Qonun ustuvorligi, inson huquqlari va adliya sohalaridagi loyihalarni ishlab chiqish borasida “HuRiLab" Fellowship

2014 Iyun 26

image

2011 yildan boshlab BMTTDning Bratislavadagi Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy markazi tomonidan “Ijtimoiy integratsiya hamda insonlarning huquqiy imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida inson huquqlarini ilgari surish va adliya tizimi xizmatlaridan foydalanish sharoitlarini yaxshilash - (PHASE)” loyihasi amalga oshirilib kelmoqda. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi inson huquqlarini hayotga tadbiq qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirish hamda adliya muassasalari va BMTTDning mintaqadagi vakolatxonalari, shu jumladan O‘zbekistondagi vakolatxonasining salohiyatini oshirishdan iborat.

Ushbu tashabbus mazkur sohada ishlab chiqiladigan dasturlarga yangi, innovatsion yondashuvlarni kiritish, bunda asosiy e’tiborni aholining ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va aholi turmushiga ta’sir ko‘rsatuvchi choralar va qarorlarni amalga oshirish jarayonida ishtirok etib, ular yuzasidan o‘z fikrini bildirish orqali rivojlanish jarayoniga faol qatnashishini ta’minlashga qaratilgan. Shu maqsadlarga qaratilgan chora-tadbirlar rivojlanish sohasida inson huquqlari konsepsiyasiga asoslangan yondashuvlarni amalda qo‘llash hamda o‘tkazilgan Universal davriy tahlil asosida BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va boshqa inson huquqlari sohasidagi xalqaro muassasalar tomonidan berilgan tegishli tavsiyalarini bajarishga yordam beradi. Mazkur tashabbusning asosiy maqsadi hozirgi vaqtda yuqoridagi tavsiyalarni bajarishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida hamda qonun ustuvorligini ta’minlash sohasidagi bo‘lg‘usi dasturlar doirasida BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi uchun I4C formatlarini ishlab chiqishdan iboratdir.

O‘zbekistonda BMT muassasalari va O‘zbekiston Respublikasi Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazi o‘rtasidagi faol hamkorlik 2013 yildan boshlab O‘zbekiston Hukumatiga yuqorida zikr etilgan tavsiyalarni bajarish borasidagi Milliy ish rejasini tuzishga qaratilgan.

Ushbu tashabbus doirasida mahalliy/mintaqaviy miqyosda orttirilgan tajriba asosida inson huquqlari va adliya sohasidagi mahalliy dasturlariga innovatsion yondashuvlarning kiritilishi, respublikada ushbu sohalarda mavjud bo‘lgan masalalarning yechimini topish ko‘zda tutilgan.

Download this Attachment