Yer resurslarini boshqarishda uyg’unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo’nalishlari

Wed Aug 19 00:00:00 EDT 2015

 

19 va 20 avgust kunlari Zomin tumani hokimligi “Yer resurslarini boshqarishda uyg‘unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo‘nalishlari” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv BMTTD, GEF hamda O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning tog‘li, yarim cho‘l va cho‘l landshaftlaridagi sug‘orilmaydigan qurg‘oqchil yerlarni raqobatli ekspluatatsiya qilinishi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish bosimini kamaytirish” qo‘shma loyihasi tomonidan tashkillashtirilgan.  

Anjuman ishtirokchilari orasida qishloq faollari, dehqon xo‘jaliklari vakillari, chorvadorlar, Zomin tumani qishloq xo‘jaligi kolleji o‘qituvchilari, mahalliy hokimiyat hamda Fermerlar kengashi vakillari va boshqalar.

Taqdimotlar jarayonida mutaxassislar bir qator masalalarni muhokama qilishdi, xususan: resurslarni tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda lalmi yer xo‘jaliklari faoliyatining samaradorligini oshirish; taqdimot jarayonida lalmi yer xo‘jaliklari muammolarini o‘rganish maqsadida ishtirokchilar orasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkaziladi; loyihaga qarashli hududdagi yaylovlarning holati hamda yaylovlarning tanazzulga uchrashini oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi; hamda yaylov yerlaridan foydalanish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish va boshqa mavzular seminar doirasida yoritilishi kutilmoqda.

Ushbu uchrashuv o‘tkazilishidan asosiy maqsad aholining mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida olib borilayotgan chora-tadbirlaridan xabardorligini oshirish, hamda yer resurslarini boshqarishda uyg‘unlashgan rejalashtirishning tarkibiy yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tish.