O`zbekiston sudyalari Estoniyaning sudlar faoliyatiga zamonaviy texnologiyarni joriy etish tajribasini o`rganmoqda

Sun Nov 15 00:00:00 EST 2015

 

2015 yil, 15-20 noyabr kunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xo`jalik sudi, fuqarolik ishlari bo`yicha viloyat va Toshkent shahar tumanlararo sudlari sudyalari, hamda Adliya vazirligi va Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va kommunikatsiya vazirligi vakillari ishtirokida sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishda Estoniyaning tajribasini o`rganishga qaratilgan o`quv safari bo`lib o`tmoqda. O`quv safari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi tomonidan Estoniya Elektron hukumat akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Sud jarayonining shaffofligi va ochiqligini ta`minlash odil sud tizimidagi islohotlarning hamda 2010 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan e'lon qilingan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy konsepsiyasining asosiy tamoyillari hisoblanadi. Keyingi yillarda, hukumat tomonidan sudlarning ochiqligi va samaradorligini mustahkamlovchi bir qator qo'shimcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Shular qatoriga, sudlar faoliyatiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish hamda sudlarga murojaatlarni elektron axborot tizim orqali elektron shaklda yuborish imkoniyatini yaratilganligidir.  

O`zbekistonda 2013 yilda BMTTDning ko'magida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan ishlab chiqilgan va sinab ko`rilgan E-SUD (www.esud.uz)  milliy elektron sudlov axborot tizimi hozirgi kunda kengaytirilmoqda. Mavjud tizim birinchi instansiya zamirida kengaytirildi, hamda appelyatsiya, kassatsiya va nazorat instantsiyasi sudlari uchun qo’shimcha dasturiy ta’minot ishlab chiqish yuzasidan ish olib borilmoqda. Natijada, kelgusida, E-SUD elektron axborot tizimi foydalanuvchilarga fuqarolik sudlarga elektron ravishda murojaat etish, ishga taaluqli hujjatlarni topshirish, ishning ko`rib chiqilish jarayonini kuzatish, hamda fuqarolik ishi bo`yicha qabul qilingan ajrimlar va qarorlar bilan tanishish va chop etish imkonini beradi. Mazkur tizim, fuqarolar hamda jamiyatga taqdim etildigan xizmatlarning samaradorligini oshirish orqali nafaqat fuqarolik ishlarini ko`rib chiqish vaqti, balki ko`rib chiqilayotgan ishlar hajmini kamaytirishga ham yordam beradi.

Shu bilan birga, endilikda, mazkur tizimning muvaffaqiyatli kengaytirilishi hamda barqaror ishlashini ta`minlash maqsadida, sud hokimiyatining turli instantsiyalari o`rasidagi o`zaro axborot va hujjat almashinuvini hamda ularning davlat boshqaruv organlari bilan hamkorligini ta`minlash alohida ahamiyatga ega. Shuning uchun mazkur sohada boshqa mamlakatlarning muvaffaqiyatli tajribasini o`rganib chiqish kerak.  

Mazkur yo'nalishda, Estoniya tajribasi noyob hisoblanadi. Bu erda, 1997 yildan bo`shlab elektron hukumatni joriy etish rejasi ishlab chiqilib, qabul qilingan. Bugungi kunda, Estoniyada joriy etilgan elektron hukumat tizimi, uning samaradorligi hamda fuqarolarga taqdim etiladigan interfaol davlat xizmatlari turlarining hilma-hilligi jihatidan, soliq xisobotini topshirish hamda umumiy saylovlarda ishtirok etish imkonini beruvchi deyarli 3,000ga yaqin davlat xizmatlari jihatidan butun dunyo bo'ylab tanilgan. Ushbu tizimning keng ishlatilishi Estoniya fuqarolari har qanday elektron hujjatni imzolash va davlat organlariga yuborish imkonini beruvchi majburiy identifikatsion kartochkalaridan (ID-karta) keng foydalanishlari ham foydalanishlari tufayli ham sodir bo`ldi.

Ta`kidlash joiz, mazkur texnologiyalar sud tizimida ham samarali joriy etilgan. Estoniyaning tuman sudlarida Internet orqali sudlarga murojaat qilish, sud tomonidan murojaatlarning ko`rib chiqilish jarayonini kuzatish, hamda sudlar tomonidan chiqarilgan hujjatlarni olish imkonini beruvchi "E-Toimik" axborot tizimi joriy etildi. Ushbu axborot tizimi, tizim doirasida sudyalar tomonidan amalga oshirilgan barcha hatti-harakatlarni va qabul qilingan hujjatlarni ro'yxatga o`lish va saqlash imkonini beradi. Bundan tashqari, mazkur tizim har bir sudyaning ish hajmidan kelib chiqqan holda sudyalar o`rasida ishlarni avtomatik tarzda tarqatib, sudyalar tomonidan sud qarorlarini Internetda nashr etish imkonini beradi.

Mazkur o'quv safari, 2002 yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi ko'magida tashkil etilgan, Estoniya e-hukumat akademiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilganligini ta`kidlash lozim. Estoniya E-hukumat akademiyasi e-hukumat uchun texnik yechimlarni ishlab chiqish, ochiq raqamli jamoalar, ilmiy-tadqiqot, maslahat va texnik yo`rdamni ko`rsatish maqsadida tashkil etilgan.

O'quv safari dasturida doirasida, Estoniya e-hukumat akademiyasi, Adliya vazirligi, Oliy sudi, Ro'yxatdan o'tkazish va axborot tizimlari markazi hamda Ma'lumotlarni muhofaza qilish inspektsiyasi bilan uchrashuvlar ko`zda tutilgan. Bundan tashqari, ishtirokchilar Tallinn, Tartu va Jõgeva tuman sudlariga safarlar chogi`da ushbu sudlarda mavjud axborot almashinuv tizimlari bilan tanishish imkoniga ega bo'lishadi.

O`quv safari natijasida, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishi kutilmoqda. Ya'ni, Estoniyada turli sud bosqichlarining davlat organlari bilan o`zaro axborot (ma'lumotlar) almashinuvi mexanizmi o`rganib chiqilib, tahlil qilinadi, hamda sudyalar va Oliy sud vakillari bilan muhokama qilinadi. Natijada, O'zbekistonda qo'llanilishi mumkin bo`lgan  Estoniya tajribasining afzallik tomonlari aniqlanadi. Umuman, o`rganilgan Estoniya tajribasi, O'zbekiston sud-huquq tizimi vakillariga E-SUD milliy axborot elektron sudlov tizimining rivojlanishi va kengaytirilishiga hamda tizimning barcha fuqarolik sudlarda joriy etilishi uchun barcha manfaatdor tomonlarining o`rasidagi hamkorligini mustahkamlashga o`z hissasini qo`shishga imkoniyat yaratadi.

*O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi mamlakatimizda sud-xuquq tizimiga nisbatan umumiy jamoatchilik ishonchi va fuqarolik sudlariga murojaat qilish imkoniyatini oshirishga ko`maklashishga qaratilgan. Loyiha asosan fuqarolar murojaatlariga nisbatan e`tibor salohiyatni, E-SUD tizimining kengaytirilishi, hamda sudlar faoliyatining samaradorligini oshirish kabi yo`nalishlar asosida amalga oshirilmoqda.