O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida o’tgan uchrashuv

Wed Jun 03 00:00:00 EDT 2015

2015 yil 3 iyunda,  O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig’matilla Yo`ldoshev va  O'zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) Doimiy koordinatori, BMT Taraqqiyot Dasturining Doimiy vakili Stefan Prisnerning uchrashuvi bo'lib o'tdi.

2005 yildan buyon O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O'zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining (BMTTD) samarali qonunchilik jarayonini amalga oshirish uchun salohiyatini mustahkamlash, qonun ijodkorligi jarayonida ahborot kommunikatsiya tehnologiyalarini joriy etish va boshqa mamlakatlar parlamentlari bilan  o`zaro hamkorlikni o’rnatish kabi yo’nalishlarda samarali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda. Bugungi kunda BMTTD O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bilan birga davlat boshqaruvi va qonunchilikni takomillashtirish, hamda milliy qonunchilikda xalqaro huquq standartlarini joriy etish sohalarda hamkorlikni amalga oshirib kelmoqda.

Uchrashuv chog'ida Senat va BMT Taraqqiyot dasturi o'rtasidagi hamkorlikni quyidagi sohalarda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi:

- 2016-2020 yillarga mo’ljallangan Birlashgan Millatlar Tashkiloti BMTning rivojlanishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha dasturi doirasida Oliy Majlisning qonun ijodkorligi faoliyatiga ko’maklashish hamda BMTning rivojlanishga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha dasturining bajarilishini muhokamasiga bag’ishlangan parlament eshituvlarini o'tkazish;

-shuningdek, 2016-2030 yillarda Barqaror rivojlanish maqsadlarini mahalliylashtirishni amalga oshirish bo’yicha hamkorlik qilish;

-Milliy qonunchilikni  xalqaro konventsiyalar bilan uyg’unlashtirish, jumladan, Universal davriy hisobot bo’yicha Milliy harakat dasturini hamkorlikda monitoring qilish. Nogironlar bilan shug’ullanadigan  tashkilotlar bilan birgalikda  Nogironlar huquqlari to’g’risidagi konventsiyani ratifikatsiya va amalga oshirishga tayyogarlik ko’rish. Hamkorlikning ushbu sohasi xalqaro shartnomalarni inventarizatsiya va sertifikatlash orqali milliy qonunchilikka imlementatsiya qilinshiga ko’maklashish, xalqaro shartnomalar  normalarini milliy qonunchilikka implemetatsiya qilish bo’iycha tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish.  

-Qonun hujjatlarning ta’sirini baholash tizimi orqali qonun ijodkorlik sifatini va mexanizmini  takomillashtirish.

-Davlat idoralari tomonidan qonunlar bajarilishi va qonun loyihalari  bo’icha jamoatchilik vakillari bilan muhokamalarini o’tkazilishi ustidan  Senatorlar va Senat Qo’mitalari tomonidan parlament nazoratini kuchaytirishni qo’llab quvvatlash;  

 -Kengashlar vakolati va vazifalarini yanada kuchaytirishga ko’maklashish, qabul qilinayotgan  qarorlarni sifati va  Kengashlar faoliyatining ochiqligini oshirish, ularning tahskiliy-tahliliy salohiyatini yaxshilash.

BMTTD dunyo bo'ylab 60 dan ortiq mamlakat parlamentlariga texnik ko’makni amalga oshiradi. Bu ish asosan har bir mamlakatning xususiyatlari va madaniyatidan kelib chiqib ishlab chiqilgan yechimlarni izlashga qaratilgan parlamentlararo tarmoqlar orqali amalga oshiriladi. Elektron hukumat va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish strategiyalari, jumladan, iKNOW Politics va AGORA kabi veb-resurslar orqali, bu tarmoqlarni qo'llab-quvvatlaydi. O'tgan o'n yil davomida, BMTTD o’zining Parlamentlarni mustahkamlash bo’yicha global dasturi doirasida global standartlar va mezonlarini joriy qilishni, yengyaxshixorijiyamaliyotlaralmashuvinivaayrimmamlakatlardasalohiyatiniqo’llab-quvvatlashni amalga oshirib kelmoqda. BMTTD ushbu sohani barcha manfaatdor tomonlarning ishtirokini ta’minlash va gendertengligi, inson huquqlari va korruptsiyaga qarshi xalqaro tamoyillarga tayanadigan tegishli institutlarini rivojlantirish orqali qo'llab-quvvatlaydi.