AKTlarning sudlarda joriy etilishini advokatlar bilan muhokama qilish

Wed Oct 21 00:00:00 EDT 2015

2015 yil, 20-21 oktyabr kunlari, “Poytaxt” Biznes markazida, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi 30 nafardan ortiq advokatlar ishtirokida AKTlar joriy etilishi hamda sudlov tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalariga bag`ishlangan seminar bo`lib o`tdi. Seminar O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi advokatlar palatasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. 

Sud-huquq tizimining faoliyatining samaradorligini oshirishda, jumladan, sudlov tizimining oshkoraligi va ochiqligini ta`minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishga barcha manfaatdor tomonolarni jalb qilish alohida ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, yangi texnologiyalar bilan ishlaydigan sudya va sud hodimlaridan tashqari, sud-huquq tizimining asosiy foydalanuvchilari, ya`ni fuqarolar va advokatlarni ham jalb etish katta ahamiyatga ega. 

Mazkur seminar davomida advokatlar sudlov tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etishning o`rni va ahamiyati bilan, xususan “E-SUD” milliy elektron sudlov axborot tizimi bilan, uning maqsad va vazifalari, imkoniyatlari, afzallik va qulayliklari, tuzilishi va ishlashi hamda rivojlantirish istiqbollari bilan yaqindan tanishdilar. Seminar davomida ishtirokchilar tizimda ishlash, jumladan, tizimga kirish va ro`yxatdan o`tish, foydalanuvchi kabinetida arizani shakllantirish va yuborish, arizaning holatini kuzatib bo`rish, arizaga ma`lumot va hujjatlarni ilova qilish kabi jarayonlarni, ya`ni tashqi foydalanuvchi uchun tizim bilan ishlashda kerak bo`ladigan eng asosiy harakatlar va jarayonlarni amalga oshirishni o`rgandilar.

Bundan tashqari, ishtirokchilar sud majlisini audio-video qayd etish tizimi hamda Internetda sud qarorlarini nashr etish kabi dolzarb masalalarni muhokama qildilar. Bunday yangi texnologiyalar sud jarayonining oshkoraligi va ochiqligini ta’minlashga imkon yaratib, sud majlisini to`liq qayd etish imkoniyatini beradi, hamda tomonlarning hatti-harakatlarini tartibga solish hamda nizolar yuzaga kelganda sud majlisining audio-video bayonnomasiga murojaat qilish imkoniyati tufayli, advokatlarning barchasi ushbu tizimning joriy etilishini qo`llab-quvvatlashishini bildirdilar. Bundan tashqari, sud qarorlarini Internetda nashir eitshda, nafaqat ularning sud jarayonining ochiqligi va shaffofligini ta`minlashini, balki maxfiylikni saqlash masalasiga ham urg`u berdilar. 

Mazkur seminar natijasida, ishtirokchilar sud majlisini audio-video qayd etish tizimi hamda Internetda sud qarorlarini nashr etishni joriy etish bo`yicha o`z takliflarini bildirdilar. Mazkur takliflar kelgusida quyidagi masalalar bo`yicha to`liq tushunchani hosil qilishga, va natijada sudlov tizimini takomillashtirishga ko`maklashadi.

* «E-SUD» (www.esud.uz) elektron axborot tizimi foydalanuvchilarga o`z profil asosida fuqarolik sudlarga elektron ravishda murojaat etish, ishga taaluqli hujjatlarni topshirish, ishning ko`rib chiqilish jarayonini kuzatish, hamda fuqarolik ishi bo`yicha qabul qilingan ajrimlar va qarorlar bilan tanishish va chop etish imkonini beradi. Mazkur tizim, fuqarolar hamda jamiyatga taqdim etildigan xizmatlarning samaradorligini oshirish orqali nafaqat fuqarolik ishlarini ko`rib chiqish vaqti, balki ko`rib chiqilayotgan ishlar hajmini kamaytirishga ham yordam beradi.