Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga xalqaro delegatsiya tashrif buyurdi

Tue Feb 23 00:00:00 EST 2016

2016 yil 22 fevral kuni, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID)ning Markaziy Osiyo bo'yicha mintaqaviy direktori Jorj Deykun va BMT Tdning O'zbekistondagi doimiy vakili Stefan Prisner tarkibidagi rasmiy delegatsiyani qabul qildi. Mehmonlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Raisi o`rinbosari Fayzulla Abduazimov qabul qildi. Tashrif chog`ida mehmonlar E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimining ishlash jarayoni, ya`ni arizalarni qabul qilish va ro`xatdan o`tqazish, sud raisi tomonidan ko`rib chiqilib ma`sul sudyani tayinlash, hamda sud buyrug`ini chiqarish kabi bosqichlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo'lishdi.

Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, AQSh xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) hamda BMT Taraqqiyot dasturining “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” deb nomlangan qo`shma loyihasi ko`magida E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini sud buy`rug`ini chiqarish modulini ishga tushurgan Toshkent shahrining beshta fuqarolik ishlari bo`yicha tumanlararo sudlaridan biridir. Mazkur sudni E-SUD tizimini joriy etishga tayyorlash maqsadida, qo`shma loyiha tomonidan sud binosida local hisoblash tarmog`I yaratildi, sudyalar va sud hodimlari zamonaviy kompyuter texnikasi va ofis vositalari bilan ta’minlandi, hamda fuqarolar qabulxonasida maxsus axborot terminali o`rnatildi. Sudyalar va sud devonxonasi hodimlarini tizimdan foydalanish bo`yicha ko`nikmalarini rivojlantirish maqsadida, bevosita ularning ish joylarida o`quv mashg`ulotlari o`tqazildi. Ushbu o`quv mashg`ulotlari qo`shma loyiha tomonidan ishlab chiqilgan hamda E-SUD tizimi veb-portalida joylashtirilgan E-SUD tizimi foydalanuvchilari uchun amaliy qo`llanma asosida olib bo`rildi.

Bundan tashqari, E-SUD tizimi tashqi foydalanuvchilari uchun, ya`ni Sergeli va Yakkasaroy tumanlari kommunal xizmatlari va soliq inspektsiyasi hodimlari uchun ham kerakli o`quv mashg`ulotlar o`tkazildi. Natijada, mazkur foydalanuvchilar, E-SUD tizimi orqali sudga topshirilgan ariza bo`yicha hatti-harakatlarni tizim portalida shaxsiy kabinetlarida kuzatish imkoniyati tufayli sud binosiga tashriflar sonini kamaytirish imkonini alohida ta`kidlab o`tdilar. Bundan tashqari, E-SUD tizimi foydalanuvchilarini fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga ariza bilan birga to`liq ilovalarni topshiriga undaydi. 

Natijada, 2016 yil yanvar oyidan bo`shlab E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi orqali fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga sud buyruqlarini olish maqsadida 1072 ariza kelib tushgan. Bulardan, 747 ariza qanoatlantirilib, sud buyruqlari chiqarildi. Sudyalar, mazkur tizimining asosiy foydalanuvchilaridan biri sifatida, sud buyruqlari va qarorlarini chiqarishga ketadigan vaqtni hamda ortiqcha qog`ozbozlikni kamaytirish kabi E-SUD tizimining afzalliklarini alohida ta`kidlab o`tmoqdalar. Bundan tashqari, sudyalar E-SUD tizimida ishlash chog`ida mazkur tizimni takomillashtirish yuzasidan doimiy ravishda o`z tavsiyalarini bildirishadi.

* E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi birinchi navbatda fuqarolik sudlov jarayonini samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish, hamda fuqarolarga sudlar faoliyati to`g`risida ma`lumotlarni  etkazib berishga yo`naltirilgan. Mazkur tizim fuqarolarga fuqarolik ishlari bo`yicha sudlarga istalgan vaqtda va joyidan Internet tarmog`I orqali ariza va murojaatlar topshirish, fuqarolik ishi bo`yicha sud tomonidan qabul qilingan hujjatlar bilan tanishish va saqlab olish, ish yuzasidan ajrimlar va sud qarorlari kabi hujjatlarni o`z vaqtida olishni imkonini beradi. Natijada, mazkur tizim, fuqarolarning sudlarga murojaat qilish jarayonini tezlatib, samaradorligini oshirishga imkoniyat beradi.

E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, BMT Taraqqiyot dasturi ko`magida, 2013 yilda ishlab chiqilgan. 2015 yildan bo`shlab, mazkur tizim “O`zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik” loyihasi tominidan kengaytirilmoqda. Jumladan, fuqarolik ishlarini da`vo tartibida ko`rib chiqish dasturiy ta`minotini ishlab chiqib, appelyatsiya, kassatsiya va nazorat instantsiyasi sudlari uchun qo’shimcha dasturiy ta’minot ishlab chiqish yuzasidan ish olib bormoqdalar. Bundan tashqari, davlat idoralarining o`zaro axborot almashinuvi samaradorligini ta`minlash maqsadida, loyiha tomonidan E-SUD tizimining boshqa davlat organlari axborot tizimlari bilan o`zarobog`lanish mexanizmi ishlab chiqilmoqda.