BMTTD o‘zining 50-yilligini nishonlamoqda

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi – BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi BMTTDning 50-yilligi va uning O‘zbekistondagi 20 yildan ziyod vaqt davomidagi faoliyatiga bag‘ishlangan bayramona tadbir o‘tkazildi. Bayram tashkilotchilari mehmonlarga BMTTDning butun dunyo miqyosidagi va O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib, mehmonlar bayramona palov atrofida kelgusidagi hamkorlikning yo‘nalishlari yuzasidan fikr-mulohaza qilish imkoniga ega bo‘ldilar.

1966 yilda BMTTDning tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsad butun dunyo mamlakatlarida rivojlanish sohasidagi ko‘rsatkichlarni yaxshilash, barcha xalqlarning turmush darajasini oshirish, hozirda “Inson rivojlanishi” deb atalmish konsepsiyani ilgari surishdan iborat edi. Yarm asr davomida BMTTD butun dunyo bo‘ylab olib boriluvchi ochlikka qarshi kurash, turli kassalliklar, ishsizlik, gender tengsizlik, bolalar orasidagi o‘lim, atrof-muhitning tanazzulga uchrashiga qarshi kurash dasturlarini muvofiqlashtiruvchi tashkilot sifatida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Mazkur faoliyat alohida mamlakatlar, mintaqalar va butun dunyo miqyosida mavjud bo‘lgan keng ko‘lamdagi masalalarni yechishga qaratilgan.

Oxirgi 15 yil mobaynida butun dunyo bo‘ylab BMTTD, boshqa BMT agentliklari, fuqarolik jamiyati, hukumat idoralari tomonidan barcha ko‘rinishdagi o‘ta qashshoqlikni butunlay yo‘q qilishga qaratilgan ilgari misli bo‘lmagan choralar ko‘rilmoqda. Aynan mana shu sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va yanada kengaytirish maqsadida 2030 yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan Barqaror taraqqiyot maqsadlari belgilab olingan. BMTTD yigirma yildan oshiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga uning taraqqiyot yo‘lidagi global va mintaqaviy ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni yechishda o‘z yordamini berib kelyapti.

- Oxirgi 50 yil mobaynida BMTTD inson rivojlanishi konsepsiyasi, Mingyillik taraqqioyt maqsadlari, Barqaror taraqqiyot maqsadlari kabi rivojlanish sohasidagi masalalarni muhokama qilishda eng yetakchi tashkilotlardan biridir. Shuningdek, butun dunyo mamlakatlariga ularning islohot dasturlarini amalga oshirishda yordam beruvchi,BMTning rivojlanish tizimini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar orasida ham BMTTD eng yetakchilardan biri hisoblanadi. Oxirgi 23 yil davomida O‘zbekiston Hukumati, nodavlat tashkilotlari va fuqarolari bilan qalin hamkorlik munosabatlarini saqlab kelishga muvaffaq bo‘lganimizdan faxrlanamiz.

***

BMTTDning butun dunyo miqyosdagi 50-yilligini nishonlash bilan bog‘liq tadbirlar haqida batafsil ma’lumot www.50.undp.org va www.twitter.com/hashtag/UNDP50, vebsaytlarida, O‘zbekistondagi tadbirlar bo‘yicha esa www.uz.undp.org vebsaytida keltirilgan.