O‘zbekistonda davlat xizmati institutini rivojlantirish istiqbollari

Thu Dec 17 00:00:00 EST 2015

O'zbekistonda davlat boshqaruvi tizimida elektron hukumatni va AKTni rivojlantirish borasida keng ko'lamli chora-tadbirlar joriy etilmoqda. Shu bilan birga xalqaro amaliyot ko'rsatishicha, bu tashabbuslarning muvaffaqiyati fuqarolar va tadbirkorlik sub'ektlari uchun davlat xizmatlarini ko'rsatishda ma’muriy idoralarning ichki jarayonlarining (“back office”) samaradorligiga bog'liq.

Shu maqsadda BMTTDning “Davlat xizmatlarini ko’rsatishda Elektron hukumatini rivojlantirish” loyihasi O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligi hamda “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi bilan birgalikda 2015 yil 16-17 dekabr kunlari O'zbekistonda ma'muriy jarayonlarni qayta muhandislik institutini rivojlantirish istiqbollariga bag'ishlangan seminar va 18-dekabr kuni shu mavzu bo’yicha davra suhbati o'tkazdi.

Ushbu tadbirlarning asosiy maqsadi mamlakatda foydalanuvchilarning real ehtiyojlariga qaratilgan sifatli va samarali ijtimoiy xizmatlarni joriy etish usullarini amalga oshirishni tadbiq etsihga qaratildi.

Tadbirlarda O’zbekiston Respublikasinin bir qator vazirliklari, jumladan Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, Oliy ta’lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Soliq idorasi, Bojxona idorasi, Davarxitektqurilish, Davlat geodeziya va kadastr, Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari, Qishloq xo'jaligi vazitrligi, Axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligi, "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi va BMTTDlar ishtirok etdilar.

Mutahassislar ma'muriy islohotlar va davlat xizmatlarini modernizatsiya qilish, ma'muriy jarayonlarni qayta muhandislik tushunchasi, davlat xizmatlarini tartibga solish, ularni ochiqlik va samaradorligini ta’minlash, jamoatchilik ishtirokini foydalanuvchilar fikrini od’rganish asosida ta’minlash, ish jarayonini modellashtirish, rasmiy modellarni joriy etish, davlat xizmatlari jarayonlarini takomillashtirish bo'yicha xalqaro tajribani aniq holatlarda ko'rib My.gov.uz orqali joriy etish, shu jumladan interaktiv xizmatlarni samarali amalga oshirish va xalqaro ekspert tavsiyalari va boshqa masalalar muhokama qilindi.

BMT Taraqqiyot Dasturi tomonidan taklif etilgan Latviyalik xalqaro ekspert janob Andrey Kuznetsovning ta’kidlashicha “AKT loyihalarini amalga oshirish, aslida, faqat ma'muriy islohotlar va jarayonlar qayta muhandilangandan keyin amalga oshirilishi kerak. Bu xolat xalqaro tajriban kelib chiqqan holda me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham o’z aksini topkan. Davlat xizmatlari va ma'muriy islohotlarni modernizatsiya qilinmasa AKT loyihalari muvaffaqiyatsizlikka uchradi”.

Bugungi kunda BMTTD loyihasi tomonidan xalqaro tajribaga asoslangan xolda ma'muriy jarayonlarni qayta loyihalash bo'yicha metodik qo’llanmasi ishlab chiqildi. Ushbu hujjat Axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligiga muhokama uchun yuborilgan. Metodik qo’llanma “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi va “yagona-oyna markazi” xizmatlari asosida ortopedik va reabilitatsiya mahsulotlariga muhtoj shaxslarni ta'minlash uchun yonaltirilgan Mehnat vazirligining bir qator xizmatlarida sinovdan o’tkazilgan. Xozirda bu xizmatlarni amaliyotga tadbiq etish bo'yicha ishlar olib borilmoqda.

Keyingi bosqichda qayta muhandislik tushunchasini qonunchilik darajasida tadbiq qilish, ma'muriy jarayonlarni qayta muhandislash sohasida mutaxassislarni tayyorlash, davlat xizmatlari sifatini oshirish va boshqa tegishli masalalarni muhokama qilish ko’zda tutilgan.