AKT haftaligi: asosiy voqealar

Tue Sep 22 00:00:00 EDT 2015



2015-yilning 14 sentyabridan 18-sentyabrigacha Toshkent shahrida har yili davlat organlari, xorijlik mehmonlar, xususiy sector va xalqaro tashkilotlar ishtirok etadigan AKT haftaligi bo’lib o’tdi. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda BMTDning Davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish orqali elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi “ICTWEEK Uzbekistan” qatnashishdi.

AKT haftaligi  zamonaviy texnologiya va innovatsiyada erishilgan yutuqlarni namoyish etish hamda tajriba almashish makonidir. Ushbu tadbir AKT doirasining asosiy voqeasi bo’lib, Sammit, Forum, ko’rgazma, konferensiya, taqdimot, taqdirlash kabi yana bir qancha tadbirlarni o’zida birlashtiradi.

An’anaga muvofiq tadbirda xalqaro ekspertlar hamda AT sohasining yetuk mutaxassislari, kompaniya xodimlari, davlat arboblari, vazirlik va tashkilotlar vakillari, jurnalist va ushbu jabha foydalanuvchilari ishtirok etishdi.

BMTD loyihasi tomonidan 2 xalqaro ekspert – Moskva hukumati axborot texnologiyalari departamentining ochiq ma’lumotlar bo’yicha mutaxassisi Ivan Fost hamda UNDESAning elektron hukumat bo’yicha hududlararo Bosh maslahatchisi Richard Kerbilar jalb qilindi.

UNDESA – BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo’yicha departamentidir(IIMD). U dunyo bo’yicha qiziqqan tomon va mamlakatlar bilan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik tomondan qo’yilgan maqsadlarga samarali erishish uchun yordam beradi.

 

Janob Fost AKT haftaligi doirasida 10 va 12-sentyabr kunlari  Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qo’llab-quvvatlashi asosida o’tkazilgan ochiq ma’lumotlar bo’yicha hakatonda ishtirok etdi. U, asosan, ilova va dasturlarni ishlab chiqishda ochiq ma’lumotlardan foydalanish xorij tajribasi bilan almashdi, ishtirokchilarga xakaton o’tkazishning Rossiya tajribasini gapirib berdi., shuningdek, “O’zinfokom” markaziga data.gov.uz portaliga ma’lumot yig’ishda sifatni yaxshilash bo’yicha tavsiyanoma qoldirdi.  

Xakaton- kichik guruhlarga ega bo’lgan ishtirokchilar qisqa muddat mobaynida “ochiq ma’lumotlar” asosida dasturiy mahsulotlar, infografika va boshqa yechimlarni topadigan tadbir. Xakatonning o’ziga xos jihati – doimiy harakatchanlikda bo’lib, u 1,5-2 kun bo’ladi hamda AT sohasidagi turli mutaxassislar- dizayner, tahlilchi, dasturchilarni ijodiy muhitda va qiziquvchanliklari asosida o’z kuch va imkoniyatlarini yangilik yaratishlari uchun birlashtirishidir.

Xakatonning maqsadi O’zbekiston Ochiq ma’lumotlarini ommalashtirish bo’lib, ishtirokchilar 3 nominatsiya - Ochiq ma’lumotlar asosidagi eng yaxshi ilova yoki xizmat, Ochiq ma’lumotlarni hayotga tatbiq etish uchun eng yaxshi yechim, Toshkent viloyati ochiq ma’lumotlarini qo’llagan holda eng yaxshi ilova yaratish kabi yo’nalishlarda taqdirlanishdi.

Birinchi nominatsiya bo’yicha “Intense Group” guruhi (tarkibida Saidov Bekzod, Muxtorov Alisher, Shokirov Saidravshan, Toirov Ma’ruf) taqdirlandi. Ushbu guruh a’zolari davlat organlariga UJX, transport, infratuzilma muammolari bilan murojaat qilishni ta’minlovchi FIXIT mobil va veb-ilovaning muqobilini yaratishdi. Ushbu dasturiy mahsulot davlat organlari ochiq ma’lumotlarida, foydalanuvchilarga moslashtirilib, shuningdek geolokatsiya jarayonida qo’llanadi.

 Ikkinchi o’rin “X-hack” guruhiga (guruh tarkibida Tojiboyev Ulug’bek, Ravshanov Samandar, Abdullayev Ozodruh, Isoqov Asilbaklar) nasib etdi. Guruh a’zolari UzCheck – UJXgi, infratuzilma, transportlar yuzasidan davlat organlariga shikoyat jo’natish xizmatini ishlab chiqishdi.

