Velosipedda «yo‘nalishni aniqlash» yoki ilhom izlash yo‘lida bir necha foydali maslahat

Sun Oct 11 00:00:00 EDT 2015

Dam olish kuni - 11 oktyabrda Toshkentda dunyoning ko‘plab mamlakatlarida nishonlanadigan Xalqaro avmobillarsiz kunga bag‘ishlangan Velo Kvest 2015 o‘yini bo‘lib o‘tdi. Velo Kvest O‘zR FA O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi institutining Botanika bog‘i hududida bo‘lib o‘tdi. O‘yinda har biri 4 kishidan iborat 8 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoaga sakkiztadan topshiriq berildi. Topshiriqlar barcha jamoalar uchun bir xil bo‘lib, farqi shunda ediki, har bir jamoa uchun topshiriq turlicha izchillikda boshlanadi. Velo Kvest – bu poyga emas. Muhimi velosipedlarda tezkor harakatlanishda emas, balki topshiriqlarni tezda va to‘g‘ri hal qilish, jamoa a’zolari o‘rtasida vazifalarni to‘g‘ri taqsimlash bilan bog‘liq edi.

O‘yin davomida agentlar tomonidan berilgan topshiriqlar va topishmoqlarni to‘g‘ri hal qilish ko‘zda tutilgan. Topshiriqlar qanchalik tez va jarimasiz bajarilsa, jamoa marraga shunchalik tez yetib boradi. Har bir topshiriqni muvaffaqiyatli hal qilib borish esa oldinga, navbatdagi topishiriqni hal qilishga yo‘l ochadi. Barcha g‘oliblar va ishtirokchilar uchun qimmatbaho sovrinlar va sovg‘alar hozirlangan.

Ishtirokchilar o‘rtasida turli yoshdagi va xilma xil kasb egalari bor edi, ular orasida rassomlar, OAV xodimlari, IT sohasi mutaxassislari, kompaniyalar menejerlari va boshqa soha vakillari bor edi. Yaqinda velosiped haydashni o‘rganganlar bilan birga tajribali haydovchilar borligi bizni quvontirdi. Odamlarni velosipedda uchishga taklif qilish — bu yaxshi, ayniqsa, velosiped haydashni endi o‘rganganlar uchun maroqli, ammo tajribali velosipedchi yoki doimo band, vaqti cheklangan shaharlik uchun biroz oddiy va unchalik jozibali bo‘lmagan taklif. Bunday odamda qiziqish uyg‘otish uchun alohida qiziqarli mashg‘ulotni o‘ylab topish kerak edi. BMTTD qoshidagi GEF ning O‘zbekistondagi KGD tashabbuskor guruhi O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasiga ko‘mak so‘rab murojat qildi, zero ularning orasida velosiped harakati va tabiatda faol dam olish tarafdorlari ko‘pdir. Bir necha uchrashuvlar va fikr almashuvlardan so‘ng ushbu bayramni o‘ziga xos tarzda nishonlash va shaharning eng chiroyli go‘shalaridan birida qiziqarli o‘yinni o‘tkazishga qaror qilindi. Bu Toshkent Botanika bog‘i bo‘lib, u shaharning asosiy tabiiy va rekreatsion ob’ektlaridan biri hisoblanadi.

O‘yinda ishtirok etuvchi jamoalar sakkizta bo‘lib, buyurtmalar qabul qilish muddati tugashidan sakkiz kun avval ishtirokchilar tarkibi shakllanib bo‘lgan edi. Istovchilar bundan ko‘p bo‘lsa-da, tashkilotchilar faqat sakkizta jamoa bilan chegaralanishga majbur bo‘ldi.

Har bir jamoa o‘z nomiga ega edi, va ular orasida kutilmagan nomlar ham bor. Quyida o‘yinda ishtirok etgan jamoalar nomlari va tarkibi keltirilgan:

1. «ANGELI CHARLI» jamoasi, tarkibida bitta erkak va uch nafar qiz bor.

2. «SEPNIE PSI» jamoasi — to‘rtta yigit.

