Sud-huquq sohasidagi hamkorlikning oraliq natijalari muhokama qilindi

Fri May 22 00:00:00 EDT 2015

2015 yil 22 may kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida 2014 yil noyabrida ishga tushirilgan "O'zbekistonda qonun ustuvorligi yo`lida hamkorlik" loyihasi oraliq natijalarini muhokama qilish uchun idoralararo ishchi guruhining yig'ilishi bo'lib o'tdi. Loyiha O'zbekiston Respublikasi Oily sudi, AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID), va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Idoralararo ishchi guruhi a'zolariga loyiha faoliyati va uning ishga tushurilishidan bo`shlab erishilgan yutuqlari taqdim etildi. Xususan, uchrashuv ishtirokchilariga «E-SUD» elektron sudlov tizimining rivojlantirilishi oraliq natijalari haqida ma'lumot berildi, ya'ni tizimning birinchi instantsiya moduli ishlab chiqilganligi, shuningdek apellyatsiya, kassatsiya va nazorat modullarining rivojlantirish jarayoni to`g`risida ma`ruza qilindi.

Bundan tashqari, loyihaning sudyalar va sud xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta-tayyorlash, shuningdek, loyihaning tahliliy ishi ham taqdim etildi. Jumladan, loyiha ekspertlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi Plenumining va Tijorat protsessual kodeksining qarorlarini uyg'unlashtirish maqsadi bilan olib borilgan tadqiqotlar natijasida tayyorlangan "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi ishlab chiqilgan qonun loyihasi ham ta`kidlab o`tildi. Mazkur o'zgarishlar Xo'jalik protsessual kodeksi va Oliy xo'jalik sudi Plenumining qaroridan tashqari "Hakamlik sudlari to'g'risida", "Bankrotlik to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, shuningdek, davlat boji stavkasiga ta'sir qilishi kutilmoqda. Fuqarolarning shikoyatlariga javob mexanizmini yaxshilash va sud tizimi oshkoraligini ta’minlash, xususan, Oliy sudi rasmiy saytining yangi versiyasi ishlab chiqish kabi tashabbuslar taqdim etildi.

Loyihaning yutuqlari bilan bir qatorda, ishtirokchilar tomonidan loyihaning amalga oshirilishidagi qiyinchiliklar  hamda hamkorlik uchun imkoniyatlar muhokama qilindi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi vakillari, loyihaning rejalashtirilgan faoliyatini qo'llab-quvvatlashga va xalqaro hamkorlar bilan ijobiy va samarali hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta'kidladilar.

Idoralararo ishchi guruhi tarkibiga O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimini mustaqilligini ta`minlash bo`yicha tadqiqot markazi, O'zbekiston Respublikasi Oliy xo'jalik sudi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Toshkent viloyati va Toshkent shahri fuqarolik sudlari raislari, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligi, Toshkent davlat yuridik universiteti, va BMTTD vakillari a`zodirlar.