 Ikkinchi nominatsiya bo’yicha “Bee Inc” (tarkibida Davronbekov Otabek, Xolmatov Siyovushxon, Rahimov Javohir, Saidvaliyev Husan) guruhi O’zbekistonning interaktiv xaritasini yaratish g’oyasi bilan g’oliblikni qo’lga kirtishdi. G’oya shunisi bilan muhimki, u yordamida nafaqat geografiyani, balki mamlakat tarixini visual qabul qilgan holda o’rganish mumkin. Shuningdek, ushbu nominatsiyada ikkinchi o’rinni AXA guruhi (tarkibida Qayumov Anvar, Hayotov Muhammadali, Habibullayev Hikmat) iqtisodiy statistikani vizuallashtirish orqali virtual hayotga tabiq qilish g’oyasi uchun olishdi.

Uchinchi nominatsiyadagi birinchi o’rinni Sirojiddin Mamajonov moslashtiruvchi qurilmasi mavjud, foydalanuvchilarning fikrlarini to’plash funksiyasiga ega Toshkent viloyati veb-ma’lumotnomasini ishlab chiqish orqali egalladi. Ushbu nominatsiya bo’yicha ikkinchi o’rinni FJ Company (tarkibida Farhod Qosimov, Yuliya Patsulevich, Edgar Ayrapetov) relief xaritasida avtobus mashrutlari qatnovini vizuallashtirish mobil ilovasi uchun olishdi.

 G’oliblarni taqdirlash marosimi 18-sentyabrda AKT haftaligini yopilish marosimida City Palace Tashkent mehmonxonasida bo’lib o’tdi.

Janob Richard Kerbi AKT haftaligining dastlabki kunlarida Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi, Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi kabi bir qancha vazirlik va davlat tashkilotlari mutaxassislari bilan uchrashuvlar o’tkazdi. Uchrashuv mavzusi davlat elektron xizmatlari, to’planayotgan ma’lumotlarning sifatini yaxshilashdan iborat bo’ldi. Uchrashuv so’nggida janob Kerbi Ochiq ma’lumotlar portalidagi ma’lumotlarni turli toifalar bo’yicha joylashtirishni, ma’lumotlarni kodifitsiyalash, yagona formatda ishlash, yagona portalda interaktiv davlat xizmatlarini oshirish hamda fuqarolarning elektron ishtirokini oshirishga doir tavsiyalar berdi.

Shuningdek, janob Kerbi 17-sentyabrda o’tkazilgan AKT Sammitida ma’ruza qildi. Ma’ruzada u elektron xizmatlarni muvafaqqiyatli yo’lga qo’yishda reinjeniringning ma’muriy jarayonlarini tashkil qilishni yoritib berdi. Janob Kerbining ushbu jarayondagi xalqaro tajribadan keltirgan misollari sammit ishtirokchilarida katta qiziqish uyg’otdi.

  Xalqaro ishtirokchilarning ishtirokidan tashqari BMTD AKT haftaligida bevosita ishtirok etdi. BMTDning O’zbekistondagi doimiy vakili janob Stefan Presner “AKTning rivojlanishida BMTDning ishtiroki hamda O’zbekistonda elektron hukumatni rivojlantirishda samarali ma’muriy islohatlar olib borish” mavzusida ma’ruza qildi.

Ma’ruzada “Mahalliy hokimiyat organlarnini qo’llab-quvvatlash” loyihasi faoliyatinining natijasi va uni yanada yaxshilash, “Elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasining natijalari, “Yuqori Qonunchilik doirasida hamkorlik” loyihasining qonunchiligi loyihasini shakllantirish kabi jihatlarga urg’u berildi.

  BMTD “samarali boshqaruv” bo’limining rahbari Aziza Umarova, “Elektron hukumat” bo’yicha loyiha rahbari  Bunyod Avliyoqulov,  ushbu loyiha bo’yicha tadqiqot koordinatori Diyora Qobulovaning ishtirokllarini ham alohida ta’kidlab o’tish kerak. Ular tarafidan elektron hukumat tizimining qurilishi, O’zbekiston Ochiq ma’lumotlar portalining holati va rivojlanish istiqbollari kabi masalalar ko’tarildi.

Jumladan, Aziza Umarova “Elektron hukumat” muvafaqqiyatini ta’minlashda ma’muriy islohatlarning ahamiyati” mavzusida qilgan ma’ruzasida Elektron hukumatni muzqoya-aysbergga o’xshatib, yuzasidagi 20% ko’rinib turgan cho’qqisi AKT bo’lsa, qolgan ko’rinmaydigan  80% - ma’muriy islohatlardan tashkil topganligini, ma’muriy islohatlardan ko’zlangan maqsad- ish o’rnini qisqartirish emas, balki qulaylik yaratish ekanligini aytib o’tdi.

BMTD BMTning xalqaro tarmog’i hisoblanib, unga a’zo mamlakatlar insonlar hayotini foydali bilimlar, tajriba hamda resurslarga keng yo’l ochib yaxshi tarafga o’zgartirishga harakat qiladi. Biz 166 mamlakat hududida rivojlanish sohasidagi milliy va global muammolarning yechimini topishga yordam berish uchun faoliyat olib boramiz.  O’zining rivojlanish jarayonida mamlakatlar BMTD xodimlari va uning hamkorlari doirasidagi tajriba va bilimlaridan foydalanishadi.