NNTlar va BMT agentliklarining nogironlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari qo‘shma uchrashuv jarayonida muhokama qilindi

2014 Iyul 10

image

2014 yil 30 iyun kuni BMTning O‘zbekistondagi Agentliklari nogironlar manfaatlarini himoya qiluvchi jamoat tashkilotlari bilan qo‘shma uchrashuvni o‘tkazdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi nogironlar NNTlari va BMT agentliklari o‘rtasida nogironlik masalalarida olib boriladigan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini aniqlab olishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv YuNDAFning ijtimoiy himoya mavzusi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuvda BMT agentliklari va BMTTD loyihalari rahbarlari, hamda nogironlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan NNTlar rahbarlari va vakillari ishtirok etdilar.

Uchrashuv jarayonida jamoat tashkilotlari vakillari o‘z faoliyatlari haqida so‘z yuritib, BMT agentliklari bilan hamkorlik yo‘nalishlari takliflari bilan chiqish qildilar.

BMTning O‘zbekistondagi koordinatori Stefan Prisner BMT Bosh Kotibi tomonidan 2013 yil halqaro nogironlar kuniga bag‘ishlab so‘zlangan nutqidan quyidagi jumlani keltirdi: “Oramizda 1 milliardan ortiq insonlar nogironlik bilan yashaydilar. Biz stigma va diskriminatsiyaga sabab bo‘ladigan munosabatlarni o‘zgartirish orqali nogironlarning jamiyatdagi to‘laqonli ishtirokiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan to‘siqlarga barham berishimiz lozim”. 

Uchrashuv ishtirokchilari mazkur tadbir BMT agentliklari va NNTlarning nogironlar huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish borasidagi o‘zaro hamkorlikning yanada samarador bo‘lishiga imkoniyat yaratishiga umid bildirdilar. Xususan, NNTlar vakillari quyidagi tavsiyalarni taklif etdilar:

  • O‘zbekistondagi BMT agentliklari faoliyatlari va loyihalarining inklyuziv bo‘lishi, ya’ni nogironlarning ishtiroki ta’minlanishi;
  • 2016 – 2020 yillarga mo‘ljallangan YuNDAFda nogironlik va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalarini to‘liqroq hamda aniqroq aks ettirish;
  • NNTlar bilan taraqqiyotga oid masalalarni muntazam ravishda muhokama qilish maqsadida BMT agentliklari va dasturlarida nogironlik hamda fuqarolik jamiyati masalalari uchun mas’ul bo‘ladigan ish o‘rnini yaratish.

Ishtirokchilarning fikriga ko‘ra, yuqorida keltirilgan tashabbuslardan ko‘zlangan maqsad jamiyatni inklyuziv bo‘lishiga qaratilgan yechim va chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.

BMTTD va Mexnat va aholini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining “Bandlikni ta’minlashda ijtimoiy sherikchilik” bo‘yicha qo‘shma loyihasi hamda O‘zbekiston inson xuquqlari milliy markazi hamkorligida BMTning “Nogironlar xuquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” davlat tiliga tarjima qilindi.

Hozirgi kunda BMTTD ko‘magida parlament a’zolari uchun “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” bo‘yicha qo‘llanma o‘zbek tiliga tarjima qilinmoqda. Mazkur qo‘llanma Inson huquqlari bo‘yicha Oliy Komissariat tomonidan Parlamentlararo ittifoq va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bo‘yicha departament bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar har bir BMT agentligi bilan alohida maslahat uchrashuvlarini o‘tkazishga, shuningdek, BMTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘zining besh yillik dasturini ishlab chiqishda nogironlar huquqlari va manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadigan NNTlarni ekspert sifatida jalb etilishiga ham kelishib olindi. 

