E-hukumatini targ’ib qilish loyihasining natijalari va yangi maqsadlari

Tue Dec 15 00:00:00 EST 2015

15 dekabr, 2015 yil, Toshkent sh. BMTning Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) hamda O’zbekiston Respubliksining axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirligining (ATAV) “Davlat xizmatlari sifatini oshirish uchun e-hukumatini rivojlantirish” qo’shma loyihasi Boshqaruv Qo’mitasi a’zolarining birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Loyihaning 2015 yildagi natijalari va kelgusi davr vazifalari bilan tanishish yig’ilishning asosiy maqsadi bo’ldi.

Hamkor vazirlik bilan birgalikda amalga oshirilayotgan loyiha 2014 yilning o’rtasida mamlakatimizda davlat hizmtlarini taq’dim etish sifatini oshirish maqsadida o’z faoliyatini boshlagan. Hususan, ushbu yo’nalishni rivojlantirishda mamlakatda aholi va tadbirkorlarga hizmatlar taq’dim etuvchi sara davlat idoralari, jumladan ichki ishlar vazirligi, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, xalq ta’lim, oliy ta’lim, sog’liqni saqlash vazirliklari, bojxona, soliq qo’mitalari va boshqa idoralarning faol ishtiroki talab etiladi. Yig’ilishda AK texnologiyalarini samarali qo’llash, biznes jarayonlarini qayta muhandislash, e-hizmatlarni tadbiq etish va fuqarolarni e-ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

O’zbekistondagi BMTTDning doimiy vakilining o’rinbosari janob Farid Karaxanovning ta’kidlashicha: “Ma’muriy islohotlarni aholi va tadbirkorlarga davlat hizmatlarini taq’dim etish sifatini oshirish jarayoni bilan birgalikda olib borish loyihasi O’zbekiston uchun muhim”.

Loyihani Boshqaruv Qo’mitasi a’zolari, vazirliklar va idoralar vakillari hamda “Elektron hukumati” tizimini rivojlantirish markazi va Uzinfokom markazi bilan birgalikda loyiha rahbari janob Bunyod Avliyoqulovning loyiha natijalari haqida batafsil ma’ruzasini ting’lash imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Yig’ilish yakunida axborot texnologiyalari va aloqani rivojlantirish vazirining birinchi o’rinbosari janob Alisher Fayzullaev davlat hizmatchilari uchun bilim almashuvi samarasini oshirish hamda shu kabi ishchi guruh a’zolarining yig’ilishlarini muntazam ravishda har oy o’tkazishni taklif qildi. Qo’mita a’zolari loyihaning faoliyat natijalari hamda 2016 yilga belgilangan yangi maqsadlarini tasdiqlashdi.