3. «AGAROFOBNIE LIZTOMANI» - uch yigit va bir qiz, ular doimoy musiqa tinglaydi va ochiq maydonda o‘zlarini noqulay his qiladi. Jamoaning nomida shunga ishora bor.

4. «SPARTA» jamoa — to‘rta nafar spartaliklar.

5. «ECOCYCLISTS» jamoasi — to‘rtta yigit, atrof-muhit himoyachilari.

6. «WIA» jamoa — ikki yigit va ikki qiz, o‘yinga qiziquvchi. Velokvestning tajribali ishtirokchilari (WIA – bu jamoa ishtirokchilar ismlarining birinchi harflari).

7. «MADE IN RIO» jamoasi — Braziliyadagi karnavaldan qaytgan to‘rtta yigit (RIO – jamoa ishtirokchilar ismlarining birinchi harflari).

8. «STREMLENIYE» jamoasi — buyurtma berishga kechikkan, va kutish varaqasiga birinchi bo‘lib yozilgan jamoa. O‘yinga taklif qilingan bitta jamoa o‘yinda qatnasha olmagach, orzusi amalga oshgan ikki yigit va ikkita qiz.

 

Xullas, yakshanba kunining salqin tongida, yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli borligiga qarmay, jamoalar Botanika bog‘ining darvozasi oldida to‘plana boshladi. Velosiped olamida tez-tez uchrab turganidek, hamma yig‘ilib, birgalikda start joyiga jo‘nash kerak bo‘lgan paytda ishtirokchilardan birining velosipedi g‘ildiragi teshildi. Kamera o‘yinga kelish paytida teshilgan bo‘lsa kerak, chunki barcha ishtirokchilar turnirga shaharning turli burchagidan o‘z velosipedida kelgan edi. Kamerasi yorilgan jamoa a’zolari hamjihat bo‘lib, avtopoygada bo‘lgani kabi, tezlik bilan ishtirokchilardan biri velosipedining g‘ildiragini ehtiyot g‘ildirakka almashtira boshladi, va shu zahoti shikastlangan g‘ildirakni yamab qo‘yishdi (ehtiyot shart). Ta’mirlash ishlari tugashini kutib turgan barcha jamoalar tashkilotchilar bilan birga start maydonchasiga yo‘l oldi.

Tashkilotchilar ertalabdanoq o‘yin agentlariga (yashirin yordamchilari) yo‘l-yo‘riqlar bergan edi va ular ishtirokchilarni belgilangan start joyida kutib olishdi. Dastavval barcha ishtirokchilar biroz qovushmay turishdi. Yashirin va unchalik tushunarli bo‘lmagan topshiriqli musobaqa hammani xavotirga solayotgan edi. Ammo jamoalarning qiziqishi oshgani sayin bunday xavotirlarga o‘rin qolmadi. Topshiriqlarni olgach, har bir jamoa o‘z marshrutida harakatlana boshladi. Soat 11:00 gacha hamma tarqaldi va o‘yin boshlandi.

O‘yin ishtirokchilarining ob-havo borasida omadi keldi. Havo bulut bo‘lib tursa-da, vaqti vaqti bilan quyosh charaqlab, yoqimli shamol ishtirokchilarga hamroh bo‘ldi.

Tashkilotchilarning fikricha, o‘yin 4-5 soat davom etishi kerak edi. Umumiy hisobda, o‘yin yaxshi suratda o‘tdi. Avariya holatlari ro‘y bermadi, faqat bitta ishtirokchining velosipedida ikki g‘ildiragi ham yorilib ketdi. Yaxshiki, bog‘da velosipedni ijaraga olish imkoniyati bor. Bu juda ajoyib imkoniyat! Buning uchun Toshkent botanika bog‘i ma’muriyatiga alohida minnatdorlik bildirmoqchimiz.

