Sudlar oshkoraligi va ochiqligini takomillashtirish

Tue Aug 18 00:00:00 EDT 2015

 

2015 yil 18 avgust kuni "E-SUD" elektron sudlov axborot tizimi joriy etilgan sudlarga OAV vakillari ihstirokida press-tur tashkil etildi. Ushbu tizim fuqarolarning sudlarga elektron tarzda murojat eta olishini, ish yuzasidan o'z vaqtida ma'lumotlar olishini, hamda sudlardan sud qarori va boshqa hujjatlarni tez va ochiq tarzda olishini ta'minlaydi. Press-tur O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi doirasida tashkil etildi.

Sud-huquq tizimidagi islohotlar va sudlarining oshkoraligi va ochiqligini ta'minlash 2010 yil O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimov tomonidan e'lon qilingan Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va respublikada fuqarolik jamiyatini rivojlantirish milliy konsepsiyasining asosiy tamoyillaridan biri  hisoblanadi. Amalga oshirilayotgan islohotlarni mustahkamlash maqsadida qo'shimcha normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi, shu jumladan, sudlar faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan 2012 yil 2 avgustdagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sud tizimi hodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash borasidagi chora-tadbirlar to'grisidagi" Farmoni, 2012 yil 10 dekabrdagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini sudlar faoliyatiga tadbiq etish borasidagi chora-tadbirlar to'grisidagi" Qarori, hamda O'zbekiston Respublikasining 2014 yilda qabul qilingan "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'grisidagi" Qonuni.

Bundan tashqari, mazkur qonunchilik zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini keng ravishda sudlar faoliyatiga tadbiq etish va ulardan foydalanish maqsadida mazkur yilning 9 iyun oyida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish, shuningdek ularni o'z kuchini yo'qotgan deb topish to'grisidagi" Qonunini ham o'z ichiga oladi, va unga ko'ra murojaatlar va ularga biriktirilgan hujjatlar sudga elektron tarzda axborot tizimi orqali yo'naltirilishi mumkin.

Sudlarning unumli ish olib borishini ta'minlovchi yangi uslublarni amalga tadbiq etish, jumladan sudlar faoliyatining oshkoraligini hamda sudlar to'grisidagi ma'lumotlarning ochiqligini yanada ta'minlashga qaratilgan axborot va kommunikatsia texnologiyalarni amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi. Elektron sudlov tizimini amalga tadbiq etilishi fuqarolar va jamiyat uchun ko'rsatiladigan xizmatlarning samaradorligini oshirilishi orqali sud ishini ko'rib chiqish uchun talab qilinadigan vaqtni hamda ko'rib chiqiladigan ishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hozirgi vaqtda, BMTTD ko'magida O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan "E-SUD" elektron sudlov axborot tizimini amalda tadbiq etish bo'yicha ijobiy tajriba mavjud."Mazkur tizim fuqarolik ishlari bo'yicha Zangiota tumanlararo sudida tajribadan o'tqazildi", - deydi "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi milliy koordinatori Xolmumin Yodgorov. 2014 yilda fuqarolik ishlari bo'yicha Zangiota tumanlararo sudiga qarzdorlikni undirish yuzasidan elektron tarzda kelib tushgan 23 mingta arizadan umumiy qiymati 772 941.4 ming so'mga yaqin 20 mingdan ziyod arizalar ko'rib chiqildi. Tizimning ikki yillik faoliyati mobaynida Zangiota tumanlararo sudiga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan "E-SUD" elektron sudlov tizimi orqali 40 mingdan ziyod elektron tarzdagi arizalar kelib tushdi.

Hozirgi paytda, "E-SUD" elektron sudlov axborot tizimi "Oz'bekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi doirasida kengaytirilmoqda. Loyiha ekspertlari mavjud tizimni birinchi instansiya ko'lamini kengaytirdilar, shu jumladan, da'vo, shikoyat asosida va maxsus ish yuritish bo'yicha qo'shimcha funksiyalar ishlab chiqtilar, hamda statistik hisobotlarni shakllantirish imkoniyatini yaratdilar. Hozirgi vaqtda, fuqarolik ishlari bo'yicha Toshkent shahrining uchta tumanlararo sudlari, ya'ni Shayxontoxur, Mirzo-Ulug'bek va Yakkasaroy tumanlararo sudlari mazkur tizimni amalga oshirish uchun tayyorgarlik ko'rdilar, mahalliy tarmog'lar o'tqazildi va kerakli uskunalar bilan jihozlandi.

Loyiha tomonidan apellyatsiya sudlarida fuqarolik ishlarini ko'rib chiqish bo'yicha modul yaratish uchun ishlab chiqilgan texnik topshiriq O'zbekiston Respeblikasi Axborot texnologiyalari va Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ekspertlar ko'rigidan o'tdi va ishlab chiqishga tavsiya etildi. Tez vaqtda kassatsiya va nazorat instansiya sudlari uchun qo'shimcha dasturiy ta'minot ishlab chiqish ham rejalashtirilmoqda.

Press-tur doirasida O'zbekistondagi OAV 30 dan ziyod vakillari O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudiga tashrif buyurdilar, hamda Zangiota va Mirzo-Ulug'bek tumanlararo sudlarida tizim faoliyati bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Bundan tashqari, press-tur doirasida sud-huquq tizimi islohotini OAVda yoritishning, shu jumladan elektron sudlov tizimini amalga oshirishning muhim jihatlariga bag'ishlangan master klass o'tqazildi.    

 Shuni ta'kidlash joizki, "E-SUD" elektron sudlov axborot tizimi milliy tizim hisoblanib, u milliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilmoqda: u MDH miqyosida uzining analoglariga ega emas. Bu esa, o'z navbatida O'zbekistonda AKT tizimi yuksak salohiyatga va istiqbolga ega ekanligidan dalildir.