Uchrashuv jarayonida nogironlar NNTlari va BMT agentliklari o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi takliflar NNTlar tomonidan taqdim etildi:

  • O‘zbekistonda nogironlarning to‘siqlardan holi hayot tarzini shakllantirish yo‘nalishida NNTlar, davlat idoralari, tadbirkorlar va xalqaro tashkilotlarning hamkorligini rivojlantirish maqsadida “To‘siqlardan holi muhit” davlat dasturini ishlab chiqish uchun ekspertlar guruhini tuzishda axborot va texnik ko‘mak ko‘rsatish.
  • Nogironlarning ehtiyojlari xususiyatlarini tushunish va ko‘rsatiladigan xizmatlarning turli ko‘rinishdagi nogironlarga moslashtirish maqsadida transport xizmatini ko‘rsatadigan idoralar, aviatsiya sohasi, bank, ta’lim muassasalari va boshqa ijtimoiy infratuzilma xodimlari uchun “Sharoit cheklanganlik tenglik” mavzusida treninglarni tizimli ravishda o‘tkazish.
  • Nogiron ayollarning vaziyatlarini aniqlashga qaratilgan tadqiqotlar o‘tkazish va ularni rivojlantirish strategiyalarini ishlab chiqish.
  • “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ni ratifikatsiya qilish bo‘yicha davlat idoralari bilan aloqalarning samaradorligini oshirish.
  • Nogironlar uchun shaxsiy yordamchilar tayyorlash uchun chora-tadbirlar to‘plamini ishlab chiqish, ya’ni qonun loyihalarini ishlab chiqish, xalqaro tajriba tahlili, O‘zbekistonda shaxsiy yordamchilarni tayyorlash tizimini tuzish taklifini ishlab chiqish, o‘quv dasturlari va kurslarini ishlab chiqishda donor tashkilotlar resurslarini jalb qilish.
  • Ko‘zi ojiz insonlar uchun kompyuter dasturlarini o‘zbek tiliga moslashtirish.
  • Davlat idoralari xodimlari uchun nogironlarga xizmat ko‘rsatishda turli ko‘rinishdagi nogironlar ehtiyojlarining xususiyatlarini inobatga olish, bino va boshqa infratuzilma ob’ektlarida qulay sharoitlarni yaratish hamda davlat idoralari tomonidan nogironlarga ko‘rsatiladigan xizmatlarni moslashtirish, shuningdek kamsitmasdan muomala qilish ko‘nikmalarini o‘rganish bo‘yicha treninglar tashkil etish.
  • Mavjud qonunchilikni “Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya”ga mutanosibligini o‘rganish maqsadida uning monitoringini o‘tkazish. Milliy qonunchilikni Konvensiyaga moslashtirish uchun monitoring jarayonida turli qonun hujjatlari o‘rganib chiqiladi va milliy qonunchilikka kiritilishi kerak bo‘lgan o‘zgartirishlar tahlil qilinadi.
  • Davlat idoralari, NNTlar va xalqaro hamkorlarni ob’ektiv hamda to‘liq ma’lumot bilan ta’minlash, rivojlanish jarayonining dinamikasini kuzatish va harakatlar uchun dolzarb yo‘nalishlarni aniqlash maqsadida O‘zbekistondagi nogironlar holati haqida yillik hisobot tayyorlash va nashr etish.
  • Inklyuziv ta’lim bo‘yicha uslubiy qo‘llanma ishlab chiqish va nashr etish.
  • BMTTD, YuNISEF, Yevropa Ittifoqi va JICA tashkilotlari vakillari bilan hamkorlikda O‘zbekistonda inklyuziv ta’limni amalga oshirish bo‘yicha samarali strategiyani ishlab chiqish.
  • Inklyuziv ta’lim sohasidagi me’yoriy qonun hujjatlari bazasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.
  • Inklyuziv jamiyat yaratish, nogiron bolalarning to‘laqonli rivojlanishi va jamiyatdagi stigma hamda stereotiplar bilan kurashish maqsadida BMT agentliklarining axborot, texnik va moliyaviy ko‘magida sport tadbirlari va nogiron hamda nogiron bo‘lmagan bolalar ishtirokida inklyuziv lagerlar tashkil etish.
  • Nogironlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida “Siz o‘z xuquqingizni bilasizmi?” mavzusida treninglarini tashkil qilish.
  • O‘zbekistondagi nogironlik masalalariga bag‘ishlangan veb-saytni ishlab chiqish va yuritishda ko‘maklashish.
Download this Document
  • Recommendations for the development of cooperation between the UN agencies and civil society in improving the situation of persons with disabilities in Uzbekistan English | Russian
  • Mechanisms of effective cooperation between NGOs of Uzbekistan and international organizations to promote the rights of PWD English | Russian
  • Activities and achievements of Consultative Council of DPOs English | Russian