Fototanlov: “Biz 24 yoshmiz. Biz nimaga erishdirk?”

Mon Aug 10 00:00:00 EDT 2015

 

BMTTDning O‘zbekistondago vakolatxonasi Mustaqillik bayrami munosabati bilan Facebook ijtimoiy tarmog‘ida fototanlov e’lon qildi.

Ushbu tanlovda eshtirok etish uchun “Biz 24 yoshmiz. Biz nimaga erishdirk?” mavzudagi suratni ta’rif bilan Facebook orqali yuboring. Fikringizcha mustaqillik yillarida qo‘lga qiritilgan eng muhim natija qaysi va u nimasi bilan siz uchun ahamiyatli ekanligini aytib bering.

O‘z ishlaringizni 31 avgust kuniga qadar  Facebook orqali yuboring. Suratlaringiz ta’rif bilan “UNDP Uzbekistan” sahifamizda nashr etiladi.

Eng ko‘p “like” olgan 3 ta surat mualliflari alohida sovrin bilan mukofotlanadi.  Shuningdek, 10 nafar mualliflarni umumiy sovg‘alar kutmoqda.