Xo'jalik sudlarida ish yuritish: sud samaradorligini va oshkoraligini qanday oshirish mumkin?

Fri Jan 22 00:00:00 EST 2016

 

2016 yil, 22 yanvar kuni Ozbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudida sohaga tegishli qonunchilikdagi ohirgi o`zgarishlar, shuningdek, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo`yicha amalga oshirilgan ishlar, jumladan, aud majlisini audio-video qayd etish tizimining tajribadan o`tkazilishi kabi yangiliklarni keng ommaga taqdim etish maqsadida matbuot anjumani o`tkazildi. Mazkur sud majlisini audio-video qayd etish tizimi Oliy xo`jalik sudi, hamda Toshkent shahar va viloyat xo`jalik sudlarida pilot shaklida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) "O'zbekistonda qonunustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi ko`magida 2015 yilda o`rnatildi. Mazkur loyiha BMTTD tomonidan O`zbekistonda samarali boshqaruvga ko`maklashish tashabbusi doirasida amalga oshirilmoqda.

Matbuot anjumanida, ommaviy axborot vositalari vakillari, tadbirkorlar, O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi, Birlashgan millatlar tashkiloti Taraqqiyot dasturi vakillari, Evropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining O`zbekistondagi loyihalari koordinatori va Oliy xo`jalik sudi sudyalari ishtirok etdilar. Ta`kidlash joiz, Oliy xo`jalik sudida o`rnatilgan videokonferensaloqa tizimi vositasida viloyat xo`jalik sudlari sudyalari ham tadbirda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo`lishdi. Matbuot anjumanida, ishtirokchilarnisud majlisini audio-video qayd etish tizimining imkoniyatlari bilan bevosita tanishtirish maqsadida ular uchun ushbu tizim o`rnatilgan kassatsiya instantsiya sudining yangi zaliga tashrif uyushtirildi. Mazkur tizimning samarali ishlashini ta`minlash maqsadida, 2015 yil sentyabr oyida, Oliy xo`jalik sudi tomonidan qo`shma loyiha bilan hamkorlikda 59 sudya, sud majlisi kotibi hamda boshqa sud hodimlari uchun maxsus trening tashkil etildi.

Audio-video qayd etish tizimining joriy etilishi sud majlisi bayonnomasining sifatini yashilash hamda bayonnomani tuzish jarayonini soddalashtirishga qaratilgan bo`lib, istiqbolda sud majlisi bayonnomasini qog`oz shaklida tuzish zaruriyatini tug`dirmaydi. Bundan tashqari, audio-video qayd etish tizimi sud ishtirokchilari hamda sudyalarning intizomini oshirish chorasi sifatida xizmat qiladi. Sud majlisining audio-video yozuvi, jismoniy va yuridik shaxslarning iltimosiga binoan, ularga axborot tashuvchi vositada berilishi ko`zda tutilgan. 

Umuman olganda, sud majlisni audio-video qayd etish tizimi xo`jalik sud jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi, bu esa nafaqat xo`jalik sudlarining oshkoraligi va samaradorligini, balki qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirishga ham hissa qo`shadi. "Shartnomalar ijrosi" (Doing Business) biznes yuritish bo`yicha umumiy indeksining 10 ko'rsatkichlardan biri bo`lib, xo`jalik sudlarining ishini samarali va shaffof yuritish, tadbirkorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun samarali vositalari mavjudligi, hamda xususiy sektor va investorlarning shartnomada ko`rsatilgan huquq va manfaatlarining himoya ostida ekanligini anglatadi.

Ta`kidlash joiz, mazkur tizimining bo'lajak tajribadan o`tkazilishi natijasida, ushbu tizimning mamlakatimiz sudlarida barqaror ishlatilishini ta`minlash maqsadida, mavjud Xo'jalik protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritishuchun takliflar ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda.

Oliy xo'jalik sudi qo`shma Loyihaning strategik sherigi bòlib, ular o`rasidagi o`zaro hamkorlik 2016-2017 yillardayanada kengaytirilib, jumladan, mamlakatimizdagi sud amaliyotining bir-hilligini ta`minlovchi Internet tarmogìda sud qarorlarini nashr etish kabi tashabbuslar rejalashtirilgan.

Sudlar faoliyatini axborotlashtirish odil sudlovni takomillashtirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berishga yo'naltirilgan O'zbekistonda sud-huquq tizimi islohotining ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.