Xo`jalik sudlari faoliyatining oshkoraligini va samaradorligini oshirish

Fri Sep 25 00:00:00 EDT 2015

 

Mustaqillik yillarida O'zbekistonda iqtisodiy erkinlashtirish amalga oshirildi, bozor mexanizmlari joriy etildi, byurokratik to'siqlarni kamaytirish orqali biznesni jadal rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratilmoqda.  Shu bilan birga, bozor iqtisodiyotining jadal rivojlanishi bilan birga iqtisodiy nizolar sonining ortishi ham yuzaga keladi, bu esa sud-huquq tizmining oshkoraligini va samaradorligini talab qiladi.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudi, AQSh Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturining "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo'lida hamkorlik" qo'shma loyihasi O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi bilan faol hamkorlik qiladi. Xo`jalik sud-huquq tizimining samaradorligini oshirish maqsadida, Loyiha, jumladan, joriy protsessual qonunchilikni takomillashtirish, Oliy xo`jalik sudining rasmiy vebsaytida sud qarorlarini joylashtirish bo'yicha hamda sud majlisini audio-video qayd etish tizimini joriy etish kabi yo`nalishlarda ish olib bormoqda.

Shunday qilib, 2015 yil, 21-25 sentyabr kunlari, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo`jalik sudida, sudyalar, sud kotiblari va boshqa sud hodimlaridan tashkil topgan 60 kishilik guruh xo`jalik sudlarida audio-video qayd qilish tizimi boyicha o`quv dasturini tamomlashdi. Audio-video qayd etish tizimi kelgusida mavjud yo`zma sud majlisi bayonnomasining o`rnini egallab, xo`jalik sudlarining oshkoraligini ta’minlashi kutilmoqda.

Mazkur tizim aytib o`tilgan qo'shma loyiha doirasida Oliy xo`jalik sudi, Toshkent viloyat xo`jalik sudi va Toshkent shahar xo`jalik sudlarida pilot shaklida tajribadan o`tqaziladi. 

Mazkur tizimning afzalligi shuki, tizim sud majlisini to`liq qayd etish imkonini berib, tomonlarning hatti-harakatlarini tartibga solish hamda nizolar yuzaga kelganda sud majlisining audio-video bayonnomasiga murojaat qilish imkoniyatini beradi.

Ta’kidlab otish kerakki, audio-video qayd etish tizimi sud jarayoniga taaluqli bo’lmagan aloqalarni kaymaytirish orqali sud-huquq tizimining korruptsiyaga qarshi choralaridan biri sifatida xizmat qilishi mumkin. Umuman olganda, audio-video qayd etish tizmini joriy etish xo`jalik sudlov jarayonini soddalashtirish, optimallashtirish hamda ish yuritishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Ushbu tizimning joriy etilishi suq-huquq tizimini zamonaviylashtirishga hamda qonun ustuvorligini mustahkamlash imkonini beradi.

Shu bilan birga, audio-video qayd etish tizimidan samarali foydalanish uchun, mazkur tizimning joriy etilishini qonuniy mustahkamlab qoyadigan qonunchilik bazasini yaratish alohida ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan, Loyiha mutaxassislari tomonidan Xo`jalik protsessual kodeksiga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha takliflar ishlab chiqish ko'zda tutilmoqda. Shu bilan birga, Loyiha har tomonlama mukammal hujjatni ishlab chiqish zarurligini e'tirof etadi va mazkur jarayonda ishtirok etish uchun barcha huquqshunoslar va advokatlarni taklif etadi.

Ta`kidlash joiz, xo`jalik nizolarining samarali va adolatli hal echilishini ta’minlovchi sud-huquq tizimi, mamalakatimizda ijobiy investitsion muhitning shakllanishiga hamda tadbirkorlar huquqlarining himoya qilinishiga xizmat qiladi. Bu esa, Jahon bankining “Doing Business” global reytingida shuningdek, boshqa xalqaro reytinglarda O'zbekistonning o'rnini yaxshilash uchun zamin yaratadi.