Tashqi yordamni boshqarish tizimi muhokama qilindi

Thu Nov 19 00:00:00 EST 2015

19 noyabr kuni Toshkentdagi “Wyndham” mehmonxonasida BMTTDning “O‘zbekistonga tashqi yordam ko‘rsatishning samaradorligini oshirish” loyihasi tomonidan seminar tashkil etilib, unda ishtirok etgan milliy va xalqaro mutaxassislar O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tashqi yordamni boshqarish (AIMS) tizimiga asos solishga muvaffaq bo‘lishdi.

Mazkur tadbirda donor tashkilotlar, milliy vazirliklar va xalqaro kompaniyalar, xususan uchta yetakchi kompaniyalardan bo‘lmish “Synergy International Systems”, “Development Gateway” va “Catalpa International” kompaniyalardan 35 nafar vakil qatnashdi.

Tadbir davomida milliy tizimning asosiy tarkibiy qismlari ishlab chiqildi. Mazkur tizim foydalanuvchilarning barcha talablariga javob berishi nazarda tutilgan. Rejaga ko‘ra, AIMS tizimi barcha foydalanuvchilar uchun O‘zbekistondga ko‘rsatilayotgan va ko‘rsatilishi kutilayotgan tashqi yordam to‘g‘risida eng oxirigi, dolzarb va istiqbolli ma’lumotlarni taqdim etishi hamda rivojlanish sohasidagi loyiha va dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda samarali bir vosita bo‘lib xizmat qilishi lozim.

Qizg‘in muhokamalar davomida yuqorida zikir etilgan uchta xalqaro kompaniya vakillari o‘z tajribasini boshqa ishtirokchilar bilan baham ko‘rishdi. Mazkur kompaniyalar BMTTD va Moliya vazirligi tomonidan ularning nufuzi hamda AIMS kabi tizimlarni ishlab chiqishdagi boy tajribasini inobatga olgan holda tanlab olingan.

Seminarda hukum surgan ochiqlik va shaffoflik muhiti barcha ishtirokchilar, jumladan milliy hamkorlar tashqi yordam bo‘yicha ma’lumotlar bazasini ishlab chiqish, ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil etish hamda milliy AIMS tizimining konsepsiyasini ishlab chiqish imkonini yaratdi.

Milliy mutaxassislar mazkur seminarda ishtirok etib orttirgan bilim va tajribalaridan O‘zbekistonning milliy ma’lumotlar bazasi uchun tegishli texnik xarakteristikalarni ishlab chiqishda foydalanadi. Keyinchalikda, barcha tomonlarning ishtirokida 2016 yilning oxiriga kelib, mazkur tizimni yaratish doirasidagi xaridlar jarayonini boshlash mumkin bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonga tashqi yordam ko‘rsatishning samaradorligini oshirish” loyihasining asosiy maqsadi O‘zbekistonga ko‘rsatilayotgan tashqi yordamning samarasini, unumdorligini yanada oshirish hamda butun respublika va alohida sohalar miqyosida turli hukumat idoralarining tashqi yordamni muvofiqlashtirish, boshqarish va maqsadli sarflash sohasidagi salohiyatini yanada kuchaytirishdan iborat.