“Oila osoishtaligidan dunyo tinchligi sari” 2014 xalqaro aksiyasi

Mon Nov 17 00:00:00 EST 2014

17 noyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan doira suhbati va matbuot anjumani “Oiladagi osoishtalikdan dunyo tinchilgi sari” xalqaro aksiyasi doirasidagi tadbirlarning boshlanishiga bag‘ishlanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti, milliy jamoat va qator donor tashkilotlar tomonidan tashkil etilayotgan ushbu tadbirlarning asosiy vazifasi ayollar huquqini himoya qilish masalalariga jamoatchilikning e’tiborini jalb etishdan iborat.

25 noyabrdan 10 dekabrgacha O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan mazkur tadbir butun dunyo miqyosida tashkil etilayotgan “ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka qarshi 16 kunlik harakat” doirasida amalga oshiriladi. Mazkur aksiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan xalqaro inson huquqlarini himoya qilish sohasida faoliyat yurituvchi idoralar va nodavlat tashkilotlar, ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish yo‘lida xizmat qilib kelyatogan faollar bilan birgalikda 1999 yildan beri tashkil qilinadi.

O‘zbekistonda mazkur kampaniya “Oiladagi osoishtalikdan dunyo tinchligi sari” shiori ostida bo‘lib o‘tdib, uning doirasida quyidagi kunlar nishonlanishi kutilmoqda, xususan Xalqaro Ayollarga nisbatan zo‘rovonlikka barham berish uchun kurash kuni (25 noyabr), Xalqaro OITS ga qarshi kurash kuni (1 dekabr), Xalqaro Nogironlar kuni (3 dekabr), O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni (8 dekabr) va Xalqaro Inson huquqlari kuni (10 dekabr).

Aksiya boshida doira suhbati tashkil etilib, unda barcha ishtirokchilarga Toshkent shahri va butun O‘zbekiston bo‘ylab tegishli tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha maslahatlar beriladi.

Shuni yoq, ya’ni 17 noyabr, BMT agentliklari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkiloti loyihalarining muvofiqlashtiruvchisi ofisi, Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonalari, O‘zbekiston Xotin-qizlari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Nodavlat-notijorat tashkilotlari uyushmasi, Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi, Xalqaro “Kurash” uyushmasi va O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi do‘stlik jamiyati xodimlari ishtirokidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan.

Tadbir tashkilotchilari matbuot vakillari oldida so‘zga chiqib, mazkur aksiyaning maqsad va vazifalari, O‘zbekiston ayollarining turmushini yaxshilashga, ularning jamiyat va davlat hayotidagi ishtirokini yanada faollashtirish hamda ushbu aksiyada yoshlarning faol qatnashishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida gapiradi.