Ilk bora “Data.gov.uz Hakatoni” o’tkazildi

Mon Sep 14 00:00:00 EDT 2015

 

2015-yilning 10-12-sentyabr kunlari Toshkent shahrida O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini qo’llab-quvvatlashi asosida BMTDning “Davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini oshirish orqali elektron hukumatni rivojlantirish” loyihasi ilk bora ochiq ma’lumotlarni qo’llagan holda ilovalar ishlab chiqish hakatoni – “Data.gov.uz Hakatoni”ni o’tkazdi. Hakaton AKT-2015 haftaligi doirasida bo’lib, uning tashkilotchilari “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi,hamda “O’zinfokom” markazlaridir.

Hakatonning bosh maqsadi mamlakatimiz uchun yangi bo’lgan tushuncha O’zbekiston Ochiq ma’lumotlarini ommalashtirishda dasturchi va boshqa qiziqqan shaxslarning diqqatini jalb qilishdir. Bellashuv mobaynida 50 ishtirokchi 12 guruhga bo’linib, data.gov.uz Ochiq ma’lumotlar portali hamda O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining rasmiy veb-saytlaridagi ma’lumotlardan foydalangan holda ommabop, ijtimoiy ahamiyatga ega, innovatsion ilovalar yaratishdi.

Ishtirokchilar orasida nafaqat yoshlar, balki tajribali dasturchilar, grafik dizaynerlar, tahlilchilar, jurnalistlar, menejerlar, shuningdek, ochiq ma’lumotlarni hayotga tatbiq etishni istab o’z g’oyalarini taqdim etgan faollar ham bor edi.

Davlat organlari, jamoat, biznes vakillari, mustaqil ekspertlardan tuzilgan hay’at a’zolari quyidagi nominatsiyalar asosida ishtirokchilarni taqdirlashdi:

·        Ochiq ma’lumotlar asosidagi eng yaxshi ilova yoki xizmat

·        Ochiq ma’lumotlarni hayotga tatbiq etish uchun eng yaxshi yechim

·        Toshkent viloyati ochiq ma’lumotlarini qo’llagan holda eng yaxshi ilova yaratish

Birinchi nominatsiya bo’yicha “Intense Group” guruhi (tarkibida Saidov Bekzod, Muxtorov Alisher, Shokirov Saidravshan, Toirov Ma’ruf) taqdirlandi. Ushbu guruh a’zolari davlat organlariga UJX, transport, infratuzilma muammolari bilan murojaat qilishni ta’minlovchi FIXIT mobil va veb-ilovaning muqobilini yaratishdi. Ushbu dasturiy mahsulot davlat organlari ochiq ma’lumotlarida, foydalanuvchilarga moslashtirilib, shuningdek geolokatsiya jarayonida qo’llanadi.

 Ikkinchi o’rin “X-hack” guruhiga (guruh tarkibida Tojiboyev Ulug’bek, Ravshanov Samandar, Abdullayev Ozodruh, Isoqov Asilbaklar) nasib etdi. Guruh a’zolari UzCheck – UJXgi, infratuzilma, transportlar yuzasidan davlat organlariga shikoyat jo’natish xizmatini ishlab chiqishdi.

 Ikkinchi nominatsiya bo’yicha “Bee Inc” (tarkibida Davronbekov Otabek, Xolmatov Siyovushxon, Rahimov Javohir, Saidvaliyev Husan) guruhi O’zbekistonning interaktiv xaritasini yaratish g’oyasi bilan g’oliblikni qo’lga kirtishdi. G’oya shunisi bilan muhimki, u yordamida nafaqat geografiyani, balki mamlakat tarixini visual qabul qilgan holda o’rganish mumkin. Shuningdek, ushbu nominatsiyada ikkinchi o’rinni AXA guruhi (tarkibida Qayumov Anvar, Hayotov Muhammadali, Habibullayev Hikmat) iqtisodiy statistikani vizuallashtirish orqali virtual hayotga tabiq qilish g’oyasi uchun olishdi.

Uchinchi nominatsiyadagi birinchi o’rinni Sirojiddin Mamajonov moslashtiruvchi qurilmasi mavjud, foydalanuvchilarning fikrlarini to’plash funksiyasiga ega Toshkent viloyati veb-ma’lumotnomasini ishlab chiqish orqali egalladi. Ushbu nominatsiya bo’yicha ikkinchi o’rinni FJ Company (tarkibida Farhod Qosimov, Yuliya Patsulevich, Edgar Ayrapetov) relief xaritasida avtobus mashrutlari qatnovini vizuallashtirish mobil ilovasi uchun olishdi.

G’oliblarni taqdirlash marosimi AKT haftaligini yopilish marosimida City Palace Tashkent mehmonxonasida bo’lib o’tadi.

Data.gov.uz Hakatonida dasturchilar O'zbekistonda turmush tarzini yaxshilanishiga o’z  hissalarini qo’shish, yangi g'oyalarini ommaga targ'ib qilish, qimmatli sovg'a yutib olish, o’z ishining yetuk mutaxassislaridan foydali maslahatlar olish, yangi loyiha yoki uning muqobilini 24 soat davomida yaratish sohasida tajriba o’rganish imkoniga ega bo’lishdi.

Eslatib o’tamiz, “Hackaton” – (ingliz tilidan olingan so’z bo’lib, o’zagi - “hack” (“hacker” va “marathon” so’zlarining umumlashmasi) – turli dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar (dasturchilar, dizayner, menejerlar)ning forumi hisoblanadi va unda turli muammolar yechimi topiladi.