Karmona tumani fermer xo‘jaliklarida sug‘orish usullarini takomillashtirishga qaratilganBMTTD loyihasi ishga tushdi

2014 Iyul 1

image


Zarafshon daryosi havzasi 5 million aholilik hudud, keng qishloq xo‘jaligi yerlari va shu bilanbirga fermerlar o‘z dalalarini sug‘orishi uchun zarur bo‘lgan suv resurslarining ta’minlanishi bilanbog‘liq bo‘lgan bir qator jiddiy muammolar ham mavjud bo‘lgan hudu hisoblanadi. Daryo havzasi  suv resurslarining 84 foizi  qishloq xo‘jaligi  ehtiyojlari  uchun ishlatilsa,  mazkurtabiiy  resurslarning  50  foizidan  ortig‘i  hozirda  an’anaviy,  biroq  unumsiz  sug‘orish  usullariqo‘llanib  kelayotgani  bois  yo‘qolib  ketmoqda. 

Bu  yo‘qotishlarni  oddiy,  lekin  shu  bilan  birgasamarador  zamonaviy  sug‘orish  usullarini  qo‘llash  evaziga  qisqartirish  mumkin,  ammo ko‘phollarda fermerlarga buning uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalar yetishmayapti.

Mazkur muammoni yechish hamda Zarafshon daryosi havzasida suvdan foydalanish usullariniyaxshilash maqsadida, BMTTDning hozirda amalga oshirilayotgan “Suv resurslarini majmuaviyravishda boshqarish va suvni tejash rejasi”  loyihasi doirasida “Qishloq xo‘jaligida samaradorsuvdan foydalanish usullari va fermer xo‘jaliklarida suvni tejash texnologiyalarini amalga tadbiqetish” deb nomlangan yangi komponent ishga tushirildi.

Ushbu kichik tajribaviy loyiha BMTTD va “Coca-Cola Eurasia Group” o‘rtasidagi Suv resurslariniboshqarissh sohasidagi hamkorligining “Har bir tomchi suv muhim-IV”  dasturi doirasida hamdamahalliy davlat hamkorlarining yordamida Navoiy viloyati Karmona tumanidagi fermer xo‘jaliklaribilan birgalikda amalga oshirilishi va sug‘orish usullarini yaxshilash,  suvdan oqilona,tejamkorona foydalanish texnologiyalarining tadbiq qilinishi ko‘zda tutilgan.  Karmona tumanihokimligi va Karmona tumani Sug‘orish tizimi boshqaruvi loyihaning tumandagi hamkorlarisifatida ishtirok etadi.

Loyiha tanlab olingan tumandagi fermer xo‘jaliklari bilan birgalikda amalga oshirilishi ko‘zdatutilgan,  uning asosiy maqsadi esa hosildorlikni oshirish hamda suv iste’molini qisqartirishgayordam beruvchi yanada takomillashgan sug‘orish usullari va yer resurslarini oqilona boshqarishyo‘llarini hayotga tadbiq etib bo‘shatilgan yerlardan tan narxi yuqoriroq bo‘lgan qishloq xo‘jaligimahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanishini ta’minlashdan iborat. Loyiha doirasida tomchilabsug‘orish,  takomillashgan ariq tortib sug‘orish,  yerni tekislash,  sug‘orish rejimini belgilash kabiusullar o‘quv-amaliy dasturlarni amalga oshirish orqali hayotga tadbiq etilib,  bunda ayolfermerlarning huquq va vakolatlarini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek,  loyiha doirasida turli sug‘orish usul va yo‘llarini inobatga olgan holda suvdanfoydalanish va suv taqsimotini monitoring qilish rejalarini tuzish metodologiyasi ishlab chiqiladi.Suv xo‘jaligi sohasidagi mutaxassis va boshqaruvchilarning keyingi muhokamalarining diqqatmarkazida suvdan tejamkorona foydalanish texnologiyalar hamda ularni hayotga tadbiqqilishdagi qiyinchiliklar va respublikaning boshqa mintaqalarida qo‘llash,  ularning qamro‘vinikengaytirish masalalari bo‘ladi.

Loyiha natijalari O‘zbekiston Respublikasi Hukumatiga taqdim etilib,  loyiha doirasida orttirilgantajriba butun mamlakat miqyosida hayotga tadbiq etilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, loyihatajribasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi va BMTTDning “Suvresurslarini majmuaviy ravishda boshqarish va suvni tejash rejasi”  loyihasi bilan hamkorlikdaishlab chiqilayotgan Suv resurslari bo‘yicha milliy strategiyada ham aks ettirilishi rejalashtirilgan.

Fotosuratlar “Suv resurslarini majmuaviy ravishda boshqarish va suvni tejash rejasi”  loyihasitomonidan taqdim etilgan.