Soat ikkiga kelib, bir necha jamoa oxirgi topshiriqqa yaqinlashdi va qiziqish avjiga chiqdi. Birinchi bo‘lib, soat 13:54 da «Agarofobnыe liztomanlar» jamoasi marraga chiqdi, «WIA» jamoasi soat 13:56 da ikkinchi bo‘lib yetib keldi va hokazo… Ammo marraga birinchi bo‘lib kelish hali birinchi o‘rin egallanganini anglatmaydi. Jarima ochkolari va bonuslar bunda hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ekotsiklistlar jamoasi o‘yinni oxirgi bo‘lib yakunlach, tashkilotchilar hisob-kitobga kirishdi va g‘oliblar jamoasini aniqlashdi. Natija quyidagicha bo‘ldi:

Birinchi o‘rinni jarima ochkolarsiz «WIA» jamoasi egalladi.

Ikkinchi o‘rinni – jarima ochkolarsiz «SPARTA» jamoasi egalladi.

Uchinchi o‘rinda – «AGAROFOBNIE LIZTOMANI»

To‘rtinchi o‘rinda – «SEPNIE PSI»

Beshinchi o‘rinda – «STREMLENIYE»

Oltinchi o‘rinda – «MADE IN RIO»

Yettinchi o‘rinda – «ANGELI CHARLI»

Sakkizinchi o‘rinda – «ECOCYCLISTS»

Har bir inson u yoki bu harakat yoki tadbirdan, bu sayohat bo‘ladimi, biron narsani xarid qilish bo‘ladimi, yaxshi taassurot olishni istaydi. Ayni paytda inson boshqalarda yaxshi taassurot qoldirishni ham istaydi. Velo o‘yinda g‘alaba qozonish yoki ishtirok etishning o‘ziyoq insonning ruhini ko‘taradi, yaxshi taassurot qoldiradi.

Shu tarzda, yaxshi taassurot olish, ilhom manbasiga ega bo‘lish uchun esa ko‘p narsa kerak emas, bor-yo‘g‘i quyidagilar zarur:

G‘OYA

Taassurotlar

Sog‘lom (yoki sportga kizikuvchi) raqobat

Yaxshi kayfiyat

Ish natijalari

bularning barchasi bizning o‘yinimizda bor edi. O‘yin kutilgan samara berdi!

Barcha jamoalarni faol ishtiroki bilan tabriklaymiz!

O‘zR FA O‘simlik va hayvonot dunyosi genofondi instituti / Botanika bog‘i ma’muriyatiga velo o‘yinni o‘tkazish imkoniyati v tashkiliy masalalarda ko‘rsatgan yordami uchun katta minnatdorlik bildiramiz.

O‘yinni tayyorlash, tashkil qilish va o‘tkazishda ishtirok etgan barcha insonlarga alohida minnatdorlik bildiramiz.

O‘yin davomida ko‘rsatgan yordami, sabr-toqati va matonati uchun bizning agentlarimizga katta rahmat!

Ob-havo bulut bo‘lganiga qaramay, ishtirokchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan barcha insonlarga minnatdorlik bildiramiz.

Dunyo Boylab telekanali direksiyasi va suratga olish guruhiga tadbirni yoritgani va velosiped sportini ommalashtirishga hissa qo‘shayotgani uchun minnatdorlik bildiramiz. Ushbu tadbir haqidagi syujetni qiziqish bian kutib qolamiz.

Tashabbuskor guruh o‘z hamkorlari:

O‘zbekiston ekstremal va tog‘ turizmi federatsiyasiga

O‘zbekiston Ekoforum NNT Kengashiga

Toshkent viloyati hokimligiga

Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasiga

shuningdek, loyiha homiysi - FITNESS CENTRE O-ZONE/BUSINESS CENTRE DARHAN ga

yordami va ishonchi uchun minnatdorlik bildiradi.

Sizga eng ezgu tilaklarimizni va barcha ishlaringizga muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Barchani qiziqarli o‘yin, sog‘lom raqobat ruhi va hayotidagi ijobiy natijalar bilan qutlaymiz!

Yaxshi kayfiyat va yangi g‘oyalar bilan qayta ko‘rish umidini bildiramiz.