Havfsiz hayot uchun bilimlarni oshiramiz

Tue Oct 13 00:00:00 EDT 2015

13 oktabr - Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuniga bag`ishlangan sana. Ko`plab mamlakatlarda shu kuni ofatlar va ularning oqibatlari xavfini kamaytirishning ahami tini ta'kidlashga intilish kabi umumiy g`oyaga birlashgan holda ommaviy tadbirlar o`tkaziladi.

Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kuni munosabati bilan yo`llagan o`zining murojaatida BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun ta'kidlagandi: «An'anaviy bilimlar va mahalliy aholining xabardorligi tabiat bilan uyg`unlashgan holda  yashashga va o`z hayotini global ilish va dengiz sathini ko`tarilishi tufayli yuzaga keladigan noqulay tabiiy ko`rinishlar va vaziyatlarga moslashtirishga intilayotgan ko`plab mamlakatlar uchun ajralmas axborot asosini ifoda  etadi».

O`zbekiston Markaziy Osiyodagi  eng seysmik faol mintaqalardan biri hisoblanadi, bu yerda kuchi 8dan 10 ballgacha bo`lgan zilzilalar yuz berib turadi. 2007 yilda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish va tiklash bo`yicha Global jamg`arma ro`yxati bo`yicha respublikaga tabiiy ofatlar xatari eng yuqori bo`lgan mamlakatlar orasida 24- o`rin berilgan. E'tirof etilganidek, O`zbekiston yalpi maydonining 9,3 foizi texnogen, hamda tabiiy ofatlar yuz berib turadigan hudud hisoblanadi. Qayd etish joizki, mazkur hududda mamlakat aholisining 65,6 foizi istiqomat qiladi.

Bu munosabat bilan, O`zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturi aholini favqulodda vaziyatlardan himoya qilish masalalarini hal qilishda va tabiiy ofatlar xatarlarini kamaytirishda O`zbekiston hukumatiga ko`mak bermoqda. Bir necha kun mobaynida Favqulodda vaziyatlar vazirligi O`zbekistondagi BMTTD va boshqa agentliklar bilan birgalikda, Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kunini nishonlash munosabati bilan mamlakatning turli hududlarida xabardorlikni oshirish bơyicha tadbirlar o`tkazdi.

19 oktabr kuni YuNESKO tashabbusi bilan Chirchiq shahridagi 13-son maktabda bo`lib o`tgan seminarda o`qituvchilar, o`quvchilar, O`zbekiston Xalq ta'limi vazirligi, mahalliy ma'muriyat vakillari va Toshkent shahar Favqulodda Vaziyatlar bo`yicha boshqarma xodimlari zilzila paytida o`zini tutish qoidalari bo`yicha bilimlarga ega bo`lishdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining fuqarolik himoyasi Institutida yaratilgan Zilzilani qanday yuz berishini namoyon qiladigan uskunalar majmuasiga tashkil etilgan ekskursiya, o`z navbatda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining O`zbekistondagi barcha agentliklari vakillariga yuz berishi mumkin bo`lgan tabiiy falokatlarga, shu jumladan, zilzilaga tayorgarlik darajasini ko`tarishga va olgan bilimlarni aholi orasida tarqatishga yordam berdi.

Favqulodda holatlar vaqtida aholini tegishli choralarga tayorgarligi Oxangaron shahrida 900dan ziyod mahalliy maktablar rahbariyati, mahalla oqsoqollari, o`quvchilar, soha mutaxassislari va Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari ishtirokida bo`lib o`tgan boshqa amaliy seminar diqqat markazida bo`ldi. Ushbu tadbir maqsadi - yer siljishi, sel va ko`chkilar kabi tabiiy ofatlargacha, ular vaqtida va ulardan so`ng odam o`zini qanday tutishi tartib-koidalari haqida bilimlarni oshirish bo`ldi. Mazkur tadbir Gumanitar yordam va Fuqarolik himoyasi bo`yicha Yevropa Komissiyasi Departamenti tomonidan moliyalashtirilayotgan DIPEKO VIII loyihasi doirasida o`tkazildi. Loyiha O`zbekiston Respublikasi aholisini himoya qilishning kuzatuv tizimlarini yaratish va Qamchiq dovonidagi xatarli holatlarni monitoring qilish orqali yer siljishi, sel va ko`chkilardan muhofaza qilishga va aholini yuqorida tilga olingan tabiiy ofatlar vaqtidagi amaliy harakatlarga tayorlashga  yo`naltirilgan.

Hayotiy zarur masalalar bo`yicha aholi bilimini oshirish ham BMTTDning Favqulodda Vaziyatlar Vazirligi bilan tig`iz hamkorlikda amalga oshirayotgan choralarning muhim yo`nalishlari hisoblanadi. Shu munosabat bilan 2015 yilning 13- oktabrdan boshlab 31- oktabr kuniga qadar Toshkent metropoliteni bekatlarida hujjatli va multiplikatsion filmlar namoyishi hamda ushbu yo`nalishda hamkorlik doirasida ishlab chiqilgan maxsus mobil ilovaning taqdimoti o`tkazildi. Xalqaro ofatlar xavfini kamaytirish kunini nishonlashga bag`ishlangan bunday tadbirlar O`zbekistonda tabiiy ofatlarga qarshi xavfsiz va barqaror jamiyatni yaratishga ko`mak berishga yo`naltirilgan.