Film premyerasiga marhamat!

Mon Sep 21 00:00:00 EDT 2015

«ILK FILM» kinostudiyasida yosh rejisser Elyor Hoshimovning «Yurakdan his yetib» nomli badiiy filmni sur’atga olish ishlari yakunlandi.

Filmda O‘zbekiston Respublikasining hozirgi davr hayotiga oid dolzarb muammolar ko‘tarilgan. Kichik va o‘rta tadbirkorlikning rivojlanishi, yoshlar tashabbuskorligining jonlantirilishi, turli hududlarda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, xususan, mashaqqatli va ayni paytda qimmatbaho nav — pista yetishtirish masalalari yoritilgan.

Ayni paytda filmda hozirgi oilalarga xos muammolar, ota-onalar va farzandlarining o‘zaro munosabatlari, yoshlarning ahloqiy qarashlarini tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratilgan.

***

Yosh va umidli tadbirkor Kamoliddin Qahhorov – ayni xizmat pog‘onalaridan ko‘tarilgan davri. Kompaniya direktorlar kengashi qaroriga ko‘ra u xorijiy filialning rahbari etib tayinlandi. Malayziyaga jo‘nab ketishdan avval u qadrdon shaharchasi Zarkentga, yaqinlari bilan hayrlashish uchun keladi.

Uning akasi Fazliddin pistazorlar plantatsiyalarini yaratish maqsadi bilan band. Qishloqdoshlarining ko‘pchiligi bu ishga ishonqiramay qaraydi.

Kamoliddin ham bu ish samara bermaydi, deb hisoblaydi.

Qahhorovlar xonadoniga qayg‘u keladi. Fazliddin og‘ir avtohalokatga uchraydi. O‘limidan oldin ukasi Kamoliddindan ota-onasini, xotini va farzandlarini e’tiborsiz qoldirmaslikni so‘raydi.

Kamoliddin chet elga ketish o‘rniga uyiga qaytib keladi.

Ona qishlog‘ida o‘z orzularini amalga oshirishga va akasining ishini davom ettirishga muvaffaq bo‘ladi.

Kamoliddin akasining «Bu daraxtlarning, pistaning mevasi – bolalarimizga va nevaralarimizga meros» degan so‘zlarini eslaydi.

***

Ssenariy mualliflarining sharhlari:

Jasur Isxakov: «Meni har doim o‘lkamiz tabiati hayratga solgan. To‘lib oqayotgan daryolar, keng dashtlar, ulug‘vor tog‘lar, gullayotgan bog‘lar, odam qo‘li bilan ishlov berilgan dalalar. Ba’zan savol tug‘ilar edi: tog‘ oldi maydonlaridan ham foydalanish mumkinmi? Ushbu bo‘sh yotgan yerlarda yong‘oq, bodom va pista yetishtirish dasturi haqidagi ma’lumotlarni katta qiziqish bilan bilib oldim».

Mastura Isxakova: «Bu qaysidir ma’noda ssenariyni yozishga turtki berdi. Filmning dastlabki nomi «Qalb nima deydi» edi. Ya’ni, pista yetishtirish mavzusi qahramonimiz — Kamoliddin Qahhorovning dramatik taqdiriga fon bo‘lib xizmat qildi.

Jasur Isxakov: «Fursatdan foydalanib, Global Ekologik Fondning O‘zbekistondagi BMTRD ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik Grantlar Dasturi xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi olimlari jamoasiga o‘z minnatdorligimni bildirmoqchiman».

Postanovkachi-rejisser sharhlari:

Elyor Hoshimov: «Bu men «O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra sur’atga olgan ilk filmimdir. Bungacha xususiy kinostudiyalarda ishlab kelganman. Dramaturgik material menga zamonamiz qahramoni, yoshlarimiz haqida hikoya qilish imkoniyatini berdi. Rahbarlik talantini, yoshlarning salohiyatini, tashabbuskorligini o‘z yurtida muvaffaqiyatli qo‘llash mumkinligi ochib berildi».

***

Ishlab chiqarilgan

«O‘zbekkino» milliy agentligi buyurtmasiga ko‘ra «ILK FILM» kinostudiyasi

Film uchun materiallar va zarur yordam Global Ekologik Fondning O‘zbekistondagi BMTRD ko‘magida amalga oshirilayotgan Kichik Grantlar Dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qoshidagi Respublika manzarali bog‘dorchilik va o‘rmon xo‘jaligi tomonidan taqdim qilindi.

Film premerasi 2015 yil 22 sentyabrda, soat 18:00 da, Navoiy nomidagi kinokonsert zalida (Panoramnыy) bo‘lib o‘tadi.

Premeraga taklif qilamiz.

Film mualliflari muloqotga tayyor, intervyu masalalari bo‘yicha Maksad Bauyetdinovga murojaat qiling : +998 93 501 52 21, makhsad.bauetdinov@undp.org, max.bauetdinov@mail.ru