Qarshilik o'rniga moslashuv – iqlim o'zgarishiga barqarorlikni oshirishning ishonchli strategiyasi

Thu Nov 12 00:00:00 EST 2015

Iqlim o'zgarishiga barqarorlikni oshirish - jahon ekologlarining dolzarb va eng muhokama qilayotgan mavzusidir. Mazkur global muammoni hal qilish uchun innovatsion yo'nalishlarni taklif qilishga qodir bo'lgan soha tarmoqlari mutaxassislari, hamda olimlar yechimlarni izlash uchun jalb qilinmoqda. Iqlimning salbiy o'zgarishlari, shubhasiz, Markaziy Osiyo mintaqasidagi rivojlanayotgan davlatlar, ayniqsa O'zbekiston uchun ham jiddiy xavf solmoqda. Uning hududiga kiruvchi Orolbo'yi mintaqasida Orol dengizining tanazzulga uchrashi natijasidagi keskin iqlim o'zgarishi oqibatlari yaqqol namoyon bo'ldi.

O'zbekistondagi faoliyatini barcha yillarida BMT Taraqqiyot Dasturi atrof-muhitni saqlash, iqlim o'zgarishiga moslashuvga yo'naltirilgan tashabbuslarni qo'llab-quvvatlab kelmoqda, bu bilan respublikani ijtimoiy farovon va barqaror rivojiga sezilarli hissa qo'shmoqda. 2014 yilda O'zbekistondagi BMTTD va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazining, BMTning Iqlim o'zgarishi haqidagi Doiraviy Konvensiyasining Adaptatsiya (Moslashish) jamg'armasi tomonidan moliyalashtirilgan “O'zbekistonning qurg'oqchil rayonlarida joylashgan fermer va dehqon xo'jaliklarining iqlimiy barqarorligini ta'minlash” qo'shma loyihasi Qoraqalpog'iston Respublikasining iqlim o'zgarishlariga o'ta sezuvchan bo'lgan shimoliy hududlarida ishga tushirildi. Mazkur loyiha amalga oshiriladigan olti yil mobaynida markaziy, viloyat va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, unchalik yaxshi himoyalanmagan jamiyatlar, fermer va dehqon xo'jaliklariga ushbu mintaqadagi qurg'oqchilikning salbiy asoratlarini bartaraf qilish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishga hamda ularning salbiy iqlim o'zgarishlariga bo'lgan barqarorligini oshirishga ko'mak beriladi.

Loyiha doirasida 10 va 12 noyabr kunlari Nukus va Kegayli shaharlarida “Qoraqalpog'iston Respublikasining shimoliy hududlarida iqlim o'zgarishiga barqarorlikni oshirish yo'llari” mavzusida ko'rgazmali seminarlar bo'lib o'tdi. Ma'ruzalar va taqdimotlarda mazkur yo'nalishdagi faoliyatning dastlabki yili natijalari taqdim etildi, iqlim o'zgarishiga moslashuv bo'yicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, loyihalashtirish va amalga oshirish maqsadi bo'lgan gidrometeorologik va iqlim monitoringini takomillashtirish zarurligi tushuntirib berildi. Shimoliy hududlarda issiqxona xo'jaliklarini rivojlanish istiqbollari, qurg'oqchilikni oldindan ogohlantirish tizimlarini, yerlarni lazer yordamida chizmasini tuzish, suvni tejovchi texnologiyalar va ko'plab boshqalarni joriy qilishga alohida e'tibor qaratildi.

Muhokamalarda Hukumat tomonidan tuzilgan va O'zbekiston hamda Qoraqalpog'iston vazirliklari, idoralari vakillari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi rahbarlari, hamda ilmiy doiralar, NNT va OAV vakillaridan iborat bo'lgan Idoralararo ishchi guruhi a'zolari qatnashdi. Qoraqalpog'iston shimoliy hududlarining qishloq fuqarolari yig'inlari, fermer va dehqon xo'jaliklari rahbarlari tomonidan seminarda ko'tarilgan mavzularga katta qiziqish bildirildi.

Seminar yakunida Nukus shahrida fermer va dehqonlarga iqlim o'zgarishiga moslashuv masalalari bo'yicha ko'mak berish Markazlari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi organ va Kegayli tumanida xuddi shunday Markaz ochilish marosimlari bo'lib o'tdi. Mazkur Markazlarni texnik ta'minotini yaxshilash maqsadida ularga tegishli ofis jihozlari topshirildi.