O'zbekistonning iqlim o'zgarishi masalalari bo'yicha strategiyasi Toshkentda muhokama qilindi

Thu Jul 16 00:00:00 EDT 2015

 

2015 yilning 16 iyul kuni, BMTTDning O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “O'zbekiston milliy iqtisodiyotini kam uglerodlik rivojlanishga o'tish jarayonida qo'llab-quvvatlash” loyihasi doirasida BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha Chegarador Konvensiyasi tomonlarining 21- konferensiyasiga mamlakatni tayyorgarligi masalalariga bag'ishlangan seminar bo'lib o'tdi.

Oxirgi ilmiy ma'lumotlar iqlim o'zgarishi muammosi zamonaviy turmush tarzini shubha ostiga qo'yib, insoniyat rivojiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkinligidan dalolat bermoqda. BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha chegarador konvensiyasi faoliyati davrida iqlim o'zgarishi haqidagi ma'lumotlarni to'plash bo'yicha muhim ishlar amalga oshirildi va iqlim o'zgarishini oldini olish borasida bir qator xalqaro kelishuvlarga erishildi. Konvensiya doirasida jahonning barcha mamlakatlari yagona umumiy maqsad – sayyora atmosferasi qatlamining haroratini o'sish sur'atini 2°C darajada ushlab turish yo'lida birlashdilar. Kioto protokolini qabul qilinishi BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha chegarador konvensiyasining asosiy yutug'i hisoblanadi - u atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarilishini qisqartirish majburiyatini birinchi marotaba rivojlangan mamlakatlarga yuklagan hujjatdir. Ammo amal qilishning birinchi davri tugab bo'ldiki, jahonda issiqxona gazlarini atmosferaga chiqarish esa oshib borayotganini namoyon bo'lmoqda. Parijda o'tishi rejalashtirilgan konferensiya mobaynida iqlim o'zgarishi muammosini hal qilish yo'lida keyingi bosqich bo'ladigan yangi global shartnomani imzolash kutilmoqda.

Shu bilan birga, joriy yilning 1 oktyabriga qadar har bir mamlakat BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha chegarador konvensiyasi Kotibiyatiga “Milliy aniqlanadigan mo'ljaldagi ulushlar”, ya'ni Kioto protkoli bo'yicha issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirish bo'yicha milliy miqdoriy majburiyatlarni aniqlash bo'yicha o'z taklifini kiritishi lozim.

Mazkur masalada O'zbekistonning strategiyasini aniqlash uchun “Iqlim o'zgarishi bo'yicha Parij konferensiyasi borasida qo'shma harakatlar uchun imkoniyatlar” mavzusida seminar tashkil etildi. Muhokamalar uchun iqtisodiyot, moliya, gidrometeorologiya, atrof muhit himoyasi, qishloq va suv xo'jaligi, energetika, kommunal xo'jaliklar sohasida faoliyat yurituvchi mutasaddi vazirlik va idoralar, neft tarmog'i mutaxassislari, hamda akademik doiralar vakillari taklif etildi. E'tiborli jihati shundaki, uchrashuv ishtirokchilarining 41 foizini xotin-qizlar tashkil etdi.

Seminar ishtirokchilari iqlim o'zgarishi bo'yicha Bonn konferensiyasi natijalari, issiqxona gazlarini chiqarishni qisqartirishning aniq maqsadli ko'rsatkichlari va ularning milliy aniqlanadigan ulushlardagi aloqalari bilan tanishtirildi, hamda ular joriy yilning dekabr oyida Parijda bo'lib o'tadigan BMTning Iqlim o'zgarishi bo'yicha chegarador konvensiyasi tomonlarining 21- konferensiyasiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishda ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida mutaxassislar kam uglerodlik rivojlanish masalalarini, hamda energiya ta'minoti va issiqxona gazlarini qisqartirish bo'yicha mamlakatda ko'rilayotgan chora-tadbirlarning ahamiyatini ta'kidladilar, sanoat tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiyani tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bo'yicha mavjud masalalar borasida fikr almashdilar, hamda Parij konferensiyasi boshlanishi arafasidagi qilinajak ishlar bo'yicha tavsiyalar berdilar.

Ta'kidlash joizki, “O'zbekiston milliy iqtisodiyotini kam uglerodlik rivojlanishga o'tish jarayonida qo'llab-quvvatlash” loyihasi bir qator yo'nalishlarni amalga oshirishga mo'ljallangan. Bu - O'zbekistonlik mutaxassislarni iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro muzokaralarda faol ishtirok etishiga ko'mak berish, Toza rivojlanish Mexanizmi loyihalarini amalga oshirishda milliy salohiyatni kuchaytirish, iqlim o'zgarishini oldini olish borasida O'zbekistnning tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash, hamda O'zbekistonning kam uglerodlik rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishdir.