O‘zbekistonda birinchi marotaba OIV bo‘yicha ishonch telefoni tashkil etildi

2014 Avgust 6

image


2014 yilning 6 avgust kuni O‘zbekistonda birinchi marotaba OIV bo‘yicha ishonch telefoni tashkil etildi. Uning faoliyati Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, unga BMTTDning “Odam immun tanqisligi virusi (OIV), sil va bеzgakning tarqalishiga qarshi samarali kurashish uchun milliy salohiyatni yanada mustahkamlash” loyihasi doirasida texnik yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgano‘. Ushbu ishonch telefoni ramziy ma’noda “Hayot-uchun aloqasi” degan nom oldi.

Sogg‘liqni saqlash vazirligi ishonch telefonining hayotga tadbiq etilishiga katta ahamiyat bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi vakili o‘zining kirish so‘zida OIVning mamalakatda tarqalishini oldini olish tashabbusining ijobiy tomonlarini alohida ta’kidlab o‘tdi. BMTTDning O‘zbekistondagi vakili Respublika OITSga qarshi kurash markazi OIV/OITSning tarqalishini oldini olishga qo‘shayotgan hissasini, mazkur ishonch telefonini tashkil etishida Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi bilan olib borilayotgan samarali hamkorlikni ijobiy baholadi.

O‘zbekistondagi birinchi va yagona bo‘lmish ”Hayot-uchun aloqasi” telefon xizmati OIV kasalligining profilaktikasi, diagnostikasi va uni davolash tog‘risida aholining xabardorligini oshirish  hamda bu sohada yordam beruvchi tashkilotlarning telefon raqamlarini berish maqsadida tashkil etildi.

O‘zbekistonning barcha hududlaridan 230-75-29 raqamiga telefon qilib, abonent OIVga oid barcha qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin. “Hayot-uchun aloqasi”ning operatorlari malakali va tajribali mutaxassislar.

Ishonch telefoni dushanbadan jumagacha soat 8:00 dan 20:00 gacha va shanba kuni soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi. Ta’kidlash joizki, barcha telefon qilgan abonentlarning raqamlari shifrlangan bo‘ladi, suhbat esa anonim va sirli tarzda o‘tkaziladi. “Hayot-uchun aloqasi” xizmati bepul.