Milliy ekspertlar qonun va norma ijodkorligini takomillashtirishda Buyuk Britaniya tajribasini o‘rganmoqda

Fri Apr 08 00:00:00 EDT 2016

BMT Taraqqiyot dasturi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun xujjatlari monitoringi instituti va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda “Qonun va huquq ijodkorligini takomillashtirish sohasida Buyuk Britaniya tajribasi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Anjuman O‘zbekistonning rasmiy delegatsiyasining Buyuk Britaniyaga qilgan safari natijalariga bag‘ishlandi. BMTTDning “Qonun ijodkorligi, xuquq ijodkorligi va qonunchilik hujjatlarini baholashga ta’sir etish tizimini modernizatsiya qilishda hamkorlik” loyihasi doirasida hamda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan anjumanda mamlakatning qonunlar ijrosi nazoratini takomillashtirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari va tajribalari haqida so‘z yuritildi.

2016 yilning 20-25 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi intituti vakillari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, Adliya va Iqtisodiyot vazirliklari vakillaridan iborat rasmiy delegatsiya Buyuk Britaniyaga tashrif buyurdi. Tashrif doirasida delegatsiya a’zolari Buyuk Britaniya Parlamentining Jamoalar Palatasining Tartibga solish sohasidagi islohotlar Qo‘mitasi va Lordlar Palatasi Ikkilamchi Qonunchilikni muhokama qilish qo‘mitasi, Tadbirkorlik, innovatsiyalar va ko‘nikmalar bo‘yicha vazirlik huzuridagi Tartibga solishni takomilashtirish bo‘yicha Ijroiya qo‘mitasi, hamda Samarali tartibga solishni amalga oshirish bo‘yicha Boshqarma, shuningdek yuridik hizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha jahonning eng yirik “Dentons” yuridik firmasida bo‘lib, ishchi uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Ushbu uchrashuvlar jarayonida, delegatsiya a’zolari mazkur sohalarda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish imkonyatiga ega bo‘ldilar va o‘z navbatida bu boradagi O‘zbekiston tajribasi bilan tanishtirdilar. Shu bilan birga, Britaniyadagi qonunchilik hujjatlarini ta’sirini baholash tizimining joriy etilishi natijalari, qonun ijodkorligi va korrupsiyaga qarshi ekspertiza sifatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirishga xalaqit berayotgan ma’muriy to‘siqlarni kamaytirish va davlat tomonidan tartibga solishni yaxshilash kabi tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi intituti direktori Farrux Muhammedov, BMTning O‘zbekistondagi doimiy vakili janob Stefan Prisner va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisi janob Kristofer Alan o‘z kirish so‘zlarida O‘zbekistonda qonunchilik hujjatlari sifatini yanada oshirish va tadbirkorlik faoliyatini yuritishni tartibga solishni yanada soddalashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohatlarning samarali natijalarini e’tirof etar ekanlar, ushbu sohalarda davlat o‘rtasida o‘zaro tajriba almashinuvning va xorijiy mamlakatlarning eng sara tajribalari bilan yaqindan tanishish qonunchilik hujjatlarini ta’sirini baholash tizimini joriy etish va takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tishdi.

Davra suhbati doirasida, BMTTDning “Qonun va norma ijodkorligi, va qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimini modernizatsiya qilishda ko‘mak” loyihasi rahbari Farrux Karabayev Buyuk Britaniyadagi qonunchilik va tartibga soluvchi muhitining bugungi xolati, normativ-xuquqiy hujjatlarni qabul qilish tartibi va tamoyillari, tartibga solishn mexanizmini yanada soddalashtirish instrumentlarining joriy etilishi natijalari va samaradorligi, shuningdek, qonun hujjatlari ta’sirini baholash uslublari va qo‘llanilayotgan xuquqiy innovatsiyalar haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi intituti katta ilmiy xodimi Dilshod Chiniyev O‘zbekiston qonun va norma ijodkorligini takomillashtirishda horijiy tajribani (Buyuk Britaniya misolida) tadbiq qilish to‘g‘risida ma’ruza qildi.

Munozaralar davomida Adliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti va boshqa muassasalar vakillari O‘zbekistondagi mavjud qonun va norma ijodkorligi jarayoniga chet el tajribasini qanday sohalarda tadbiq etish mumkinligi borasida mulohaza bildirdilar.