Yevropa bozorlariga eksport qilish: Texnik xususiyatlar bo‘yicha amaliy trening

Tue May 26 00:00:00 EDT 2015

Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga meva va sabzavot mahsulotlarini kiritish xususiyatlari bo‘yicha milliy eksportyorlarning salohiyatini va qobiliyatini oshirish maqsadida 2015 yilning 25-26 may kunlarida BMTTDning “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” loyihasi “O‘zstandart” Agentligi bilan birgalikda “Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozorlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan meva va sabzovot mahsulotlarini kiritishning texnik xususiyatlari” mavzusida amaliy seminar tashkil etdi.

Seminarni o‘tkazish uchun xalqaro ekspert, Quyi Saksoniya (Germaniya) federal yeridagi iste’molchilarning huquqlari va oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini himoya qilish Davlat xizmatining Prezidenti, professor Eberxart Xonxorst taklif etildi.

Ushbu tadbirda agrofirma, qishloq xo‘jaligi, sertifikatsiya va O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi huzuridagi tashqi savdo kompaniyalarning vakillari Yevropa bozoriga meva va sabzavot mahsulotlarini kiritishning ‘yicha texnik xususiyatlari, upakovkaga qo‘yiladigan talablar, markirovka va sertifikatsiya hamda bojxona, sanitariya va fitosanitariya nazorati tartibi bilan tanishdi.

- Bugungi kunda O‘zbekistonda sifatni ta’minlash va mahsulotning eksportini kengaytirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Shu nuqtai nazardan, mazkur tadbir katta ahamiyatga ega, - dedi “O‘zstandart” Agentligi Bosh direktorining o‘rinbosari Jamshid Mirsaidov. Shuningdek, u xalqaro ekspertlar ishtirokida shunday seminarlar yanada ko‘proq tashkil etilishiga umid bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari tegishli tartib-taomillar, hujjatlar, meva va sabzavot mahsulotlarining importi bo‘yicha texnik reglament, oziq-ovqatlar mahsulotlarining xavfsizligi, sanitariya va fitosanitariya nazorati to‘g‘risida amaliy ma’lumotga ega bo‘lishdi.  Bundan tashqari, import mahsulotlarining sifatiga qo‘yiladigan talablar ham qizg‘in ravishda muhokama qilindi.

Fitosanitariya, yangi terilgan meva va sabzavotlarning xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar anjuman qatnashchilarida nihoyatda katta qiziqish uyg‘otdi. Xalqaro eskpert mavjud bo‘lgan talablarni namoyish etish uchun aniq, amaliy misollardan foydalandi.

- Mazkur tadbir Yevropa bozoriga eksport mahsulotlarining kirib kelishini rag‘batlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarning davomi bo‘lib hisoblanadi. Ushbu hamkorligimiz 2014 yilda “Meva-sabzavot mahsulotlari misolida Yevropa Ittifoqoning bozorlariga eksportni tashkil etish” deb nomlangan qo‘llanma nashr qilinishidan beri amalga oshirilib kelmoqda, - dedi “Savdo rivojlanishiga ko‘maklashish” liyohasining rahbari Dilshod Akbarov.

Ushbu seminarda ishtirok etgan O‘zbekistonning ishlab chiqaruvchilari va eksport masalalari bo‘yicha mutaxassislariga Yevropa Ittifoqi mamalakatlarida meva va sabzavotlarning sifatiga va xavfsizligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi bilimlarini yanada kengaytirishga muvaffaq bo‘lishdi.