O‘zbekistonda yoshlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushdi

BMTTD va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining "O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)» loyihasi poytaxtimizning oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturini boshlab yubordi. Startap tashabbuslarni yaqindan qo‘llab-quvvatlash dasturi talabalar va yosh olimlar uchun o‘z startaplarini amalga oshirish va tadbirkorlik sohasida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyatlar yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasida Prezidentimiz tashabbusi bilan Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish natijasida qisqa tarixiy davr mobaynida mamlakatimiz ta'lim tizimida nafaqat shakly balki mohiyati jihatdan tub o‘zgarishlar yuz berdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda 73 oliy ta'lim muassasalari, shu jumladan 66 davlat oliy ta'lim muassasalari va 7 nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalari jamiyat rivojlanishi uchun innovatsion loyihalarni ishlab chiqaradigan g‘oyalar va texnologiyalar “o‘cho g‘i” hisoblanadi. Shu bilan bir vaqtda hali ishga solinmagan salohiyat mavjud. Bu manoda ko‘p oliy ta'lim muassasalarida talabalar va yosh olimlarning erta bosqichlardagi kichik innovatsion startap loyihalarni rag‘batlantirish va rivojlantirishga ko‘maklashuvchi samarali mexanizmlar ishga solinmayapti.

Ushbu masalaning yechimini yanada takomillashtirish uchun startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash dasturi ishga tushirildi. Tajribaviy loyiha tariqasida boshlangan dastur Toshkentning 15 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda yosh olimlar va talabalarni innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirishda faol ishtirok etishga jalb qiladi.

Loyiha ishtirokchilarga startap g‘oyalarni amalga oshirish ko‘nikmalarini egallash, yakka tartibda biznes-murabbiyning maslahatlarini olish, loyiha doirasida ko‘zlangan mahsulot yoki xizmatning minimal ishchi modelini ishlab chiqish va sinash hamda istiqboldagi investorlarga o‘z loyihalarini taqdim qilish imkoniyatini yaratadigan bepul uch oylik izchil dastur hisoblanadi. Dasturda qanday ishtirok etish mumkin, loyihalarni tanlash mezonlari va ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar haqida ma'lumot http://startup.chamber.uz/ veb-saytida joylashtirilgan.

Startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash dasturining o‘ziga hos ish usullarini hisobga olib rivojlanishning erta bosqichlaridagi startaplarga ko‘maklashihsning bu modeli O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarida keng miqyosda joriy etilishi, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining xususiy sektor bilan o‘zaro hamkorlik tizimini va mexanizmlarini takomillashtirishni va ishlab chiqarish va oliy ta'lim integratsiyasini ta'minlashi, yangi malakali ish o‘rinlari yaratishi kutilmoqda.

Mazkur tashabbus yangi ish o‘rinlarini yaratish, yoshlar bandligini oshirish va aholining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan inklyuziv biznes-modellarini rivojlantirish ishi doirasida “Sasol” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolathonasi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekiston Respublikasidagi elshixonasi moliyaviy ko‘magida amalga oshiriladi.

***

“O‘zbekiston biznes-forumi (III-bosqich)” loyihasi SSP va BMTTDning qo‘shma tashabbusi bo‘lib, loyiha onlayn xizmatlarni joriy qilish, me‘yoriy-huquqiy asosni takomillashtirish hamda inklyuziv biznes-modellarni rivojlantirish orqali mamlakatda qulay biznes-muhitini shakllantirishga qaratilgan.