Sud-huquq sohasidagi hamkorlikning bir yillik natijalari muhokama qilindi

Thu Dec 17 00:00:00 EST 2015

2015 yil 17 dekarb kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasining 2015 yildagi faoliyati natijalarini muhokama qilish uchun idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Oily sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda.

"O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasining asosiy maqsadi sudlarning fuqarolar murojaatlariga nisbatan e’tibor salohiyatini oshirish, sudyalar va sud xodimlari malakasini oshirish, hamda E-SUD milliy elektron sudlov axborot tizimini kengaytirish orqali sudlar faoliyatining samaradorligini oshirish kabi tashabbuslar orqali fuqarolarning sud-huquq tizimiga murojaat qilish imkoniyatlarini kengaytirishdir. Mazkur Loyiha mamlakatimizda sud-huquq tizimi islohoti, ya`ni 2010 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy Kontseptsiyasi , shuningdek sud tizimining samaradorligini va oshkoraligini oshirishga qaratilgan qator huquqiy hujjatlar doirasida amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari, Loyiha, shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekiston Respublikasiga rivojlanish maqsadida yo`rdam ko`rsatish hadli dasturi hamda 2015 yildan so'ng Barqaror rivojlanish global maqsadlari doirasida ham faoliyat ko'rsatmoqda.

Idoralararo ishchi guruhi a'zolariga loyiha faoliyati va uning ishga tushurilishidan bo`shlab erishilgan yutuqlari taqdim etildi. Xususan, uchrashuv ishtirokchilariga «E-SUD» elektron sudlov tizimining kengaytirilish natijalari haqida ma'lumot berildi, ya'ni tizim birinchi va ikkinchi instantsiya modullari ishlab chiqilganligi, shuningdek nazorat modulining ishlab chiqilayotganligi  to`g`risida ma`ruza qilindi. Loyiha tomonidan jumladan, Toshkent shahrining fuqarolik ishlari bo`yicha Shayhontohur, Mirzo Ulug`bek hamda Yakkasaroy tumanlararo sudlari E-SUD milliy elektron tizmini ishga tushurish maqsadida maxsus texnika va mahalliy hisoblash tarmog`I bilan jixozlanildi, sudyalar va sud hodimlari esa maxsus o`quv dasturi bo`yicha E-SUD tizimida ishlash bo`yicha o`quv dasturi bo`yicha qayta-tayyorlandilar.

Shu bilan birga, endilikda, mazkur tizimning muvaffaqiyatli kengaytirilishi hamda barqaror ishlashini ta`minlash maqsadida, sud hokimiyatining turli instantsiyalari o`rasidagi o`zaro axborot va hujjat almashinuvini hamda ularning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini ta`minlash alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun mazkur sohada boshqa mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasini o`rganib chiqish maqsadida 2015 yil davomida AQSh hamda Estoniya mamlakatlariga o`quv safarlari tashkillashtirildi, va ushbu safarlar natijasida E-SUD milliy elektron tizimini kengaytirishga doir takliflar ishlab chiqilib Oliy sudga topshirildi.  

Bundan tashqari, loyihaning sudyalar va sud xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta-tayyorlash, shuningdek, loyihaning tahliliy ishi ham taqdim etildi. Jumladan, loyiha ekspertlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining va Tijorat protsessual kodeksining qarorlarini uyg'unlashtirish maqsadi bilan olib borilgan tadqiqotlar natijasida tayyorlangan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi ishlab chiqilgan qonun loyihasi hamda “Fuqarolik protsessual kodeksiga o`zgartirishlar va qo`shimchalar kiritish” to`g`risidagi qonun loyihasiga takliflar ishlab chiqildi. Bundan tashqari, sudlar faoliyati samaradorligini baholash uslubiyati, hamda fuqarolarning shikoyatlariga javob mexanizmini yaxshilash va sud tizimi oshkoraligini ta’minlash, xususan, Oliy sudi rasmiy saytining yangi versiyasi ishlab chiqish kabi tashabbuslar taqdim etildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga, xo`jalik sudlarining oshkoraligi hamda samaradorligini oshirish maqsadida, Loyiha O`zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudi bilan hamkorligida, Oliy xo`jalik sudi, Toshkent viloyat xo`jalik sudi va Toshkent shahar xo`jalik sudlarida pilot shaklida sud majlisini audio-video qayd etish tizimi tajribadan o`tkazilganligi, hamda Oliy xo`jalik sudining rasmiy vebsaytida sud qarorlarini joylashtirish mexanizmi ishlab chiqilishi taqdim etildi.

Loyihaning yutuqlari bilan bir qatorda, ishtirokchilar tomonidan loyihaning amalga oshirilishidagi qiyinchiliklar  hamda hamkorlik uchun imkoniyatlar muhokama qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakillari, loyihaning rejalashtirilgan faoliyatini qo'llab-quvvatlashga va xalqaro hamkorlar bilan ijobiy va samarali hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta'kidladilar. Shu bilan bir qatorda, ishtirokchilarga Loyihaning 2016 yiliga ishlab chiqilgan ish rejasi taqdim etildi, ishtirokchilar esa mazkur ish rejaga qoshimcha takliflarni bildirishdi.

Idoralararo ishchi guruhi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimini mustaqilligini ta`minlash bo`yicha tadqiqot markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahri fuqarolik sudlari raislari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, va BMTTD vakillari a`zodirlar.