ma’lumotlar va institutsional salohiyat asosida qonunchilik dalolatnomalarini baholash mexanizmini mustahkamlash kerak.

Janob Prisner, O‘zbekistonda muvofiqlashtiruvchi siyosatni yaxshilash borasidagi va markaz hamda hududlarda mavjud hisobot berish tartibidagi samarali va shaffof tizimni yaratish maqsadida amalga oshirilgan institutsional chora-tadbirlarni qoniqish bilan e’tirof etdi.

“Hozirgi sharoitda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadigan qonunlar, kodifikatsiya qilingan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, yangi qonunlarda belgilangan qoidalarni to‘liq ro‘yobga chiqarishni ta’minlaydigan qonunosti hujjatlarini o‘z vaqtida e’lon qilish muhim ahamiyatga ega”, dedi janob Prisner, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning so‘zlarini keltirar ekan.

Kun tartibida turgan qonun ijodkorligi jarayonlarining sifatini yaxshilash va qonunlarning samarali hamda shaffof ishlashini ta’minlash, bu sohadagi eng ilg‘or xorij tajribalari bilan bo‘lishishda BMTTD davlat xukumatini doimo qo‘llab-quvvatlaydi, deya ta’kidlab o‘tdi.

Anjumanda davlat organlari tomonidan qonunlarni so‘zsiz ijro etilishi bo‘yicha huquqni qo‘llash amaliyotining samaradorligini ta’minlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Rivojlangan davlatlarning bu boradagi ilg‘or tajribasi, qonunlarning ijro etilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini yaxshilash va aholining habardorlik darajasini oshirish maqsadida fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining rivojlanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish, qonunchilik asoslarini mustahkamlash, amaliyotda uning samaradorligini oshirish, qonun ijrosi tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Prezident Islom Karimov boshchiligida O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan yangilanishlar mamlakatning har tomonlama rivojlanishiga hizmat qiladi, deya ta’kidlashdi anjuman ishtirokchilari.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda Prezident Islom Karimov tomonidan so‘zlangan ma’ruzada qonunchilik hujjatlarini qabul qilishda ularning umumiy tamoyil va mexanizmlarini belgilash bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, deya alohida ta’kidlangan. Bugungi kunda qonunlarni ijro etish tizimini tubdan yangi yondoshuvlar asosida doimiy isloh qilib borish zarurati va lozimligi xalqaro tajribadan ham ko‘rinib turibdi.

Anjumanda, normativ-xuquqiy hujjatlarni aholi va ijrochilarga yetkazishning samarali usullari, bu yo‘nalishda parlament va ijro hokimiyati organlarining hamkorligi, qonunlar ijrosini ta’minlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlar, huquqqa aloqador ma’lumotlarni tarqatishda huquq-tartibot organlarining roli, huquqiy ma’lumotlar bilan aholini xabardor qilishda davlat organlarining NNT va OAV bilan hamkorligi, davlat organlarining qonunlar ijrosini ta’minlashga doir faoliyatining samaradorligini oshirish, qonunlarni so‘zsiz bajarishga oid qonunchilik aktlari samaradorligini baholash tizimining ahamiyati kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.

Markaziy Osiyo va Mongoliya mamlakatlari bo‘yicha Yevroparlament delegatsiyasining raisi Iveta Grigule xonim Yevroparlament va Latviya davlat organlari faoliyatida qonun ijrosini ta’minlash sohasidagi tajribalar bilan o‘rtoqlashdi. Shuningdek, Latviya Seymasi Prezidiumi kotibining o‘rinbosari janob Gunars Kutris Latviya davlat organlari tomonidan qonunlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlashning alohida jihatlari haqida to‘liq ma’lumot berdi.

Qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash Instituti ijrochi direktori janob Erik Akse (Belgiya) taqdimotida davlat organlari tomonidan qonunlarning so‘zsiz bajarilishi mexanizmining samaradorligini oshirish masalalari haqidagi qiziqarli va foydali ma’lumotlar berildi. Eslatib o‘tish kerak, janob Akse BMTTDning “Qonun va norma ijodkorligi, hamda qonun hujjatlarini ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishga ko‘maklashish” loyihasi taklifiga ko‘ra anjumanda ishtirok etdi.

– Mazkur xalqaro konferensiyada ishtirok etish jarayonida qonunlar ijrosini ta’minlash samaradorligini oshirish borasida O‘zbekiston tajribasi bilan yaqindan tanishdik, – dedi Qonun hujjatlari ta’sirini baholash instituti asoschisi va ijrochi direktori Erik Akse (Belgiya). – Mamlakatingizda kuchli qonunchilik bazasi yaratilgani, mazkur tizim izchil rivojlanayotgani, sohada xalqaro hamkorlik tobora mustahkamlanib borayotgani e’tibor molik. O‘zbekistonlik hamkasblarimiz bilan tajriba almashdik, o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash bo‘yicha kelishib oldik.

Anjuman ishtirokchilari O‘zbekistonda qonun ijrosini ta’minlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar bilan tanishdilar. Shuningdek, qonun ijrosini ta’minlash mexanizmlari va bu o‘rinda davlat organlari va NNTlar bilan hamkorlik to‘g‘risida fikr almashdilar.